11--rasm. O’z-o'zidan yonishni ifodalovchi chizma.
Agar reaksiya egri chiziq asosida bo'lsa, bunda issiqlik ajralishi tarqalayotgan issiqlikka
nisbatan hamma vaqt ko'p bo'ladi. Bu holatda aralashmaning issiqligi ko'tarila boradi va natijada
o'z-o'zidan alangalanish boshlanadi.
Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning ajralayotgan issiqligi bilan tarqatayotgan issiqligi
orasidagi mutanosiblik qizdirish egri chizigi bo'ylab borganda kuzatiladi. Bunda qizdirilishning
va issiqlik tarqatishning tenglashgan holati V nuqtaga to'g'ri keladi. Ammo bu tenglashish
turg'un holat emas. Bu holatda uncha katta bo'lmagan qizdirish ham moddalardan ko'plab issiqlik
ajralishini ta'minlash va o'z-o'zidan alangalanishga olib kelishi oson. Demak, bu ikki chiziqning
kesishgan nuqtasi V ni issiqlik ajralishi va tarqa-lishi tenglashgan holat deb qarash mumkin.
Mana shu tenglashgan holatdagi haroratni o'z-o'zidan alangalanish harorati deb yuritiladi.
Har xil moddalar uchun o'z-o'zidan alangalanish harorati har xil bo'ladi va ba'zan keskin
farq qiladi. Masalan, A-72 benzinining o'z- o'zidan alangalarini harorati 255 °C ga, qayin
yog'ochiniki-400 °C, linoleumniki-411 °C ga teng.
Zanjirsimon o'z-o'zidan alangalanish. Tabiatda shunday aralashmalar uchraydiki,
ularning haroratini oshirmagan holda kimyoviy jarayonlar ro'y berishi va bu jarayonlar o'z-
o'zidan tezla-shishi (albatta uncha ko'p bo'lmagan birlamchi issiqlik hisobiga) va o'z-o'zidan
alangalanish hodisasini vujudga keltirishi mumkin.
Bunday hodisalarni zanjirli kimyoviy jarayonlar deb yuritiladi. Bu hodisaga asosiy
sabab aralashma holidagi yonuvchi moddalarda, ma'lum sharoit taqozosi bilan, harorat
o'zgarmagan holda, bir yoki bir necha markazda moddaning aktiv atomlari hosil bo'ladi va bu
atomlar modda tarkibidagi molekulalar bilan aktiv reaksiyaga kirishadi, buning natijasida
yonuvchi modda molekulalari parchalanadi hamda parchalangan molekulalar yangi aktiv
markazlar hosil qiladi. Agar zanjirsimon reaksiyaning markazi bitta bolsa, unda zanjir reaksiyasi
sust kechadi. Bu tarmoqlanmagan zanjir reaksiyasi deb ataladi. Agar markaz bir necha bo'lsa,
bunda reaksiya keskin ku-chayadi, o'z-oczidan alangalanish jarayoniga olib keluvchi bu reaksiya
tarmoqlangan zanjir reaksiyasi deb yuritiladi. Buni xlor bilan vodorod molekulalarining o'zaro
birikishi misolida tushuntirish mumkin. Xlor molekulalari yorug'lik ta'sirida Cl2
2Cl Atom
holidagi xlor vodorod bilan yengil birikadi H2+2Cl=2HCl+H Atom holidagi vodorod Cl2, ni
yana parchalaydi H+Cl2=HCl+Cl. Bularni o'zaro qo’shsak CI+H2+CI2=CI+2HC1 hosil bo'ladi.
Bundan ko'rinib turibdiki, zanjirsimon reaksiya markazlari tugamaydi va davom
etaveradi. Zanjirsimon reaksiyaning o'z-o'zidan alangalanishga olib keluvchi xususiyati harorat
ko'tarilganda tezlashadi.
Yong‘inlar sabablari (yondirish manbalari): uchqun, ochiq olov, chekish, elektr
jihozining nosozligini, asboblardan va elektr isitish qurilmalaridan foydalanish qoidalarini,
amaldagi yo‘riqnomalarni va texnologik reglament me’yorlarini va h.k. buzish.
Yong’inning kelib chiqishini oldini olish tadbirlaridan eng asosiysi, uning sabablarini
puxta bilish va shunga mos holda yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishdan iboratdir.
Yong’inning asosiy sabablariga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin:
taqiqlangan joylarda chekish, ochiq alangalardan foydalanish; yong’in xavfsizligi bo’yicha
texnologik jarayonlarini buzish, ularga amal qilmaslik; materiallarni saqlash qoidalariga rioya
qilmaslik (masalan, so’ndirilmagan ohak yoki xlorli ohakga suv aralashsa, harorat 8000 C gacha
yetishi mumkin); statik elektr zaryadlariga qarshi texnik qurilmalardan foydalanmaslik;
atmosferaning kuchli zaryadlaridan himoyalovchi qurilmalardan foydalanmaslik (yashin vaqtida
2V dan 8 mln V kuchlanish, 200000 A tok kuchi miqdorida elektr zaryadlari hosil bo’lishi
mumkin); ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik;
elektr jihozlari va qurilmalarini noto’g’ri o’rnatish yoki ularni zo’riqtirish; isitish sistemalaridan
noto’g’ri foydalanish; bug’ qozonlari va issiqlik generatorlaridagi avtomatik qurilmalarning
nosozligi yoki ularning noto’g’ri o’rnatilishi; ishlab chiqarish binolari havosi tarkibidagi gaz,
bug’ va changlarni me’yorlashtirilmaganligi va boshqa shu kabilar.
Elektr qurilmalaridan yong‘inlarning kelib chiqishiga asosiy sabablar bo‘lib asosan
quyidagilar hisoblanadi:
- Elektr simlarida qisqa tutashuv oqibatida uchqun chiqishi (bunga asosan, elektr simlari
va kabellarining izolyatsiya qismining eskirishi, mexanik jarohatlanishi, atrof muhitning ta’siri
va h.z. sababdir);
- Elektr qurilmalarini ortiqcha yuklanishi oqibatida ustki qismlarining qizishi (bunga
asosan, sim tolalari kesim yuzalarini iste’molchi quvvatiga qarab to‘g‘ri tanlanmaganligi, bir
tarmoqqa mo‘ljallangandan ziyod iste’molchilarni ulash va h.z. sababdir);
- Elektr qurilmalarining ulash (kontakt) joylarida qarshilikning ortishi oqibatida uchqun
chiqishi va qizishi (ulash, kontakt) joylarining mustahkam bajarilmaganligi, izolyatsiya
qilinmaganligi, kontakt joyi materiallarining to‘g‘ri tanlanmaganligi va h.z.
Bundan tashqari nosoz yoki qo‘lbola elektr qurilmalaridan foydalanish (isitish,
qaynatish) elektr moslamalarini nazoratsiz qoldirish, vaqtinchalik tortilgan elektr simlaridan
foydalanish, insonlarni bilar-bilmas elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatishi (ta’mirlash, o‘rnatish
va ishlatish), himoya apparatlari o‘rnida (saqlagichlarda) har xil yasama yoki vaqtinchalik
simchalarni "juchok" qo‘llash, profilaktika va sinov ishlarini vaqtida o‘tkazmaslik oqibatida
ko‘plab yong‘inlar elektr moslamalaridan kelib chiqmoqda. Ushbu holatlarning, ya’ni elektr
qurilmalaridan yong‘in chiqishini va undan kelib chiqadigan xavfli oqibatlarni oldini olish uchun
bir qancha profilaktik ishlarni olib borish zarur, jumladan: Elektr qurilmalarida avariya, ya’ni
qisqa tutashuv, ortiqcha yuklanish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Buning uchun:
- elektr qurilmalarini me’yoriy hujjatlarga asosan mavjud xonalarga va hududlarga mos
qilib to‘g‘ri tanlash va ularni o‘rnatish;
- elektr qurilmalarini ularning pasportidagi yoki ustki qismida yozilgan zavod
ko‘rsatkichlariga qarab ishlatish;
- bir tarmoqqa mo‘ljallangandan ko‘p katta quvvatli iste’molchilarni ulamaslik;
- nosoz yoki qo‘lbola elektr qurilmalaridan, elektr isitkichlardan, vaqtinchalik elektr
simlaridan foydalanmaslik;
- bilar-bilmas elektr qurilmalarini ta’mirlab ishlatish;
- elektr qurilmalarini uzoq muddatga nazoratsiz qoldirmaslik;
- elektr qurilmalarini doimiy ko‘rikdan va sinovdan o‘tkazish;
- doimiy profilaktika ishlarini olib borish;
- himoya apparatlarini, ya’ni saqlagichlar va avtomatlarni doimo ishchi holatda ushlab
turish va h.k.
Statik elektr zaryadlari. Tuzilishi va tarkibi jihatidan bir xil bo’lmagan ikki
materialning o’zaro ishqalanishi natijasida va ayrim suyuqlik yoki gazlarning quvurlarda katta
tezlikda harakatlanishi oqibatida statik elektr zaryalari hosil bo’ladi. Masalan, avtomobil beton
yo’lda harakatlanayotganida, uning g’ildiraklari yo’l uzra sirpanishi natijasida yoki qum va tosh
zarralarining avtomobilga urilishi natijasida-3000 V, benzinni po’lat quvurlarda katta tezlikda
harakatlanishida – 3600 V, tezligi 15 m/s bo’lgan tasmali uzatmalarda – 80000 V, tasmali
transportyorlarda –45000 V gacha statik elektr zaryadlari hosil bo’lishi mumkin. Statik elektr
zaryadining miqdori materiallarning tarkibiga, ishqalanuvchi qismlarning yuzasiga, zichligiga,
solishtirma elektr qarshiligiga, texnologik jarayonning intensivligiga va muhitning mikroiqlim
holatiga bog’liq bo’ladi.
Statik elektr zaryadlari ta’sirida turli xil jarohatlanishlar, yong’inlar va portlashlar kelib
chiqishi mumkin. Yuqori miqdorda statik elektr zaryadlari hosil bo’ladigan muhitda inson
organizmining muskullari keskin qisqarishi, uzoq vaqt statik elektr zaryadlari ta’sirida ishlash
oqibatida esa nerv faoliyatining buzilishi, tayyorlanadigan mahsulot sifatining pasayishi
kuzatiladi.
Statik elektr zaryadlarining hosil bo’lishini va to’rejaishini turli xil yo’llar bilan oldini
olish mumkin, jumladan ish joyi mikroiqlim holatini meyorlashtirish, yani xona xavosi nisbiy
namligini 70% dan kam bo’lmasligiga erishish; asosiy materiallarga antistatik materiallar
qo’shish; muhit havosini ionizatsiyalash; ishqalanuvchi yuzalarga teskari belgili zaryadlarni
kiritish va b. Statik elektr zaryadlarining xavfli va zararli ta’siridan himoyalanishning asosiy
yo’llaridan yana biri-jihozlar va sig’imlarning metall qismlarini yerga ulashdir. Yerga ulashda
elektrod sifatida po’lat trubalardan, burchaksimon po’latlar va armaturalardan foydalanish
mumkin. Statik elektr zaryadlari hosil bo’lish extimoli bor bo’lgan statsionar mexanizmlar va
sig’imlarning yerga ulash qurilmalarini qarshiligi 100 Om dan, texnologik jarayonda ishtirok
etayotgan uskuna, qurilma va jihozlar sistemalari uchun esa bu ko’rsatkich 10 Om dan kichik
bo’lishi zarur.
Atmosfera elektr zaryadlari va ulardan himoyalanish. Yashin va momoqaldiroq
vaqtida kuchli elektr zaryadlari hosil bo’lib, ularning kuchlanishi 2 V dan 8 mln V gacha, tok
kuchi esa 200000 A gacha yetishi va bunday zaryadlar binolarga, insonlarga va hayvonlarga
katta zarar yetkazishi, shuningdek turli yong’inlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday vaqtda
yashinning ta’siri birlamchi (to’g’ri urish) va ikkilamchi (elektrostatik va elektromagnit
induksiyalari ko’rinishida) bo’lishi mumkin. Shu sababli, binolar va inshootlarga yashin
qaytargichlar o’rnatilishi zarur. Yashin qaytargichlar uch elementdan: yashin qabul qilgich, tok
o’tkazgich va yerga ulash sistemasidan tashkil topadi. Ular sterjen, antena va to’r ko’rinishida
bo’ladi. Yashin qaytargichning eng oddiy konstruksiyasi tom tepasiga o’rnatilgan yashin qabul
qilgich va yerga ulangan sterjendan iboratdir. Bunday sterjen bino atrofida yumalok asosli ikki
konus ko’rinishidagi himoya maydonini tashkil etadi. Uning radiusi yashin qabul qilgich
balandligidan bir yarim marta katta bo’ladi (11.1-rasm). Yashin qaytargich o’lchamini sxema
tarzida aniqlashda dastlab binoning konturi masshtab bo’yicha chiziladi, keyin esa yashin qabul
qilgich balandligi belgilanib, ushbu masshtabda ikkilamchi konus chiziladi. Agar bino o’zining
barcha qismlari bilan konus ichiga joylashsa, yashin qaytargichning tanlangan balandligi binoni
yashindan yetarli darajada himoyalashga yaroqli hisoblanadi, aks holda sxemada yashin qabul
qilgich balandligi kattaroq qilib olinadi va ikkilamchi konus qayta chizilib, tekshiriladi.
Yashin qabul qilgichlar uzunligi 1,0...1,5m, kesimi 100 mm2 dan kichik bo’lmagan
po’lat sterjenlardan tayyorlanib trubasimon, temir-beton yoki yog’och tayanchlarga berkitiladi.
Katta uzunlikdagi binolarda kesimi 35 mm2 dan kichik bo’lmagan va ikki sterjen orasiga
tortilgan «tross»lar ishlatiladi. Tok o’tkazuvchi - diametri 6 mm dan kichik bo’lmagan po’lat
sterjenlardan yoki simlardan, elektrodlar esa diametri 10 mm dan kichik bo’lmagan po’lat
sterjenlardan tayyorlanadi. Yashin qaytargichdagi barcha birikmalar payvandlanib birlashtiriladi.
Boltli birikmalarga faqat vaqtinchalik yerga ulash qurilmalarida foydalanishga ruxsat etiladi.
11.1- rasm. Yakka sterjenli yashinqaytargich.
Barcha bino va inshootlar yashin urish xavfi bo’yicha 3 kategoriyaga bo’linadi. Birinchi
kategoriyadagi ob’ektlarga V-I va V-II sinfidagi portlashga xavfli sanoat binolari; ikkinchi
kategoriyaga esa V-Ia, V-Ib, V-IIa sinfidagi ishlab chiqarish binolari; uchinchi kategoriyaga
portlashga xavfli P-1, P-2, P-2a sinfidagi binolar kiradi.
Yashin qaytargichlarning himoya zonasi uning o’lchamlariga bog’liq bo’lib, u binoning
balandligi, eni va uzunligiga bog’liq holda aniqlaniladi. Himoya zonalari ikki tarqonga
bo’linadi:
-A -ishonchlilik darajasi 99,5 % dan yuqori;
-V -ishonchlilik darajasi 95% dan yuqori.
Bir biriga yaqin joylashgan ikki yoki bir necha binolarni yashindan himoyalash uchun
antena yoki “to’rsimon” yashin qaytargichlardan foydalaniladi.
Yong’in – bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo’ladigan va katta miqdorda zarar
hamda talofatlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz yonish jarayonidir.
Ob’ektning yong’in xavfliligi deganda, ob’ektning yong’in sodir bo’lishi mumkin
bo’lgan holati va yong’inning oqibatlari tushuniladi.
Ob’ektning yong’in xavfsizligi deganda, belgilangan me’yorlar va talablar asosida
ob’ektda yong’in sodir bo’lish xavfi hamda uning xavfli va zararli omillarini inson hayotiga
ta’siri cheklangan, ob’ektdagi materiallar to’liq himoyalangan holati tushuniladi.
Yong’in vaqtida sodir bo’ladigan turli xil xavfli va zararli omillar ta’sirida material
boyliklar nobud bo’lishi va baxtsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin.
Yong’inning xavfli va zararli omillariga asosan quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
ochiq alanga, atrof-muhitning va yong’inda qolgan buyumlarning yuqori harorati;
yonish vaqtida hosil bo’ladigan turli xil zaharli gaz va bug’lar, tutunlar, kislorodning
kam kontsentratsiyada bo’lishi;
qurilish konstruksiyalari va materiallarining qulab tushayotgan qismlari;
yong’in vaqtida sodir bo’ladigan portlash;
portlashdagi to’lqin zarbasi;
portlash ta’sirida uchib ketgan materiallar va zararli moddalar va b.
Yuqorida keltirilgan omillarning xavflilik darajasi birinchi navbatda yong’inning
davomiylik vaqtiga bog’liq bo’ladi va u quyidagi ifoda orqali aniqlanadi,
Dostları ilə paylaş: |