4-modul yong’in xavfsizligi asoslari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix24.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#89557
1   2   3   4   5
4-MARUZA

12.1-rasm. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. 
Bunda, birinchi navbatda, shikastlanganlarning nafas olishi va qon aylanishini tiklashga 
va ushlab turishga erishiladi. Reanimatsiyaning murakkab bo‘lmagan choralari (sun’iy nafas 
oldirish, bilvosita yurak massaji) har bir kishiga ma’lum. Shu bilan bir qatorda, ko‘pgina 
hollarda shikastlanganlar qon to‘xtatish, og‘riq azobidan qutulish, suyagi singan qo‘l-oyoqni 
harakatsizlantirish, yara, kuygan va sovuq urgan yuzalarni infeksiyadan himoyalash kabi har bir 
kishi amalga oshirishi mumkin bo‘lgan yordamlarga muhtoj bo‘ladilar.
Agar bir paytda bir necha kishi jarohat olsa, ko‘rsatiladigan yordam muddati va ketma-
ketligi aniqlanadi. Bolalarga va shoshilinch yordamga muhtoj kishilarga kerakli yordam birinchi 
navbatda ko‘rsatiladi. Ko‘p sonli va qo‘shimcha jarohat olgan kishilarga birinchi tibbiy yordam 
ko‘rsatishda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning ketma-ketligi aniqlanishi kerak. Avval 
shikastlangan odam hayotini saqlab qolishga imkon beradigan yoki birinchi tibbiy yordamning 
keyingi chora-tadbirlarini qo‘llash uchun shart bo‘lgan usul-amallar bajariladi. Chunonchi, son 
suyagi ochiq sinib, arteriyadan qon ketib turganda, birinchi navbatda, hayot uchun xavfli bo‘lgan 
qon ketishini to‘xtatish, so‘ngra jarohatga steril bog‘lam qo‘yish va undan keyingina oyoqni 
qimirlatmaydigan qilib bog‘lashga kirishish kerak. Singan joyni hech qimirlamaydigan qilib 
qo‘yish uchun esa maxsusshina bog‘lash yoki qo‘l ostidagi vositalardan foydalanish lozim.
Qo‘pol harakatlar qilinadigan bo‘lsa, bu shikastlangan kishiga zarar qilishi va uning 
ahvolini yomonlashtirishi mumkin. Birinchi tibbiy yordamni bir emas, balki ikki yoki bir necha 
kishi ko‘rsatadigan bo‘lsa, u holda kelishib ish ko‘rish kerak. Bunda yordam 
ko‘rsatayotganlarning biri boshliq bo‘lib, birinchi tibbiy yordamning barcha usul-amallari 
bajarilishiga rahbarlik qilib turishi lozim. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish sharoitida tashxis 
masalasi katta ahamiyat kasb etadi. Chunki o‘z vaqtida va to‘g‘ri qo‘yilgan tashxis kasallik yoki 
shikastlanish turini aniqlashga va shu asosda zarur yordam ko‘rsatish tadbirlarining ketma-ketligi 
rejasini tuzishga imkon yaratadi. Tashxis kasallik yoki jarohatning subyektiv va obyektiv 
belgilarini aniqlash asosida qo‘yiladi. Subyektiv belgilarga bemor yoki jarohatlanganning 
shikoyatlari (agar uning hushi joyida bo‘lsa) kiradi. Obyektiv belgilarga esa kasallik va 
jarohatning tashqi belgilari yoki muayyan usuldagi yondashuv orqali aniqlanadigan, masalan, 
pulsni (tomir urishini) o‘lchash, nafas olish va chiqarishning miqdori, reflekslar va boshqa 


belgilar kiradi. Shu tufayli bu belgilarni aniqlash va taxmin qilish yo‘li bilan dastlabki tashxisni 
qo‘yish mumkin. Tashxis asosida esa zarur yordam turi ham aniqlanadi. 
Birinchi yordam vositalari. Tez tibbiy yordam ko‘rsatishda birinchi yordam vositalari 
qo‘llaniladi. Ular tabel va qo‘l ostidagi vositalarga bo‘linadi. Birinchi yordam tabel vositalariga 
bog‘lov materiallari, bintlar, tibbiy bog‘lov paketi, steril bog‘lov materiallari, salfetkalar, paxta 
va boshqalar kiradi.
Qon ketishini to‘xtatishda qon to‘xtatuvchi jgutlar, immobilizatsiya uchun fanerli, 
narvonsimon, to‘rsimon shinalar kabi tabel vositalari qo‘llaniladi. Birinchi tibbiy yordam 
ko‘rsatishda ba’zi dori-darmonlar ham qo‘llaniladi: yodning 5 % spirtli eritmasi, brilliant ko‘ki 
(zelyonka)ning 1–2 % spirtli eritmasi, validol tabletkasi, valeriana tindirmasi, navshadil spirti, 
natriy gidrokarbonat tabletkasi yoki poroshogi, vazelin va boshqalar (12.2-rasm). 
12.2-rasm. Dori qutichasi. 
Odatda birinchi tibbiy yordam tabel vositalari jamoat transporti yoki shaxsiy transport 
haydovchilari aptechkasi tarkibiga kiradi hamda ommaviy dam olish joylarida ham bo‘ladi. 
Birinchi yordam ko‘rsatish vaqtida tabel vositalari bo‘lmasa, qo‘l ostidagi vositalardan 
foydalaniladi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda bunday vositalar sifatida toza choyshab, 
ko‘ylak, mato (oq mato), karton, faner, taxta, yog‘och va h. qo‘llash mumkin. 
Antiseptika va aseptika. Qadimgi dunyo hakimlarining qo‘lyozmalaridan 
ma’lumki, jarohatlar yiringlashining oldini olish maqsadida qizdirilgan temirlar, qizdirilgan 
yog‘lar, ohak va malhamlar qo‘llangan (Gippokrat, Sels, Ibn Sino va boshqalar). Olmoniyalik 
akusher Zemelveys 1847 yilda xlor ohagini qo‘llab, tug‘ayotgan ayol hayotini qutqarib qolgan. 
Keyinchalik xlor ohagini akusherlar qo‘liga ishlov berish maqsadida qo‘llashgan. Bu esa o‘z 
vaqtida onalar o‘limining qisqarishiga olib kelgan. Rus jarrohi N. I. Pirogov jarohatni tozalashda 
yod eritmasidan foydalangan. Fransuz mikrobiologi Lui Paster 1863 yilda jarohatlarda yuzaga 
keladigan bijg‘ish va yiringlashga ularga tushgan va yashash qobiliyatiga ega mikroorganizmlar 
sabab bo‘lishini tajribalar yordamida ko‘rsatib bergan. L. Paster tashabbusini jarrohlik sohasiga 
yoygan ingliz jarrohi Jozef Lister jarohatlar yiringlashining oldini olish hamda ularga qarshi 
kurashish majmuasini ishlab chiqib, jarrohlik olamida inqilob qildi va 1867 yilda «Antiseptika 
asri» nomli asarini yozdi. Bunda J. Lister operatsiyadan oldin va operatsiya vaqtida xonani 
zararsizlantirish uchun purkagichlar yordamida karbol eritmasi purkashni tavsiya qilgan. Shu 
bilan birga, operatsiya maydoni, jarroh qo‘li va kiyimlari, operatsiya jihozlariga ham 2–5 % 


karbol eritmasi bilan ishlov berilgan. Shunday qilib, J. Lister usullari hozirgi zamon 
tushunchasidagi aseptika va antiseptika tamoyillarini birlashtiradi. 
Antiseptika – jarohatga infeksiya tushmasligiga qaratilgan maxsus chora-tadbirlar 
yig‘indisi. Antiseptika yunon tilidan olingan bo‘lib, anti – qarshi, septicos – yiring chaqiruvchi 
ma’nosini bildiradi. Aseptika – jarrohlik muolajalarida, yaralarni bog‘lashda va boshqa 
muolajalarda yaralarga, to‘qimalarga, a’zolarga hamda tana bo‘shliqlariga mikroorganizmlarning 
tushish xavfiga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi. Atama a – inkor, inkor etuvchi, 
septicos – yiring chaqiruvchi kabi yunon so‘zlardan olingan. 
Shunday qilib, har qanday jarohat kabi jarrohlik muolajalari tufayli, to‘qimalar 
butunligining buzilishi hisobiga paydo bo‘lgan jarohatlar ham infeksiya tushishidan va 
yiringlashdan xoli emas. Yiringli holatlarni chaqiruvchi bakteriyalar ikkiga bo‘linadi: aeroblar – 
atmosfera havosi hisobiga hayot kechiruvchi mikroblar; anaeroblar – atmosfera havosi 
ishtirokisiz hayot kechiruvchi mikroblar. 
Aerob bakteriyalarga kiruvchi stafilokokklar (staphelococcus piogenes) tabiatda juda 
keng tarqalgan bo‘lib, har qanday jihozlar, kiyimlar, inson va jonzot tanalarida, teri va shilliq 
pardalarda, sochlarda uchraydi. Uning oq va oltinsimon turlari mavjud. Ular furunkul
karbunkul, absess va boshqa yiringli kasalliklarni keltirib chiqaradi; streptokokk (streptococcus 
piogenes) keng tarqalgan aerobdir.
Tabiatga juda yaxshi moslashgan. Saramas, yiringli artrit va boshqa yiringli 
kasalliklarni keltirib chiqaradi; meningokokk bosh va orqa miyaning po‘stloq (parda) qavatiga 
juda yuqori moyillik namoyon qilib, ularda yiringli yallig‘lanish kasalliklarini chaqiradi; 
gonokokk ko‘proq siydik va jinsiy a’zolar yo‘llarining shilliq pardalarini (so‘zak, gonoreya), 
ko‘z va bo‘g‘imlarning yiringli kasalliklarini chaqiradi; pnevmokokk nafas olish a’zolarining 
yallig‘lanishini keltirib chiqaradi; ichak tayoqchalari ovqat hazm qilish a’zolari kasalligini; ko‘k 
yiring tayoqchalari ikkilamchi infeksiyalarni keltirib chiqaradi; havoli qorason tayoqchalari 
qorason kasalligini; qoqshol tayoqchalari qoqshol (stolbnyak) kasalligini keltirib chiqaradi. 
Antiseptika deganda, dezinfeksiya (zararsizlantiruvchi) vositalari yordamida yiringli 
zararlanishning oldini olish tushuniladi. Antiseptikaning rivojlanishida faqat jarrohlik sohasidagi 
bilimlarning asoslanishdan tashqari, mikrobiologiya, farmakologiya, fizika, kimyo va boshqa bir 
qator sohalarning o‘ziga yarasha ahamiyati bor. Amaliyotda antiseptikaning bir nechta turlari 
mavjud: mexanik, fizikaviy, kimyoviy, biologik, aralash. 
Mexanik antiseptika. Mexanik antiseptika infeksiya tushgan va hayotga yaroqsiz 
to‘qimalarni mexanik yo‘l bilan kesib olib tashlash va shu yo‘l bilan jarohatlarga infeksiya 
tushishining oldini olish hamda ularni davolashning asosiy turlaridan biridir. Mexanik 
antiseptika amaliyotda eng ko‘p qo‘llaniladigan, jarohatga birlamchi jarrohlik ishlovini berish 
usuli hisoblanadi.
Ifloslangan jarohatlarni infeksiyalardan tozalash, yot jismlarni olib ashlash, hayot 
faoliyatiga ega bo‘lmagan to‘qimalarni kesib tashlash muolajalari mexanik antiseptikaning 
jarrohlik amaliyotida keng qo‘llaniladigan jarohatga birlamchi ishlov berish davo tadbirlaridan 
biri hisoblanib, mikroblarning hayot kechirishiga qarshi olib boriladigan choralardir. Bu usulni 
birinchi bo‘lib rus jarrohi K. K. Reyer 1877–1878 yillarda rus – turk urushida qo‘llagan. 


Fizikaviy antiseptika. Bu usul ham yaralarga infeksiya tushishining oldini olish va 
davolashga qaratilgan eng muhim antiseptikaning turi bo‘lib, fizikaviy omillarni qo‘llash orqali 
mikroblarning miqdorini kamaytirish, ularni parchalab yuborish hamda hayot faoliyati davomida 
ajratgan zaharli moddalar (toksin)ni yo‘qotishdan iborat. Fizikaviy antiseptikaga quyidagilarni 
kiritish mumkin: 
– bog‘lamlarning gigroskopikligi (suyuqlikni shimib olishi)dan foydalanish, kapillarlik 
xossasi tufayli yara yuzasidagi (tarkibida mikrob va uning zahari mavjud) suyuqlikning shimib 
olinishi; 
– gipertonik eritmadan foydalanish yaradagi onkotik bosimdan yuqori bo‘lgan osmotik 
bosimni hosil qilish kapillarlik xossasini keltirib chiqaradi va yuqori samara beradi. 
Yorug‘lik, quruq issiq, ultratovush, ultrabinafsha nurlar va boshqa omillarni ham 
fizikaviy antiseptikaga kiritish mumkin. 
Kimyoviy antiseptika. Bakteriyalarning rivojlanishini to‘xtatuvchi (bakteriostatik) va 
bakteriyalarni o‘ldiruvchi (bakteriotsid) xususiyatga ega moddalarni qo‘llash kimyoviy 
antiseptika hisoblanadi. Mikroblarga ta’siridan tashqari, kimyoviy moddalar to‘qima, jarohat va 
organizmga ham biologik ta’sir qiladi. Shuning uchun ham antiseptikaning mazkur turi 
qo‘llanilayotgan davo muolajalari vaqtida ishlatilayotgan moddalarning dozalari (miqdorlari) ni 
qat’iyan me’yorlash shart. 
Biologik antiseptika. Biologik antiseptikada mikroblarning o‘sishi va rivojlanishini 
to‘xtatuvchi biologik vositalar yordamidagi ta’sirlar ko‘zda tutiladi. Bular: antibiotiklar;
bakteriofaglar; antitoksinlar (qoqsholga qarshi, difteriya (bo‘g‘ma)ga qarshi zardoblar). 
Aralash antiseptika. Mikroblarning hujayralari va makroorganizmlarga ta’sir doiralarini 
o‘rganayotganda antiseptika turlarining o‘rnini almashtirish mumkin emas. Chunki ularning 
ta’sir kuchlari hamjihatlikda ortib boradi. Mikroblarga qarshi ta’sirini oshirish uchun 
antiseptikaning bir nechta turini birgalikda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Masalan, bugungi 
kunda jarohatlarni davolash maqsadida birlamchi jarrohlik yo‘li bilan ishlov berilayotganda 
(mexanik va kimyoviy antiseptika), u biologik (antibiotiklar va qoqsholga qarshi zardoblarni 
yuborish) antiseptika bilan to‘ldiriladi va qo‘shimcha ravishda fizioterapevtik muolajalar tavsiya 
etiladi. 
Antiseptika qo‘llanilishiga qarab, mahalliy va umumiy antiseptika muolajalariga 
bo‘linadi. O‘z vaqtida mahalliy antiseptika ikkiga, yuzaki va chuqur turlarga bo‘linadi. ahalliy 
yuzaki turi asosan jarohat yuzasiga har xil sepmalar, malhamlar qo‘yish hamda jarohat yuzasi va 
bo‘shliqlarini yuvish muolajalaridan iborat. Mahalliy chuqur antiseptika turiga yallig‘lanish 
o‘chog‘i va jarohat atrofidagi to‘qimalarga inyeksiya yo‘li bilan moddalarni yuborish (sanchib 
qo‘yish va har xil blokadalar) kiradi. «Katta zararsizlantiruvchi davolash» yoki umumiy 
antiseptika tadbirlari deganda organizmni antiseptik moddalar (antibiotik, sulfanilamid) bilan 
to‘yintirish va moddalarning qon aylanish doirasi orqali jarohatga yetib kelib, mikroblarga ta’sir 
etishi tushuniladi. Amaliyotda keng qo‘llaniladigan antiseptik moddalarni 10 ta asosiy guruhga 
bo‘lib o‘rganish mumkin: 


1. Tarkibida galoid moddalar bo‘lgan guruh. Xloramin «B» – jarrohlar qo‘liga ishlov 
berishda, rezina qo‘lqoplarni sterillashda, teri va shilliq pardalarni yuvish va ifloslangan 
jarohatlarni davolashda 2 % eritmasi qo‘llaniladi. 
Yodning 5–10 % spirtli eritmasi jarohatlarga ishlov berishda, jarohatlar, tirnalgan va
yorilgan terilar atroflariga surtishda ishlatiladi. Yodoform – ifloslangan va sekin bitayotgan 
jarohatlarga sepma va malhamlar ko‘rinishida qo‘llaniladi. Lyugol eritmasi – yod va kaliy 
yodning spirt, glitserin yoki suvdagi eritmasi hisoblanadi. Shilliq pardalarga surtish va yiringli 
jarohatlarga tampon ko‘rinishida ishlatiladi. Yodoforlar – yodning faol spirtli birikmalar 
(yodopiron, yodanal, yodanat) bilan hosil qilingan kompleksi hisoblanadi. Asosan teriga ishlov 
berish, jarohatlarni, kuyishni davolashda va jarrohlik asboblarini sterillashda qo‘llaniladi. 
2. Oksidlovchi guruh (kislorodli moddalar).3 % perekis vodorod eritmasi yiringli 
jarohatlarni yuvishda ishlatiladi. Mochevina bilan birlashgan tarkibi tabletkalar ko‘rinishidagi 
gidroperit shaklida ham ishlatilishi mumkin. Qaynatilgan 200 ml suvda 4 ta tabletkasi eritilganda 
2 % perekis vodorod eritmasi hosil bo‘ladi. Kaliy permanganat, kuchli oksidlovchi: 0,1–0,5 % 
eritmalari yiringli jarohatlarni yuvishda, 0,02 % eritmasi bo‘shliqlarni yuvish va chayqashda, 2–
5 % eritmalari kuyishlarni davolashda ishlatiladi. Bor kislotasining 2 % eritmasi jarohatlarni 
yuvishda, chayqashda, shuningdek siydik pufagi va boshqa kovak a’zolarni yuvishda ishlatiladi. 
3. Og‘ir metallar tuzlarining guruhi.Simob dixlorid (sulema) – faqat sirtga ishlatiladi: 
1:1000 nisbatdagi eritmasi qo‘llar ishlovi uchun, ipaklarni sterillashda, bemorlar va jarohatlarga 
ishlatiladigan jihozlarni dezinfeksiyalashda qo‘llaniladi. Sulema – juda kuchli zaharli modda 
hisoblanadi va bu eritma bilan ishlov berish mobaynida juda ehtiyotkorlik talab qilinadi. Diotsid 
– kuchli antiseptik xususiyatga ega, sepma yoki tabletkalar ko‘rinishida chiqariladi. 1 ta 
tabletkasining 5,0 l qaynatilgan suvdagi eritmasi qo‘llar ishlovi uchun, 1 l suvda eritilgan 1 ta 
tabletkasining eritmasi asboblarni sterillashda qo‘llaniladi. Kumush nitrat – lyapis siydik pufagi 
va yiringli jarohatlarni yuvishda ishlatiladi. Haddan tashqari tez o‘sayotgan yosh hujayra 
to‘qimalarini kuydirish maqsadida 10 % eritmasi qo‘llaniladi. Ammo shuni ham yoddan 
chiqarmaslik kerakki, teri yoki shilliq pardalarga tekkan 10 % eritmasi to‘qimalar nekroziga olib 
keladi. Protargol – siydik pufagi yallig‘langanda 1–3 % eritmasi yuboriladi. Kollargol – yiringli 
jarohatlarni yuvishda 0,2–1 % eritmalari ishlatiladi. 
4. Spirtlar. Tibbiyot amaliyotida muntazam ravishda etil (uzum) spirti keng qo‘llaniladi. 
Chunki metil spirti juda zaharli bo‘lib, kuchli zaharlanish holatlarini chaqirishi mumkin. Etil 
spirti nafaqat dezinfeksiyalash, balki quritish va qotirish xususiyatlariga ham ega. Jarrohlar 
qo‘llarini yuvishi uchun va operatsiya maydonlariga ishlov berishda keng qo‘llaniladi. Bunday 
hollarda spirtning 70 % eritmasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki kuchli spirt 
birikmasi terilarni qotirib, teshiklarini yopib qo‘yishi, chuqurda yotgan mikroblarning saqlanib 
qolishiga sababchi bo‘lishi mumkin. 90–95 % li spirtlar asosan kesuvchi jarrohlik asboblari va 
jihozlarni sterillashda qo‘llaniladi.
5.Formaldegid guruhi. Asosan bu guruhdan formalin qo‘llaniladi. Formalin 
formaldegidning 40 % suvli eritmasidir. Qotiruvchi antiseptic vosita sifatida 0,5–1 % eritmalari 
qo‘llarga ishlov berishda qo‘llaniladi. 
6. Fyenol guruhi.Ko‘p hollarda fenol va qatron ko‘rinishlarida ishlatiladi. Fyenol 
(karbol kislotasi) – rezina qo‘lqoplar, asbob va jihozlarni sterillashda 3– 5 % eritmalari 


ishlatiladi. Qatron (dyogot) – oq qayin daraxti po‘stlog‘ining quruq ishlovi natijasida olinadi. 
Antiseptik va yallig‘lanishlarning oldini olish xususiyatlariga ega. U Vishnevskiy malhami 
tarkibiga kiradi. 
7. Anilin bo‘yoqlari guruhi. Antiseptiklar sifatida quyidagi bo‘yoqlar: etakridin 
(rivanol) – yiringli jarohat va bo‘shliqlarni yuvishda; brilliant ko‘kining 0,1–2 % spirtli 
eritmalari yiringli yaralarga surtish maqsadida; metilen ko‘ki kuyishlarda, piodermiya va siydik 
pufagini yuvishda (0,02 % suvli eritmasi) 1–3 % spirtli eritmalari ishlatiladi. 
8. Nitrofuranlar hosilalari guruhi. Kam zaharli va kuchli antiseptiklardan sanaladi. 
Klinik amaliyotda qo‘llaniladiganlari: furatsillin – yiringli jarohat va bo‘shliqlarni yuvish va 
chayqashda 0,2 % eritma va malhamlar ko‘rinishida qo‘llaniladi; furagin – jarohat infeksiyalari 
va kuyishlarda eritmalari, ichishga tabletkalari ishlatiladi; furadonin – siydik yo‘llari 
infeksiyalarida tabletkalar ko‘rinishida qo‘llaniladi. 
9. Sulfanilamid preparatlari guruhi. Mikroblarning o‘sishi va rivojlanishiga 
bakteriostatik (streptokokk, stafilokokk, pnevmokokk va h. k. ) ta’sirini yaqqol namoyon qilishi 
bilan quyidagilar alohida ajralib turadi: streptotsid – yallig‘lanishga qarshi, jarohatlar 
infeksiyalanishining oldini olish va davolashda; norsulfazol – ichish uchun tabletka ko‘rinishida; 
sulfatsil – eritilgani yiringli jarohatlarni davolashda ishlatiladi. 
10. Antibiotiklar (biologik antiseptiklar). Antibiotiklar bakteriyalar hayot faoliyatini 
to‘xtatgan hayvonlar, o‘simliklar va mikroblar mahsulotidir. Bu mahsulotlar amaliyotda har xil 
dorilar shaklida, ya’ni ichish uchun tabletkalar, mahalliy eritmalar va malhamlar ko‘rinishida, 
muskul va tomirlarga yuborish uchun keng ko‘lamda qo‘llaniladi. 
Antibiotiklar bir necha turga bo‘linadi: penitsillin; streptomitsin; tetrasiklin;
eritromitsin; sintomitsin va boshqalalar.
Aseptika usullari. U antiseptika usullarining davomi hisoblanib, bir-biri bilan 
chambarchas bog‘liq. Aseptika usullari quyidagilardan iborat: asbob-uskuna va jihozlarni 
sterillash; jarroh qo‘lini maxsus yo‘l bilan zararsizlantirish; tekshirishlar va operatsiya 
jarayonlaridagi ishlar vaqtida maxsus qonun-qoidalarga qat’iy rioya qilish; davolash 
maskanlarida maxsus tashkiliy va sanitariya-gigiyena ishlarini tashkillashtirish. 
Jarrohlik infeksiyalarining manbai ikki xilda bo‘ladi: ekzogen (tashqaridan) va endogen 
(ichki manbalardan). Endogen infeksiyalar manbai bemorlar organizmida, ekzogen infeksiyalar 
manbai esa atrof muhitdadir.
Jarohatlar. 
Teri va shilliq qavatlarining mexanik shikastlanishi natijasida jarohatlar paydo bo‘ladi. 
Ba’zi hollarda jarohatlar organizmning chuqur joylashgan to‘qimalarida va ichki organlarda ham 
kuzatiladi. Jarohat klinikasi undan qon silqib ochilib qolishi, qon oqishi va og‘riq bo‘lishi bilan 
tavsiflanadi. To‘qimalarni shikastlovchi asbob qanchalik keskir bo‘lsa, jarohatdan qon oqishi 
shunchalik kuchli bo‘ladi.
Hamma jarohatlanishlarda ham qon oqishi tashqariga bo‘lavermaydi, ba’zan qon 
tomirlardan to‘qimalarga va bo‘shliqlarga quyilib, tarqoq gematomalar hosil bo‘lishiga olib 


keladi. Shuningdek, parenximatoz (g‘ovak) organlarning jarohatlanishi ham ko‘plab qon 
oqishiga sababchi bo‘lishi mumkin. 
Jarohatlanishlardagi og‘riq, uning intensivligi: jarohatlangan nerv retseptorlari va 
o‘zaklarining soniga; shikastlangan kishi organizmining reaktivligiga; jarohatlovchi qurolning 
xususiyatiga va jarohat olish tezligiga bog‘liq. 
Jarohatlardagi og‘riq odatda qattiq (jizillatadigan) bo‘lib, uning shiddati, tomir 
urishining chastotasiga bog‘liq holda ortib va kamayib turadi. Jarohatlangan sohaning 
ko‘taribroq qo‘yilishi va qulay joylashtirilishi natijasida og‘riq kamayadi va 2 soat davomida 
og‘riq to‘liq to‘xtashi mumkin. 
Jarohatlarning tasnifi. Qo‘llanilgan qurol yoki jarohatlovchi agentning to‘qimalarni 
shikastlantiruvchi xususiyatiga qarab jarohatlarning quyidagi turlari farqlanadi: o‘qotar 
qurollardan jarohatlanish; tig‘ jarohati (tig‘ sanchishdan hosil bo‘lgan jarohat); tilingan 
jarohatlar; titilgan jarohatlar; lat yegan jarohatlar; majaqlangan jarohatlar; yulingan jarohatlar;
tirnalgan jarohatlar; shilingan jarohatlar; tishlangan – chaqilgan jarohatlar; zaharlangan 
jarohatlar; aralash jarohatlar. 
Tig‘ sanchishdan va o‘qotar qurollardan olingan jarohatdan qon kam oqadi. Ularning 
chuqurligi va yo‘nalishini ko‘z bilan aniqlash qiyin, ularda ko‘pincha ichki organlarning ham 
shikastlanishlari bo‘ladi. O‘tmas predmetlar bilan yetkazilgan tig‘ jarohatlari, masalan, yog‘och 
kaltak yoki yomg‘ir soyabonining uchi bilan berilgan zarbadan hosil bo‘lgan jarohatlar o‘ziga 
xos shakllarga ega. Kesilgan va to‘g‘ralgan jarohatlarda ko‘proq yuzalarning defektlanishi va 
qonning tashqariga kuchli oqishi xosdir.
Lat yeyishdan, majaqlanish va yulinish jarohatlaridan qon oqishi kamroq bo‘lib, ular 
kuchli og‘riq chaqiradi va ko‘pincha infeksiyalanadi, ularda qon aylanishining buzilishi nisbatan 
ko‘proq uchraydi va mahalliy nekrozlar keltirib chiqaradi. Shilingan jarohatlarning og‘rig‘i 
kuchli bo‘ladi, lekin jarohatlar ichida eng tez bitadigani hisoblanadi. Tishlangan jarohatlar 
og‘riqli bo‘lib, ko‘pincha yiringlab ketadi. Tishlangan jarohatlarning eng og‘ir asoratlaridan biri 
quturish kasalligidir.
Quturish kasalligining virusi kasal hayvonning so‘lagi bilan ajralib, u orqali tishlash 
vaqtida jarohatga tushadi. Kalamush, sichqon va mushuklar tishlab olsa, «kalamush kasalligi» 
rivojlanishi mumkin. oladi. Kelib chiqish sabablariga ko‘ra, jarohatlar operatsion va tasodifiy 
jarohatlarga bo‘linadi. Shikastlanishning chuqurligiga qarab jarohatlar yuzaki, teshib o‘tuvchi va 
ichki a’zolarni shikastlovchi jarohatlarga bo‘linadi. Masalan, teri jarohati, teriosti to‘qimalari va 
hatto qorin muskullarining jarohatlari ham yuzaki jarohatlarga kiradi. Agar qorin pardasi 
shikastlangan bo‘lsa, jarohat chuqur o‘tuvchi jarohatlar qatoriga kiritiladi.
Ayni vaqtda jigar va ichaklarning shikastlanishlari bilan kechadigan jarohatlar 
a’zolarning shikastlanishi bilan asoratlangan jarohatlar qatoriga kiritiladi. Jarohat tananing qaysi 
qismida bo‘lishiga qarab yuz, bosh, bo‘yin, qo‘l jarohatlariga bo‘linadi. Infeksiyalanish 
darajasiga ko‘ra, aseptik va infeksiya bilan ifloslangan jarohatlar bo‘ladi. Rejali operatsiyalardan 
yoki birlamchi jarrohlik ishlovidan keyingi jarohatlar aseptik jarohatlar hisoblanadi. O‘tkir va 
nisbatan toza predmetlar vositasida yuzaga kelgan, kesilgan va qiymalangan jarohatlar aseptik 
jarohatlarga yaqin bo‘ladi. Qolgan hamma jarohatlar infeksiyalar bilan ifloslangan deb 


baholanadi, chunki jarohatlanish vaqtida terining o‘zida ham, jarohatlovchi predmet vositalarida 
ham mikroorganizmlar bo‘ladi. 
Jarohat infeksiyasi. Jarohat infeksiyasi – jarohatga mikroblarning kirib borishi, 
organizm to‘qimalariga tushgan mikroorganizmlar va ulardagi toksinlarning tarqalib, ta’sir etish 
natijasidir. Toza jarohatga ko‘payish xususiyatiga ega pathogen bakteriyalar va zaharli moddalar 
tushib, uni ifloslasa (organizm reaksiyasi bo‘lmaganda), bakterial ifloslanish yuzaga keladi. Agar 
mikroblarning tushishiga organizm reaksiyasining sezilarli belgilari paydo bo‘lsa, bu narsa 
bakterial ifloslanishni aniq ifodalangan bakterial infeksiyaga o‘tganligini ko‘rsatadi. Bu jarayon, 
bir tomondan, mikroorganizmlar himoya reaksiyalarining holatiga, ikkinchi tomondan, jarohatga 
kirib borgan infeksiya qo‘zg‘atuvchisining miqdori va viruslentligiga bog‘liq.
Jarohatlarni davolash. Jarohatlarni davolashdan maqsad a’zo va to‘qimalarning 
birlamchi shakli va funksiyalarini hech qanday asoratlarga yo‘l qo‘ymagan holda tiklashdan 
iboratdir. Jarohatlarni davolash biologiya, jarrohlik, biofizika va tibbiyot texnikasining hozirgi 
zamonda erishgan yutuq va usullarini qo‘llab amalga oshiriladi.
Agar jarohatda g‘ayritabiiy moddalar yoki keng yirtiqlar bo‘lsa, ularni steril doka, 
salfetka yoki asboblar yordamida olib tashlashga ruxsat etiladi, jarohatni yuvishga ruxsat 
etilmaydi.
Shundan keyin jarohat bog‘lanadi, iloji bo‘lsa, steril material ishlatish kerak. Agar 
kuchli qon ketsa, jgut qo‘yiladi, boshqa hollarda qon oqishi siqib bog‘lash yo‘li bilan to‘xtatiladi. 
Bog‘lamlarni fiksatsiyalash uchun leykoplastir, yopishuvchi vositalardan yoki to‘rsimon, 
naysimon bintlardan foydalaniladi. Birlamchi va ikkilamchi jarrohlik ishlovlari farqlanadi. 
Jarohatning birlamchi jarrohlik ishlovi deganda kasalning jarohatini birinchi marta jarrohlik 
ishlovidan o‘tkazish tushuniladi. Bu ishlov birlamchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha jarohatning 
xususiyatini hisobga olib, jarohat infeksiyalanishini profilaktikalash maqsadida o‘tkaziladi.
Hozirgi vaqtda, zarurat yuzasidan, jarohatni birlamchi jarrohlik ishlovidan o‘tkazish 
jarohatlanishdan 24 soatgacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi. Og‘riqsizlantirilgach, o‘tkir 
skalpel yordamida jarohatning chekkalari, devorlari va asosi tirik to‘qimalar chegarasida kesib 
tashlanadi, imkoni boricha hamma shikastlangan, ifloslangan to‘qimalar olib tashlanadi. Olib 
tashlanadigan to‘qimalarning qalinligi 0,5 sm dan 2 sm gacha bo‘lishi mumkin. Shuningdek, 
g‘ayritabiiy moddalar, kiyim yirtiqlari, erkin yotgan suyak bo‘laklari, ivib qolgan qon laxtalari 
ham olib tashlanadi. Jarohat ifloslangan to‘qimalardan tozalangach, qon to‘xtatiladi va jarohat 
qavatma-qavat tikiladi. 
Jarohatlarning erta jarrohlik ishlovi dastlabki 24 soat ichida o‘tkaziladi. Agar u 
jarohatlanishdan keyingi 6–12 soat ichida amalga oshirilsa, oqibati yaxshi bo‘ladi. Ba’zan 
jarohatlarning jarrohlik ishlovi antibiotiklar bilan davolash ostida, jarohatlanishning ikkinchi 
sutkasida o‘tkaziladi. Bunday jarrohlik ishlovi muddati uzaytirilgan ishlov deyiladi. Agar 
jarrohlik ishlovi antibiotiklar bilan davolanmagan jarohatda ikkinchi sutkada yoki antibiotiklar 
bilan davolanganda uchinchi sutkada o‘tkazilsa, bunday jarrohlik ishlovi kechiktirilgan jarrohlik 
ishlovi deyiladi.
Bog’lamlarning turlari. 


Desmurgiya (yunoncha desmos – bog‘lam, bog‘lanish, ergon – ish, faoliyat) – 
jarohatlarni bog‘lashda qo‘llaniladigan qoidalar to‘g‘risidagi ta’limot.
Bog‘lamlarni mahkamlashning juda ko‘p usullari mavjud: 
1. Qimirlamaydigan bog‘lam – shikastlangan sohaning hara-katsizligi va tinchligini 
ta’minlab berishi kerak. 
2. Cho‘zuvchi bog‘lam – shikastlangan sohaning cho‘zilishini ta’minlab berishi lozim. 
3. Bosuvchi bog‘lam – tananing nosog‘ qismini bir tekisda bosib turadigan bog‘lam. 
4. Antiseptik bog‘lam – o‘zidagi moddalari bilan bakteriyalarga qarshi ta’sir 
ko‘rsatishga mo‘ljallangan. 
5. Himoya qiluvchi bog‘lam – jarohatning granulyatsiyalanish davrida qo‘llanilib, nozik 
granulyatsiya to‘qimasini qurib qolishdan va jarohatlanishdan saqlash maqsadida qo‘llaniladi. 
6. Okkulyuzion bog‘lam – jarohatga havo kirishiga to‘sqinlik qiladigan bog‘lam. U 
ochiq pnevmotoraksda qo‘llaniladi. 
Yumshoq va qattiq bog‘lamlar. Yumshoq bog‘lamlarga yelimli, ro‘molli, sopqonsimon, 
bintli bog‘lamlar kiradi. Qattiq bog‘lamlarga shinali va gipsli bog‘lamlar kiradi. Yelimli 
bog‘lamlar. Bog‘lamlarni teriga yopishtirish uchun kleol, kolloidli, yopishqoq plastirdan 
foydalaniladi. Ustun tomonlariga quyidagilar kiradi: bog‘lam qo‘yishning oddiyligi, terini 
qitiqlamasligi sababli uni qayta-qayta ishlatish mumkin. Kamchilliklari: terining tukli joylarida 
ishlatib bo‘lmaydi, qo‘llansa, teridan ko‘chib ketadi. Ro‘molli bog‘lamlar qo‘llanilishi jihatidan 
eng oddiy bog‘lam turidir. (12.3-rasm). 
12.3.-rasm. Ro‘molli bog‘lamlar. 
Bu bog‘lam turi qo‘lning turli shikastlanishlarida (panja, bilak va yelka jarohatlarida) 
uni harakatsizlantirish maqsadida qo‘llaniladi. Ro‘mol paxtali matodan qilingan uch burchak 
material bo‘lib, uning uzunroq tomoni – asosi, qarshisidagi burchagi – cho‘qqi, 2 ta burchagi – 
oxiri hisoblanadi. Ro‘molcha yordamida barmoqlarga, qo‘l va yelkalarga, sut beziga, yelka, tos-
son bo‘g‘imiga, bosh va tovonlarga turli xil bog‘lamlarni qo‘yish mumkin. Agar qo‘lga ro‘molli 
bog‘lam qo‘yilsa, tirsak bo‘g‘imi 900 ga bukiladi. Ro‘molni jarohatlangan qo‘lning orqasiga 
shunday joylashtirish kerakki, uning asosi gavdaning o‘rta chizig‘iga to‘g‘ri kelsin, cho‘qqisi esa 
jarohatlangan qo‘lning tirsagi tomon yo‘naltirilgan bo‘lsin.


Sirkulyar yoki aylanma bog‘lam - shunday bog‘lamki, bunda bintning hamma aylanalari 
bir-birining ustiga tushadi va avvalgi aylanani to‘liq berkitadi. Bunday bog‘lamlar oyoq-
qo‘llarga, pesona, bo‘yin va qoringa qo‘yiladi.(12.4-rasm).
Spiralsimon bog‘lam - sirkulyar bog‘lamning bir ko‘rinishidir. Spiralsimon 
bog‘lamning 2 turi tafovutlanadi: yuqoriga ko‘tariluvchi, bunda bintlash pastdan yuqoriga va 
pastga tushadi; avvalgi aylanishning yarmini qoplab, yana yuqoridan pastga tushiriladi. 
12.4-rasm. Sirkulyar yoki aylanma bog‘lam. 
O‘rmalovchi bog‘lam ham spiralsimon bog‘lamning bir turi bo‘lib, unda bint aylanalari 
bir-biriga tegmaydi. Bunday bog‘lamlar jarohatga qo‘yilgan materialni ushlab turish maqsadida 
bintlashning boshlang‘ich davrida qo‘llaniladi, keyin spiralsimon bog‘lamga o‘tiladi. 
Sakkizsimon (butsimon) bog‘lam-degan nom uning shakli va bintyo‘llaridan olingan. U 
bo‘yinning orqa yuzasiga, ko‘krak qafasigabog‘lam qo‘yilganda qo‘llaniladi. 
Boshoqsimon bog‘lam – sakkizsimon bog‘lam ko‘rinishlaridan biri. Bintlar yo‘li 
boshoqni eslatgani uchun shunday ataladi. Bunday bog‘lamlarni yelka bo‘g‘imiga va o‘mrov usti 
sohalariga qo‘llash juda qulay. Yelka bo‘g‘imiga boshoqsimon bog‘lamni qo‘yishda, umum 
e’tirof etgan qoidalarga teskari, bintlash shikastlangan tomonga yo‘naltirilgan holda amalga 
oshiriladi, ya’ni quyidagi qoidani yodda saqlash kerak: o‘ng yelkani soat mili yo‘nalishida, chap 
yelkani esa unga teskari yo‘nalishda bintlash kerak. 
12.5-rasm. Toshbaqasimon bog‘lam. 


Toshbaqasimon bog‘lam: 2 xil bo‘ladi: qo‘sxiluvchi va tarqaluvchi. (12.5-rasm). Bu 
bog‘lamlar tirsak, tizza va boshqa bo‘g‘imlarni bog‘lash uchunt avsiya etiladi. Tarqaluvchi 
bog‘lamlar quyidagi tarzda qo‘llaniladi. Birinchi aylanishi sirkulyar tarzda bo‘g‘imning 
o‘rtasidan o‘tadi. Ikkinchi aylana birinchi aylananing pastki yarmi yoki uchdan birini berkitadi. 
Uchinchi aylana birinchi aylananing yuqorigi yarmini yoki uchdan ikki qismini berkitadi. 
To‘rtinchi aylana ikkinchini, beshinchi aylana uchinchini takrorlaydi va h.k.
Orqaga qaytadigan bog‘lamlar - qo‘l yoki oyoq cho‘ltoqlari (amputatsiyadan keyingi 
qolgan joy)ga, boshga va boshqa joylarga qo‘yiladi. 
Bunday bog‘lamlarni qo‘yish texnikasi quyidagicha: 
a) bir necha sirkulyar yo‘llar bilan bint mahkamlanadi; 
b) barmoq bilan ushlab turib, bint bukiladi va uni ko‘ndalang holda boshning 
(cho‘ltoqning) qarama-qarshi tomoniga olib boriladi, keyin sirkulyar aylanalar bilan bintning 
ko‘ndalang tasmasi mahkamlanadi; 
v) yana bint buklanib, u ko‘ndalang yo‘naltiriladi, bunda avvalgi aylananing yarmini 
yoki uchdan ikki qismini yopib o‘tishi kerak. Bu yo‘l ham sirkulyar aylana bilan mahkamlanadi. 
Tananing alohida joylariga qo‘yiladigan bog‘lamlar. Boshning uncha katta bo‘lmagan 
jarohatlarida leykoplastrli, kollodiyli, kleolli bog‘lamlar qo‘yish mumkin, bunda bog‘lam 
qo‘yiladigan joydagi sochlar yaxsxilab qirib tashlanishi lozim. Shuni qayd qilish kerakki, 
tananing tukli qismlarida yelimli bog‘lamlar yaxshi ushlamaydi. Shuning uchun ham bunday 
joylarda sopqonsimon va ro‘molli bog‘lamlarni ishlatish ma’qulroq. 
Boshga qo‘yiladigan bog‘lamlar. Boshga quyidagi bintli bog‘lamlar qo‘yiladi: qaytar 
bog‘lam, «Gippokrat qalpog‘i», qalpoqchali bog‘lam, bir yoki ikkala ko‘zga qo‘yiladigan 
bog‘lam, «yugan»simon va boshqalar.(10.6-rasm). 
«Gippokrat qalpog‘i» quyidagicha qo‘yiladi: bir qo‘lga birinchi o‘ram, ikkinchi qo‘lga 
ikkinchi o‘ram bint olinadi. Har ikkala bintning bo‘sh uchlari ensa do‘ngligining pastrog‘iga 
joylashtiriladi. Har ikkala bint bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda pesona do‘ngi o‘rtasiga olib 
boriladi.
O‘ng qo‘ldagi bint o‘rami sirkulyar aylanishlar hosil qiladi, bundahar bir qaytib 
keladigan aylanish undan avvalgi aylanishning 1/2 yoki 2/3qismini qoplab olishi kerak. Ayni bir 
paytda sirkulyar aylanish hosil qilayotgan bint qaytar aylanish qilayotgan chap qo‘ldagi bintni 
har doim mahkamlab boradi. Bu narsa boshning gumbazi to‘liq qoplagunga qadar davom 
ettiriladi.(12.6-rasm). Bu bog‘lam eng qulay va ishonchli hisoblanadi, chunki bunday bog‘lam 
qo‘llanilganda uning bo‘shashib, o‘rnidan qo‘zg‘alishiga hech qanday imkon bo‘lmaydi. Bundan 
tashqari, bu bog‘lamni qo‘yish texnika sisodda bo‘lib, u quyidagicha amalga oshiriladi: uzunligi 
80–90 sm bo‘lgan bint olinadi (bint bog‘ich). 


10.2-rasm. Boshning qalpoqchali bog‘lami. 
U tepa suyagining o‘rta qismiga shunday qo‘yiladaki, bunda uning uchlari quloqlarning 
old qismidan pastga vertical tushib turadi. Bintning har ikkala bo‘sh uchini tarang holda ushlab 
turish kerak (bintni kasal yoki yordamchi tortib ushlab turadi). O‘ng qo‘l bilan bint o‘ramini olib 
bosh atrofidan birinchi sirkulyar yo‘l bilan aylantiriladi (bu mahkamlovchi yo‘l bo‘lib 
hisoblanadi). Uni 2–3 marta aylantirib ishonchliligini oshirish ham mumkin. Mahkamlovchi 
sirkulyar yo‘ldan keyin, bog‘ichga borgach, bint uning atrofidan va pastidan aylantirilib, pesona 
yoki ensa tomonga o‘tiladi,keyin bint qarama-qarshi tomonga boshqa bog‘ichga yo‘naltiriladi, 
undan aylantirilib yana qarama-qarshi tomonga yo‘naltiriladi, bunda har bir galdagi aylana 
avvalgi aylanishning bir qismini berkitib boradi, u bosh gumbazi berkilgunga qadar davom 
ettiriladi. Shundan keyin bir yoki ikkita sirkulyar yo‘l bilan bint mahkamlanadi, bog‘ichlarning 
biridan o‘tkaziladi va bog‘ichning ikkinchi uchi bilan iyak ostidan bog‘lab qo‘yiladi. 
Ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lamlar. Bir ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam monokulyar bog‘lam 
deyiladi. (12.7-rasm). Shuni yodda tutish kerakki, bintlash kasal ko‘zdan boshlanadi. Bintni bosh 
atrofidan sirkulyar yo‘l bilan o‘tkazib(bunda pesona va ensa do‘nglari qamrab olinadi) 
mahkamlovchi aylana hosil qilinadi. 


12.7-rasm. Bir ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam 
Keyin bintni orqa tomondan ensaga qarab yo‘naltirib, uni shikastlangan ko‘z tomondagi 
quloqning ostidan olib o‘tib, chakka orqali yuqoriga ko‘tariladi va u shikastlangan ko‘zni 
berkitadi. Mana shu ikkinchi yo‘l orqali sirkulyar mahkamlovchi yo‘lga o‘tadi, keyin yana 
ikkinchi yo‘lga qaytiladi. Shu yo‘sinda yo‘llarni galma-gal almashtirib kasal ko‘z berkitiladi. Har 
ikkala ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam – binokulyar bog‘lam deb ataladi. Bu bog‘lam ham bir 
ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam kabi boshlanadi. Sirkulyar - mahkamlovchi yo‘l qilingach, ikkinchi 
yo‘l quloq ostidan o‘tadi, ko‘zni berkitib yana mahkamlovchi sirkulyar yo‘l hosil qilib, keyin 
pesona orqali pastga tushib, ikkinchi ko‘zni yopadi, uni quloq ostidan o‘tkazib yana 
mahkamlovchi sirkulyar yo‘lga qaytiladi. Shunday qilib, bu bog‘lamda uchta yo‘l navbatma-
navbat takrorlanadi: sirkulyar –mahkamlovchi yo‘l, ikkinchisi quloq ostidan bir ko‘zga, 
uchinchisi pesonadan ko‘zga tushib uni berkitgach, quloq ostiga yo‘naladi. 
Torakobraxial bog‘lam. Bog‘lamning bu turi asosan yelka suyagining sinishlarida 
tavsiya etiladi. Bajarilish texnikasi bo‘yicha bu juda oddiy bog‘lam. Torakobraxial bog‘lamning 
2 xil varianti bor. Birinchi variantda bintning ikki xil yo‘li bor. Birinchi yo‘l – yelkaniqo‘krak 
qafasiga nisbatan ishonchli fiksatsiyalash uchun odatdagi bir necha aylanishli spiralsimon 
bog‘lash.(12.8-rasm). 
12.8-rasm Torakobraxial bog‘lam. 


Ikkinchi yo‘l birinchisining davomi bo‘lib, u kasal tomondagi qo‘ltiq osti 
chuqurchasidan orqaga o‘tib pastga tushadi, tirsakka uning orqasidan o‘tib, oldinga yo‘naltiriladi 
va bilakdan bilak bo‘g‘imiga yaqin joydan o‘tib, sog‘lom tomondagi qo‘ltiq osti chuqurchasi 
orqali orqa tomonga o‘tadi. Birinchi va ikkinchi yo‘llar yelka vabilakning to‘liq 
immobilizatsiyasi ta’minlangunga qadar bir necha bor takrorlanadi. Ikkinchi variantdagi birinchi 
yo‘l yuqoridagidek, ikkinchi yo‘l bilakni ko‘tarib turib, tepaga qarab qiyshiq tarzda sog‘lom 
yelka ustiga yo‘naladi. Bu bog‘lamlar o‘mrov, yelka, bilak suyaklarining sinishlarida, yelka va 
tirsak bo‘g‘imlarining shikastlanishlarida immobilizasiya shinalari bo‘lmagan taqdirda 
qo‘llaniladi.
Sopqonsimon bog‘lam – bunday bog‘lamlar asosan burun, dahan, ensa va peshona 
sohasiga qo‘yiladi. Sopqonsimon bog‘lam deyilganda – o‘rtasi tutashgan va ikki tomoni 
uzunasiga kesilgan bint yoki boshqa matodan tayyorlangan bog‘lam tushuniladi.
Ushbu bog‘lam qo‘yilganda, albatta, uning so‘ngi qismlari bir-biri bilan bog‘lanadi.
T-shaklidagi bog‘lamlar chot va orqa chiqarish teshigi sohasiga qo‘yiladi. U keng doka 
tasmadan tashkil topib, uning bir tomoniga gorizontal tasma (belbog‘) mahkamlanadi. Dokaning 
pastki uchi bir oz uzunlikda 2 ta tasmaga ajratib qirqiladi. Gorizontal tasma tana atrofida 
aylantirib bog‘lanadi, vertikal qismi orqa tomondan pastga tushirilib, chot qismidan o‘tib, 
qorinning oldingi tomonidan belbog‘ga bog‘lab qo‘yiladi. 
Bintli bog‘lamlar. Bintlar ingichka (3–5–7 sm), keng (15–16 sm) va o‘rtacha (10–12 
sm) bo‘ladi. Ingichka bintlar qo‘l va oyoq barmoqlarini; o‘rtacha bintlar 100 boshni, panjalarni, 
bilakni, oyoq panjasini, boldirni; keng bintlar ko‘krak.To‘g‘ri qo‘yilgan bintli bog‘lam 
desmurgiyaning quyidagi asosiy talablarini qondirishi kerak: tananing kasal qismini to‘liq 
yopishi; qon va limfa aylanishini buzmasligi; bemor uchun qulay bo‘lishi; imkoniyat boricha 
estetik jihatdan chiroyli bo‘lishi lozim. 
Bintli bog‘lamlarni qo‘llashning asosiy qoidalari: 
1. Kasalni shunday o‘tqazish yoki yotqizish kerakki, bintlanayotgan tana qismi 
harakatsiz va bintlashga qulay bo‘lsin. 
2. Bintlayotgan odam bemorning yuziga qarab turishi kerak va u bintlash vaqtida 
kasalni vizual kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lsin. 
3. Bintlash doimo periferiyadan markazga (quyidan yuqoriga) qarab amalga oshiriladi 
(12.9-rasm). 


12.9-rasm. Bintli bog’lam qo’yish. 
4. Bintlash o‘ng tomondan chap tomonga qarab soat strelkasiga qarama- qarshi amalga 
oshiriladi. 
5. Bintlash birinchi mustahkam aylana qo‘yishdan boshlanadi. 
6. Keyingi har bir aylanish avvalgi aylanishning yarmini yoki uchdan birini berkitishi 
kerak. 
7. Bint o‘ramini bintlanayotgan yuzada g‘ildiratib, undan ko‘tarmay aylantirish kerak. 
8. Bintlash ikki qo‘llab amalga oshiriladi: bir qo‘l bilan bint o‘ramini g‘ildiratish, 
ikkinchi qo‘l bilan o‘ralgan bintni tekislab turish kerak. 
9. Bintni bir xilda tortish kerak, chunki uning yo‘llari chalkashib har xil burmalar hosil 
qilmasligi kerak. 
10. Bintlash vaqtida tananing bintlanayotgan qismi shunday holatda joylashtirilishi 
kerakki, shu holat bintlab bo‘lgandan keyin ham saqlansin. 
11. Tananing konus shakliga ega bo‘lgan qismlariga (son, boldir) 
bog‘lam qo‘yilayotgan vaqtda bintning tanaga jipsroq joylashishi uchun har 1–2 
aylanishdan keyin bir marta o‘qi atrofida burash kerak. 
12. Bog‘lamning oxirida bint mahkamlab qo‘yiladi (tugib qo‘yiladi). 
Yugan» bog‘lami. Bu bog‘lam yuz, iyak sohasi va ba’zan tananing tukli qismlarini 
bog‘lashda tavsiya etiladi. «Yugan» bog‘lami 4 ta navbatlashuvchi yo‘llardan tashkil topadi. 
Birinchi va ikkinchi yo‘llar – sirkular mahkamlovchi (ensa va peshona do‘nglaridan o‘tadi) 
yo‘llardir. . Keyin bint vertikal holatda 4, 5 va 6-yo‘llar bilan iyak ostidan o‘tadi. Keyin bint 
gorizontal holatga (aylana yo‘l) o‘tib, 7 va 8-yo‘llarni hosil qiladi. Keyin bog‘lam qotiriladi. 
Mana shu yo‘llarni navbati bilan almashtirib, butun boshni yoki ikkala chakkani bog‘lam bilan 
yopish mumkin. 
Barmoqlar bog‘lami. Bitta barmoqni bintlashda birinchi (mahkamlovchi) sirkular yo‘l 
bilan bo‘g‘imning yuqorirog‘idan bir necha marta aylantirib qo‘yiladi. Keyin bint panjalarning 


orqa tomonidan qiyshiq yo‘naltirilgan holda shikastlangan barmoqning tirnoq jimjilog‘iga olib 
boriladi. Uni berkitib orqaga qaytiladi, keyin spiral yo‘llar bilan tirnoq jimjilog‘idan barmoq 
asosigacha bintlanadi, panjaning orqa yuzasida bint kesishib o‘tgach, sirkular yo‘llar bilan 
birlamchi mahkamlovchi yo‘llarga keltirib yana mahkamlanadi. Barmoqlarning «qo‘lqop» 
bog‘lami xuddi shu tarzda amalga oshiriladi, bu yerda bitta barmoq emas, hamma barmoqlar 
bintlanadi. O‘ng qo‘lni bog‘lashda bosh barmoqdan, chap qo‘lni bog‘lashda 5-barmoq 
(jimjiloq)dan boshlash kerak. Bosh barmoqqa bog‘lam boshoqsimon ko‘rinishda, qolgan 
barmoqlarga esa bog‘lam qaytariladigan ko‘rinishda qo‘yilishi mumkin.
Panjalar bog‘lami. Panjalarga bog‘lam qaytariladigan ko‘rinishda bog‘lanadi. Avval 
to‘rtta barmoq birgalikda, keyin bosh barmoqqa bog‘lov alohida bajariladi.
Bilaklar bog‘lami. Spiralsimon ko‘rinishda bukishlar hosil qilib bog‘lam qo‘yiladi. 
Tirsak bo‘g‘imiga bog‘lam qo‘yish zarurati bo‘lganda tirsakni 900 li burchak ostida 
bukib, bog‘lam toshbaqasimon – tarqaluvchi yoki qo‘shiluvchi ko‘rinishda qo‘yiladi (12.10-
rasm).
12.10-rasm. Tirsak bo‘g‘imiga bog‘lam qo‘yish. 
Yelkaning boshoqsimon bog‘lami. Bintlash shikastlangan tomonga yo‘naltirilgan 
holatda amalga oshiriladi. Bintning birinchi yo‘llari (sirkular) mahkamlovchi bo‘lib hisoblanadi. 
Qo‘ltiq osti chukurchasiga uning yiringli yallig‘lanish jarayonlarida (gidradenit) bog‘lov 
qo‘yiladi. Desmurgiyaning ko‘plab qo‘llanmalarida berilgan bog‘lovlar o‘rnidan oson qo‘zg‘alib 
tushib ketadi. Bu kamchilliklardan xoli qulay va bo‘lgan usul sopqonsimon usuldir. Uni qo‘yish 
uchun keng bint (kengligi – 16–20 sm, uzunligi – 1 m) olinib, ikki uchi to‘rtga ajratib kesiladi. 
Bintning kesilgan qismi qo‘ltiq osti chuqurchasiga shunday qo‘yiladiki, to‘rtta tasmasi ko‘krak 
qafasiga, to‘rtta tasmasi yelkaga chiqib turadi. Ko‘krakka ketadigan ikki uchi ko‘krak atrofida, 
qolgan ikkitasi yelka usti va bo‘yin o‘rtasida mahkamlanadi. Qarama-qarshi tomondagi ikkita 
tasma yelka atrofida va yelka usti sohasida mahkamlanadi. Mahkamlanishning yaxshi chiqishi 
uchun terining bog‘lam turadigan joylariga kleol surkab qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Ko‘krak 
qafasini bintlashda butsimon, sakkiz ko‘rinishdagi bog‘lamlar qo‘llaniladi. 
Oyoqlarga qo‘yiladigan bog‘lamlar. Son va tizzaga qo‘yiladigan bog‘lamlar joyidan 
qo‘zg‘alib ketmasligi uchun bint spiralsimon o‘rash yo‘li bilan qo‘yiladi. Tizza bo‘g‘imi 
sohasiga toshbaqasimon qo‘shiluvchi yoki tarqaluvchi bog‘lamlar qo‘yiladi. 


Boldir-tovon bo‘g‘imiga sakkizsimon bog‘lam qo‘yiladi. U boldirning pastki uchdan bir 
qismida sirkular yo‘l bilan boshlanib, keyin qiyshiq holda tovonning orqa tomoniga tushadi, 
uning atrofida aylantirilib tepaga ko‘tariladi, avvalgi yo‘l bilan kesishadi va boldirda 
mahkamlanadi. 
Qattiq bog‘lamlar. Maxsus shinalar. Qattiq bog‘lamlar fiksatsiyalovchi va ekstensiyali 
turlariga bo‘linadi. 
Qattiq 
bog‘lamlar 
Turi
Fiksatsiyalovc
hi 
simli 
(narvonsimon 
to‘rsimon 
fanerli 
kartonli 
Ekstensiyali 
Diterixs 
shinasi 
Narvonsimon shina (Kramer shinasi) – rux bilan qorejagan va toblangan po‘lat 
simlardan tayyorlangan bo‘lib, narvon shakliga ega, 12x100 va 10x60 sm o‘lchamli turlari bor. 
Uni istalgan shaklgakeltirish mumkin, qo‘yish texnikasi ham juda sodda, shuning uchun ham uni 
qo‘l va oyoq jarohatlarida qo‘llash mumkin. To‘rsimon shina (Filbri shinasi) – yumshoq va 
ingichka simdan tayyorlangan bo‘lib, o‘lchami 12 x 100 sm, juda oson bukiladi va egiladi, 
istalgan shaklga keltirish mumkin, lekin u yetarli darajada qattiq emas va juda egiluvchan. 
Fanerli shinalar singan yoki chiqqan qo‘l va oyoqlarni immobilizatsiya qilishda yengillik bilan 
moslashadigan vositalar hisoblanadi. Diterixs shinasi qo‘l va oyoqlarni harakatsizlantirish bilan 
bir vaqtda ularni cho‘zish (ekstenziya) imkonini beradi. Ushbu shina son suyagi, tosson va tizza 
bo‘g‘imlari singanda qo‘llaniladi, to‘piq, boldir – oyoq panjasi bo‘g‘imi va panja 
jarohatlanganda qo‘llash man etiladi. Shina 4 qismdan iborat: 1) panjaosti qismi; 2) tashqi (katta 
o‘lcham); 3) ichki va 4) chilvirli tayoqcha buragich. Shinaning asosiy kamchiligi son va bolder 
sohasining orqa tomonidan mahkamlaydigan detali yo‘q, shuning uchun ham singan suyak 
bo‘lakchalarining orqaga siljishi kuzatilishi mumkin. 
Shinalarni qo‘yish qoidalari. 
1. Jarohatlangan sohaga qo‘shimcha ikki bo‘g‘imni (yuqorigi va pastki) qo‘shib 
ishonchli immobilizatsiya qilish, son va yelka singanda esa uchta bo‘g‘im harakatsizlantiriladi. 
2. Jarohatlangan sohaga to‘g‘ri fiziologik holat berish. 
3. Yopiq sinishlarda ushbu sohani o‘z o‘qi bo‘ylab biroz cho‘zib harakatsizlantirish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. 


4. Ochiq sinishlarda jarohatdan chiqib turgan suyak bo‘lakchalarini olib tashlash yoki 
joyiga qaytarib to‘g‘rilash man etiladi. 
5. Jarohatlangan shaxsning ustki va oyoq kiyimlarini yechish unga qo‘shimcha tan 
jarohati yetkazilishiga sabab bo‘lishi mumkin, shuning uchun, ayniqsa ochiq sinishlarda 
yechintirish maqsadga muvofiq emas. 
6. Ochiq sinishlarda immobilizatsiya qilishdan oldin jarohatga aseptic bog‘lam 
qo‘yiladi, ushbu soha jarohatdan oldin qanday holatda turgan bo‘lsa, xuddi shunday holatda 
harakatsizlantiriladi, bunda yordamchi ko‘maklashadi. 
7. Zarurati bo‘lmagan hollarda rezina jgut ishlatmaslik lozim. 
8. Shinalarni yalang‘och tanaga qo‘yish man etiladi. Shinaga oldindan mato o‘raladi 
yoki kiyim ustidan qo‘yiladi. Shina qirg‘oqlari terini shikastlamasligi kerak. 
9. Bo‘g‘imlar jarohatlanganda sohani cho‘zib harakatsiz-lantirish maqsadga muvofiq 
emas. 
10. Shifoxonaga olib borish vaqtida jarohatlanganni zambilga o‘tkazishda shikastlangan 
sohani avaylab amalga oshirish kerak. 
11. Shina jarohatlangan sohaga bint bilan mahkam o‘ralgan bo‘lishi lozim. Kramer 
shinasini qo‘l va oyoqlarga qo‘yish uch bosqichdan iborat: 
1-bosqich – tana qismining shakliga shinani moslashtirish. 
2-bosqich – shinaning ichki tomonini paxta bilan yopib, bint yordamida mahkamlash. 
3-bosqich – shinani joylashtirish va umumiy qabul qilingan bog‘lash usuli yordamida 
mahkamlash. Diterixs shinasini qo‘yish 7 bosqichdan iborat: 
1) shinaning panja ostki qismi oyoq panjasi ostiga «sakkizsimon» bog‘lam ko‘rinishida 
bintlar yordamida mahkamlanadi; 
2) tashqi qismi (uzun qismi) qo‘ltiq ostidan panja ostki qismining metall quloqchasi 
orqali o‘tkazilib, undan 8–10 sm ortiqcha uzunlikda qo‘yiladi; 
3) ichki qismi chot sohasidan panja ostki qismining metall quloqchasi orqali o‘tkazilgan 
holatda qo‘yiladi; 
4) boldir sohasining osilib qolmasligi uchun, qo‘shimcha ravishda Kramer shinasidan 
foydalanish tavsiya etiladi; 
5) suyaklarga tegib turgan joylarga paxtadan yoki porolondan qistirgichlar qo‘yiladi. 
6) sirkular yo‘nalishda bint yordamida shina boldir, son, qorin va ko‘krak qafasiga 
mahkamlanadi; 
7) tayoqchali buragich yordamida cho‘zish amalga oshiriladi. 


2. Yurak-o‘pka reanimatsiyasi (qayta jonlantirish) ni o‘tkazish qoidasi. 
Terminal holatlar. Terminal holat – bu hayot bilan o‘lim orasidagi chegaradir. U bir 
necha darajadan iborat: 
1. Predagoniya
2. Agoniya. 
3. O‘lim. 
O‘limning ham bir necha turi mavjud: 
Klinik o‘lim 
Sotsial o‘lim 
Biologik o‘lim 
Klinik o‘limning asosiy belgilari: 
Yurak urishdan to‘xtagan 
Nafas olish belgilari yo‘q 
Behushlik 
Klinik o‘lim o‘rtacha 4-6 minut davom etadi. Bu vaqt 1-2 minutgacha qisqarishi yoki 
10-15 minutgacha uzayishi mumkin. 
Klinik o‘limning qo‘shimcha belgilari: 
qorachiqning kengayishi 
Teri qoplamalarining oqarishi 
Reflekslarning yo‘qolishi 
Sotsial o‘limda bosh miya hujayralari o‘lishi, yurak-o‘pka faoliyati tiklanishi mumkin. 
Biologik o‘lim – orqaga qaytarib bo‘lmaydigan jarayondir. 
Belgilari: 
Yorug‘likka javob reaksiyasi yo‘q 
Qorachiq torayadi 
Nafas va puls yo‘q 
Murda dog‘lari paydo bo‘ladi 
Jarohatlangan va og‘ir shikastlangan bemorlarni birlamchi ko‘rikdan o‘tkazish uchun 
quyidagilar amalga oshiriladi: 


Д – jabrlanuvchi va yordamchini zararsizlantirish. 
Bunda voqea sodir bo‘lgan joyning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda harakat 
qilinadi. Agar qishning issiq kuni bo‘lsa, jabrlanuvchining nafas yo‘llarini bo‘shatish maqsadida
yoqasi bo‘shatiladi, ustki qalin kiyimlari yechib tashalnadi.
Р – es–hushini tekshirish (peshonaga bir qo‘limizni qo‘yib, 2- nchi qo‘limiz bilan
yelkasiga urib ko‘ramiz va biror narsa so‘raymiz). 
A – Nafasni tekshirish (ko‘raman, eshitaman, sezaman). 
Bunda ko‘zimiz bilan jabralnuvchining ko‘krak qafasi harakatlanayotganini 
ko‘ramiz. 
Bemorning burniga quloq tutib, nafas shovqinini eshitamiz. 
Qo‘limizni bemorning ko‘krak qafasi ustiga qo‘yib, bemorning nafas olayotgan 
yoki olmayotgani ni sezamiz. Sog‘lom odam 1 daqiqada 16-20 ta nafas oladi. 
B – Nafas yo‘llari ochiqligida (qo‘lni bo‘yin orqasidan o‘tkazib, o‘ng qo‘l bilan pastki 
jag‘ yuqoriga va orqaga tortiladi). Og‘izni yot narsalardan tozalab, yoshidan qat’iy nazar 2 marta 
sinov nafas beriladi. 
C– Bemorning tomir urishi (puls) ni tekshirish. Buning uchun jabrlanuvchining bilak va 
uyqu arteriyalaridagi tomir urishi tekshiriladi. Sog‘lom odamning tomiri 1 daqiqada 70-80 
tagacha uradi. 
Katta yoshlilarda yurak-o‘pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o‘tkazish 
Agar voqea sodir bo‘lgan joyda xavf-xatar bo‘lmasa, birlamchi ko‘zdan kechirish 
o‘tkaziladi. Jabrlanuvchining hushi joyidaligini aniqlash uchun, "Sizga yordam kerakmi?” deb
baland ovoz bilan so‘rab, chapak chalib, trapetsiyasimon muskuli siqish lozim. 
Jabrlanuvchi hushsiz bo‘lsa jabrlanuvchini asta orqasiga aylantiriladi (zarur bo‘lgan 
taqdirdagina). 
Nafas yo‘llarini ochib, nafas bor-yo‘qligi tekshiriladi. Buning uchun boshini orqaga 
egib, iyagi ko‘tariladi. Nafas bor-yo‘qligini aniqlash uchun 5 sekund davomida ko‘rish, eshitish 
va sezish nazoratidan foydalaniladi. 
Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa, jabrlanuvchini qattiq joyga orqasi bilan 
yotqizib, "Og‘izdan-og‘izga" ikki marta to‘la puflab, jabrlanuvchining burun kataklari qisiladi. 
Lablar bilan jabrlanuvchining og‘zini zich tutib, 2 marta to‘la puflanadi. Havo o‘pkasiga 
o‘tayotganiga
ishonch hosil qilish uchun ko‘krak qafasi ko‘tarilishi kuzatiladi.


12.11-rasm. Qo‘l kaftini to‘shga qo’yish. 
Tomir urayotgan-urmayotganligini tekshirish uchun 10 sekund davomida tomir 
urishi tekshiriladi. Yurakni yopiq massaj qilish uchun: 
• Barmoq bilan to‘shning quyi chekkasidagi chuqurchani topib, barmoq shu yerga 
qo‘yiladi. Jabrlanuvchining tovoniga yaqin bo‘lgan qo‘lni ishlatish zarur. 
• Boshqa qo‘lning kaftini jabrlanuvchining to‘shiga, barmoqlar turgan joydan 
yuqoriroqqa qo‘yiladi. 
• Barmoqlarni chuqurchadan olib, birinchi qo‘lning kaftini boshqa qo‘ldan yuqoriroqqa 
qo‘yiladi. 
• Barmoqni ko‘krak qafasiga tekizmaslik kerak. 
To‘shni 15 marta bosiladi. Bosishda qutqaruvchining yelkasi kaftlari ustida turishi 
lozim. To‘sh 4 sm dan 5 sm gacha chuqurlikda 10 sekund ichida taxminan 15 marta bosiladi (1 
minutda 80 dan 100 martagacha) bosiladi. Bir maromda, tikka, qo‘lni doimo to‘sh ustida tutgan 
holda bosish kerak. Muolajani o‘tkazayotganda tebratuvchi harakat qilmaslik lozim. Bu 
bosishning ta’sirini kamaytirib, kuchning bexuda sarflanishiga olib keladi. Navbatdagi bosishni 
boshlashdan oldin ko‘krak qafasi dastlabki holatiga qaytishiga yo‘l qo‘yib berish kerak. 
"Og‘izdan-og‘izga" 2 marta to‘la puflanadi. Buning uchun boshini orqaga egib, iyagini 
ko‘tarib, nafas yo‘llari ochiladi. Jabrlanuvchining burun kataklarini qisib, ikki marta to‘la 
puflanadi, har biri 1,5-2 sekund davom etishi kerak. havo o‘pkaga o‘tayotganiga ishonch hosil 
qilish uchun ko‘krak qafasi ko‘tarilayotgani kuzatiladi. 
To‘shni bosish va puflash siklini davom ettiriladi. Buning uchun 15 marta bosish va 2 
marta puflashdan iborat 3 sikl bajariladi. 
Bolada yurak-o‘pka faoliyatini tiklashni o‘tkazish 


Eng avvalo, hodisa sodir bo‘lgan joyda xavf-xatar yo‘qligiga ishonch hosil qilinadi va 
jabrlanuvchining hushi joyidaligini aniqlanadi. Nafas yo‘llarini ochib, nafas bor-yo‘qligi 
tekshiriladi. Bolaning boshini asta orqaga egib, iyagini ko‘tarib, nafas bor-yo‘qligini aniqlash 
uchun 5 sekund davomida ko‘rish, eshitish, sezish nazoratidan foydalaniladi. 
Bola nafas olmayotgan bo‘lsa, bolani qattiq joyga orqasi bilan yotqizing, bunda boshi 
va yuragi bir xil tekislikda bo‘lishi kerak. "Og‘izdan-og‘izga" ikki marta to‘la puflanadi. 
Bolaning burun kataklarini qisib, har biri 1,5-2 sekund davom etadigan qilib ikki marta to‘la 
puflanadi, havo o‘pkaga o‘tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko‘krak qafasi ko‘tarilishi 
kuzatiladi. 
a) b) 
12.12-rasm. Havo yuborish. 
Tomiri urayotgan-urmayotgani uyqu arteriyasidagi tomir urishidan tekshiriladi. Yurakni 
yopiq massaj qilish uchun qo‘lni to‘g‘ri qo‘yish lozim. Barmoq bilan to‘shning quyi 
chekkasidagi chuqurchani topib, boshqa qo‘l kaftini to‘shning barmoqlar turgan joyidan 
yuqoriroqqa qo‘yiladi.(10.11-rasm). 
To‘shni 5 marta bosiladi. Bosishda qutqaruvchining yelkasi kaftlari ustida turishi lozim. 
To‘sh 3 sm gacha chuqurlikda, 3 sekund ichida taxminan 5 marta bosilishi lozim. Bir maromda, 
tikka, qo‘lni doimo to‘sh ustida tutgan holda bosish kerak. Boshqa qo‘l bilan havo yo‘llari 
ochiqligini ta’minlash kerak. (12.12-rasm. a)).Bola nafas olmayotgan bo‘lsa, tez yordam 


kelgunicha yurak-o‘pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o‘tkazish davom ettiriladi. To‘shni 5 marta 
bosish va bir marta puflashdan iborat siklni bajariladi va tomir urishi tekshiriladi. 
Nafas olish to‘xtaganda birinchi yordam ko‘rsatish: kattalar va bolalarda sun’iy o‘pka 
ventilyatsiyasini o‘tkazish.
Sun’iy o‘pka ventilyatsiyasi jabrlanuvchining organizmini uning hayotini saqlab qolish 
uchun zarur bo‘lgan kislorod bilan ta’minlash maqsadida jabrlanuvchi o‘pkasiga havo 
puflashdan iborat. 
Sun’iy o‘pka ventilyatsiyasi nafas olmayotgan, biroq tomiri urib turgan 
jabrlanuvchilarda o‘tkaziladi. 
Agar hodisa sodir bo‘lgan joyda xavf-xatar bo‘lmasa, dastlabki tekshirish o‘tkaziladi. 
Jabrlanuvchining xushi joyidaligini aniqlash, "Sizga yordam kerakmi?" deb baland ovoz bilan 
so‘rash lozim.(12.13-rasm). 
12.13-rasm. Jabrlanuvchining xushi joyidaligini aniqlash. 
Jabrlanuvchi hushsiz bo‘lsa, jabrlanuvchini asta orqasiga aylantirib (zarur bo‘lgan 
taqdirdagina),
nafas yo‘llarini ochib (boshini orqaga egib, iyagini ko‘taring), boshini orqaga egib, 
iyagini ko‘tarib, bolalarda - peshonasiga asta bosib, iyagini ehtiyotkorlik bilan ko‘tariladi. 


12.14-rasm. "Og‘izdan-og‘izga" nafas berish. 
Nafas bor-yo‘qligini tekshirish uchun nafas bor-yo‘qligini aniqlash kerak. Buning 
uchun 5 sekund davomida ko‘rish, eshitish va sezish nazoratidan foydalanish lozim. Nafas 
olmayotgan bo‘lsa, "Og‘izdan-og‘izga" 2 marta to‘la puflanadi. (12.14-rasm). 
Tomiri urayotgan-urmayotganini tekshirish uchun kekirdakni paypaslab topib, 
bo‘yinning yonida joylashgan chuqurchaga barmoq surib boriladi. Tomir urishi 10 sekund 
davomida tekshiriladi. 
Sun’iy o‘pka ventilyatsiyasini o‘tkazish davom ettiriladi. Buning uchun boshni orqaga 
egib, iyagini ko‘tarish uslubi bilan nafas yo‘llarini havo o‘tadigan holatda tutib turiladi. 
Jabrlanuvchining burun kataklari qisiladi: 
• Kattalarda: har 5 sekundda 1 marta to‘la puflanadi. 
• Bolalarda: har 3 sekundda 1 marta to‘la puflanadi. 
• Go‘daklarda: har 3 sekundda 1 marta to‘la puflanadi. 
Havo o‘pkaga o‘tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko‘krak qafasi ko‘tarilishi 
kuzatiladi. Katta yoshli jabrlanganlarda: shu ishni 1 minut davom ettirib, bu vaqt ichida 12 marta 
puflanadi. Bolalarda: shu ishni 1 minut davom ettirib, bu vaqt ichida 20 marta puflanadi. 
Tomir urishi va nafasni bir necha minut oralatib tekshirib turiladi. Agar 
jabrlanuvchining tomiri urib turgan bo‘lsa-yu, avvalgidek nafas olmayotgan bo‘lsa, tez yordam 
yetib kelgunicha sun’iy o‘pka ventilyatsiyasi davom ettiriladi.
Agar jabrlanuvchining tomiri urmayotgan, o‘zi nafas olmayotgan bo‘lsa, yurak-o‘pka 
faoliyatini tiklash ishini (reanimatsiya)ni o‘tkazish boshlanadi. 
Jabrlanuvchining tomiri urayotgani va u nafas olayotgani sezilsa, jabrlanuvchini 
xushiga keltiruvchi holat (tiklanish holati)da yotqizib, nafas yo‘llarini havo o‘tadigan holatda 
tutib turiladi. Nafas olishini kuzatib turib, qattiq qon ketayotgani ma’lum bo‘lib qolsa, u 
to‘xtatiladi. 
Go‘daklarda yurak-o‘pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o‘tkazish 
12.15-rasm. Go’dakning nafas olishini aniqlash 
Bir yoshga yetmagan go‘dakda tomir urishini aniqlash juda murakkab. Shuning uchun, 
agar maxsus tayyorgarlik bo‘lmasa, nafasi to‘xtagan go‘dakning tomirini bir necha sekunddan 
ortiq tekshirish mumkin emas. Bo‘g‘ilishdan bo‘lak hodisalarda go‘daklarda, odatda, nafas 
to‘xtagach, tomir urishi ham to‘xtaydi. (12.15-rasm). Go‘dakning tomir urishi katta yoshlilarniki 


kabi uyqu arteriyasida emas, balki qo‘lning ichki tomonidagi, yelkasiga yaqin yelka arteriyasida 
tekshiriladi. 

12.16-rasm. Go’dakning hushini aniqlash. 
Go‘dakning qo‘lidagi yelka suyagiga, tirsagiga emas, balki qo‘ltiq chuqurchasi yaqiniga 
ikkita barmoqni qo‘yib, barmoqni qo‘lga yengil botirib, 5-10 sekund davomida tomir urishi 
tekshiriladi. 
Go‘dakning hushi o‘zidaligini aniqlash uchun go‘dakni baland ovoz bilan chaqirib, 
go‘dakning qo‘l-oyog‘ini bir oz chimchilanadi. 
Go‘dak behush bo‘lsa, go‘dakni orqasiga aylantirib, asta o‘zimiz tomon tortib, boshi va 
bo‘ynini ushlab turib aylantiriladi. (12.16-rasm). 
Nafas yo‘llarini ochib, nafas bor-yo‘qligi tekshiriladi. Buning uchun bolaning boshini 
bir oz orqaga egib, nafas bor-yo‘qligini aniqlab, ko‘rish, eshitish va sezish nazoratidan 5 sekund 
davomida foydalaniladi. 
Go‘dak nafas olmayotgan bo‘lsa, go‘dakni qattiq joyga orqasi bilan yotqizib, 2 marta 
sekin puflanadi.
Havo o‘pkaga o‘tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko‘krak qafasining ko‘tarilishi 
kuzatiladi. Tomir urishi yelka arteriyasida 10 sekund davomida tekshiriladi.(12.17-rasm). 
12.17-rasm. Go’dakning tomir urishini tekshirish. 
Xushdan ketish, kollaps va shokda birinchi yordam ko‘rsatish. Hushdan ketish to‘satdan 
qisqa vaqtga hushdan ketish bo‘lib, miyaning birdaniga qonsizlanishidan sodir bo‘ladi. Obmorok 
asab tizimi chidamsiz, zaif, astenik konstitutsiyaga ega kishilarda, charchash, og‘ir jismoniy yoki 


psixoemotsional zo‘riqishdan so‘ng, kuchli og‘riqlar natijasida, ayrim holda esa qo‘rqish 
natijasida ham kelib chiqadi. Hushdan ketishning kechishi miyada to‘satdan qon aylanishi 
yetishmovchiligi va uning ishemiyasi (qonsizlanishi)ga bog‘liq. Bu qorin bo‘shlig‘i qon 
tomirlarining kengayishi va qonning organizmda qayta taqsimlanishi tufayli yuz beradi. Bu 
jarayon boshlanishida bemor esnashi, yuz terisining oqarishi, peshonasidan sovuq ter ajralishi, 
nafas olishning tezlashishi kuzatiladi. Shundan so‘ng bemor hushini yo‘qotib yerga yiqiladi. 
Ba’zan obmorok yuqoridagi belgilarsiz ham ro‘y berishi mumkin (12.18-rasm). 
Birinchi yordam. Hushdan ketish nisbatan kam vaqt davom etishiga qaramasdan, 
hushdan ketgan kishiga, albatta, tezlik bilan birinchi yordam ko‘rsatish zarur. Birdaniga uning 
oyoqlarini tepaga ko‘tarish kerak, shunda miyada qon almashinuvi tiklanadi, toza havoga olib 
chiqish, boshini teparoq qilib orqasi bilan yotqizib qo‘yish lozim. Ko‘krak qismidagi tugmalarni 
bo‘shatish kerak, chunki bo‘yin va ko‘krak qisilib qolmasligi kerak. Ko‘pincha to‘g‘ri yordam 
ko‘rsatish natijasida hushdan ketish holati tezda o‘tib ketadi.
12.18-rasm. Hushdan ketganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish 
Shuningdek, oddiy usullar bilan ham tashqi qo‘zg‘alish ta’sirini o‘tkazish mumkin:
yuziga shapatlab urish; o‘tkir hidli moddalarni (ammiak), masalan, navshadil spirtini paxtaga 
tomizib hidlatish kerak. Agar behush kishi xirillab nafas ola boshlasa yoki nafas olishi umuman 
to‘xtasa, unda tili og‘iz orqasiga ketib qolmaganligini tekshirish lozim. Nafas olish va tomir 
urishi to‘xtasa, bu holat organik kasalliklari bo‘lganda (yurak porogi, yurak ritmi buzilganda, 
serebral-qon tomir yetishmovchiligida, miokard infarktida, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasida) 
tezda jonlantirish tadbirlarini hamda shifoxonaga joylashtirish choralarini o‘tkazish lozim. 
Kollaps yurak-tomir yetishmovchiligining nisbatan og‘ir ko‘rinishi hisoblanadi. Kollaps holatida 
tana harorati pasayadi, ter ajraladi, teri qoplamlari oqaradi, puls juda kuchsizlanib ipsimon 
bo‘ladi (terining marmar rangida bo‘lishi, siydik ajralishining kamayishi yoki to‘xtashi, miya 
gipoksiyasi paydo bo‘lishi).
Tez yordam ko‘rsatish tadbirlari: kollaps holatidagi bemor boshini pastga qaratib 
qo‘yish kerak; vena tomiriga asta-sekin quyidagi vazopressor vositalar yuboriladi: mezaton 1 % 
– 0,2–0,3 ml 0,9 % li natriy xlorid eritmasida; noradrenalin0,1 % – 1,0; poliglyukin, 


reopoliglyukin 400,0ml tomchilatib; prednizolon 60–90mg; puls kamayganda atropin 1 % – 1; 
zudlik bilan asosiy kasalligi bo‘yicha gospitalizatsiya qilish. 
Hushning yo‘qolishi – shunday holat bo‘lib, bunday shaxs harakatsiz yotadi, savollarga 
javob bermaydi, tashqi ta’sirlarni qabul qilmaydi. Bunday holat ko‘plab sabablar natijasida kelib 
chiqadi, lekin barcha hollarda sezgi markazi – bosh miya jarohatlanadi. Miyaning jarohatlanishi 
bevosita ta’sir natijasida – bosh jarohatlanishlarida qon qo‘yilishi, elektrdan shikastlanish, 
zaharlanishlar (shu jumladan, alkogolizm) natijasida yuzaga kelishi, shok, yurak kasalliklari, 
jigar yoki bo‘yrak yallig‘lanishida va sovuq urganda yuz berishi mumkin. Koma – hushni 
yo‘qotishning chuqur buzilishi bo‘lib, unda og‘riqqa nisbatan reaksiya yo‘qoladi. Komaning 
quyidagi turlari farqlanadi:
1) serebral koma – bunda quyidagi simptom kuzatiladi: oyoqqo‘llarda harakat va sezgi 
yo‘qligi, og‘izning jarohatlanmagan tomonga qiyshayishi (kasal «trubka chekayapti»), ko‘zning 
jarohatlangan tomonga qiyshayishi (kasal bosh miyadagi jarohatlangan o‘choqqa qarayapti), 
shikastlangan oyoq yoki qo‘llar ko‘tarib-tushirilganda krovatga og‘irlik bilan tushadi. 
Apopleksik zarbalar ko‘pincha 45–60 yoshdagilarda kutilmaganda sodir bo‘ladi. 
Bunday bemorlarning yuzlari qizil rangda bo‘lib, bungacha ular ko‘pincha arterial qon 
bosimining oshishidan qiynalib yuradilar.
Birinchi yordam: to‘liq tinchlikni ta’minlash; boshga sovuq qo‘yish (muzli grelka); tez 
yordam mashinasini chaqirish; ixtisoslashgan kasalxonaga gospitalizatsiya qilish. 
Shok – ingliz tilidan «zarba» deb tarjima qilinadi. Bundan 200 yil muqaddam kuchli 
jarohatlovchi ta’siridan kelib chiquvchi holatga shunday nom berilgan. Shok o‘zida ko‘plab 
simptomlarni mujassamlashtiradi, bu belgilar bemor yoki shikastlangan shaxs holatining 
og‘irligini ko‘rsatadi. Shokning bir necha turlari farqlanadi. Amaliyotda ko‘proq 
uchraydiganlari: travmatik; kardiogen; anafilaktik; kuyish shoki; infeksion – allergik;
gemorragik; elektr shoki. 
Travmatik shok turli a’zolar va tana qismlarining shikastlanishi tufayli sodir bo‘ladi. 
Travmatik shok rivojlanishiga olib keluvchi asosiy omillar: og‘riq; qon yo‘qotish; 
shikastlangan to‘qimaning parchalanish mahsulotlari bilan organizmning zaharlanishi. 
Klinikasi: travmatik shokning kechishida 2 davr farqlanadi: erektil (qo‘zg‘alish); torpid 
(tormozlanish). 
Erektil davr travmadan so‘ng birdaniga boshlanib, hushning saqlanishi, harakat va nutq 
qo‘zg‘alishlari, o‘ziga va atrofdagilar holatiga tanqidiy qarashlarning yo‘qligi bilan tavsiflanadi. 
Terisi oqargan, ko‘z qorachiqlari yorug‘lik ta’sirida yaxshi kengaygan, qon bosimi normada 
bo‘lib, tomir urishi biroz tezlashgan. Bu davr o‘rtacha 10–20 minut davom etadi. Shundan so‘ng 
torpid davr boshlanadi, bunda qon bosimi birdan keskin pasayadi, sovuq ter bosadi, tana harorati 
pasayadi, yaqqol tormozlanish rivojlanadi va o‘lim yuz berishi mumkin.
Birinchi yordam: nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklash; qon ketishini to‘xtatish; 
chiqishlarda immobilizatsiya qilish; og‘riqsizlantirishni o‘tkazish; jarohatlangan kishini eng 
yaqin tibbiyot muassasasiga tezda va ehtiyot qilgan holda olib borish kerak. Kuyish shoki 


jarohatlangan kishi tanasining 15–20 % qismi kuyganda kuzatiladi. Klinikasi ikki bosqichda 
kechadi: 
1) qo‘zg‘alish bosqichida kuchli og‘riq, harakat bezovtaligi, ter bosishi, qaltirash; 
2) 6–12 soatdan keyin kuygan kishi og‘riqni sezmaydi, sovuq ter bosishi kuzatiladi, 
«qahva quyqasi» ko‘rinishida qusishi mumkin, qon bosimi keskin pasayadi, tomir urishi 
tezlashadi, umumiy tormozlanish kuzatiladi. 
Tez yordam: kuyish manbasini o‘chirish; kuyishning aniq vaqtini aniqlash; «kaft» 
qoidasi bo‘yicha tananing qancha qismi jarohat-langanini aniqlash; og‘riqsizlantirishni 
o‘tkazish; vena ichiga suyuqliklar yuborish; tezkor va ehtiyotkorlik bilan jarrohlik-kuyish 
bo‘limiga gospitalizatsiya qilish. Tashishda jarohatlanmagan tomon bilan yotqizish kerak. 
Gemorragik shok asosida o‘tkir qon yo‘qotish yotadi (masalan, bachadondan 
tashqaridagi homiladorlikda). Qon yo‘qotishga puls tezlashishi, arterial qon bosimining 
pasayishi, teri va shilliq qavatlarning rangi oqarishi, ong tormozlanishi, hushning buzilishi 
qo‘shiladi. Arterial qon bosimining 75 mm simob ustinidan pasayib ketishi chegara holat 
hisoblanadi. Aylanib yurgan qon hajmining tezda kamayishi 30 % ga yetsa, yurak to‘xtashidan 
o‘lim yuz beradi. Elektr shoki tok urganidan so‘ng 2–3 soat mobaynida hayot uchun muhim 
sanalgan uzunchoq miyadagi nafas markazining falaji evaziga sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham, 
elektr shikastlari qay darajada bo‘lishidan qat’i nazar, bunday bemorlar shifoxonaga 
yotqizilishlari shartdir. 
Ekstremal holatlar (klinik o‘lim)da yordam ko‘rsatish. 
Tanglik (terminal) holat – inson hayotidagi, sog‘lig‘iga xavf soluvchi, butun bir a’zolar 
majmuasidagi, nafas olish, qon aylanish doiralaridagi keskin o‘zgarish va moddalar 
almashinuvining buzilishidir. Qon aylanish doirasining, nafas olish va yurak urishining to‘xtashi 
klinik o‘lim nomi bilan tavsiflanadi. Tanglik holatining turlari: agoniya oldi; agoniya; klinik 
o‘lim. 
Agoniya oldi holati umumiy karaxtlik, hushni yo‘qotish, qon bosimining tushib ketishi, 
tomir urishining uyqu va son arteriyalaridan tashqari boshqa tomirlarda aniqlanmasligi, nafas 
buzilishlari yuzaki nafas bilan cheklanib, teri va shilliq pardalarining ko‘karib oqarishi kabilar 
bilan ifodalanadi. 
Agoniya holatidagi bemorlar hushida bo‘lmay, periferik tomirlarda tomir urishi 
aniqlanmaydi, uyqu va son arteriyalarida puls juda qiyinchilik bilan aniqlanadi, ko‘z qorachig‘i 
yorug‘likka javob bermaydi. Auskultatsiya vaqtida yurak tonlari keskin bo‘g‘iq eshitiladi. 
Klinik o‘lim bosh miya, qon aylanish doirasi va nafas a’zolari faoliyatining butkul 
to‘xtashi bilan ifodalanadi. Yurak urishi va nafas olishning to‘xtashi bilan umumiy moddalar 
almashinuvi susayib, ular butkul o‘z faoliyatini tamomlamaydi. Shu sababli klinik o‘lim 
tiklanuvchi holat hisoblanib, bosh miyaning tiklanishishiga hali fursat borligidan dalolat beradi. 
Biologik o‘lim – yuqoridagi najot beruvchi holatning butkul to‘xtaganligidan dalolat 
beradi. Biologik o‘limni tavsiflovchi asosiy belgilaridan bo‘lgan murda dog‘lari va 
muskullarning taxtasimon zichlashishini kuzatish mumkin. O‘limning oxirgi bosqichida 


uchlamchi belgilar paydo bo‘ladi. Bular yurak urishining to‘xtashi, nafas va hushning butkul 
yo‘qolishidir. Bu holatlarning qay darajada rivojlanishiga qaramasdan, tiklovchi reanimatsion 
muolajalar davomiyligini to‘xtatish qonunga mutlaq ziddir. Yurakning to‘xtash holatlarini ikkita 
sababga bog‘lash mumkin: kardiogen (yurakka bog‘liq) sabablar; yurakka bog‘liq bo‘lmagan 
sabablar. 
Kardiogen (yurakka bog‘liq) – miokard infarkti, yurak ritmining buzilishi, yurakning 
tashqaridan qisilishi, yurak tomirlarining emboliyasi. Ikkinchi guruh sabablariga yurakdan 
tashqari bo‘lgan a’zolardagi o‘zgarishlar, ya’ni nafas olishning buzilishi, umumiy moddalar 
almashinuvi va neyro-endokrin tizimidagi buzilishlar kiradi. Kutilmaganda sodir bo‘ladigan 
o‘lim holatlarida hayotga qayta tiklanuvchi holatlarning davomiyligini 3–5 daqiqaga teng deb 
bilishadi. Bundan keyingina hayot tiklanmas hisoblanadi. Nafas olishning butkul to‘xtaganligi 
tashxisi visual (ko‘z bilan) kuzatishlar natijasida qo‘yiladi. Nafas yo‘llarining butkul yopilganligi 
(obturatsiya) asosida qisman obturatsiya natijasida miyada sodir bo‘ladigan kislorod 
yetishmovchiligi bilan ifodalanadi. Nafas yetishmovchiligini tiklash chora-tadbirlari 
quyidagilardan iborat: avval bemorga maxsus holat berilib, bosh qismini ensasiga qo‘yib, og‘iz-
burun yoki og‘iz-og‘iz usulida sun’iy nafas berish orqali bajariladi, agarda bu tadbirlar yordam 
bermasa, u holda o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi choralari qo‘llaniladi. 
3. Tomirlardan qon ketishi, turlari, vaqtincha to‘xtatish usullari 
Qon aylanish doirasi tomirlaridan to‘qimalarga, tashqi muhitga yoki biror bo‘shliqqa 
qonning chiqishiga qon ketishi deyiladi. Bemorlar hayotiga katta xavf tug‘diruvchi holatlar 
asosan ko‘p miqdorda qon yo‘qotilganda paydo bo‘ladi, ya’ni bu hol qon aylanish doirasida 
umumiy qon hajmining keskin kamayib ketishi va to‘qimalarning kislorod bilan ta’minlanishi 
buzilishi tufayli kelib chiqadi.
Arterial qon tomirlarida sistolik bosim 70 mm simob ustunidan pastga tushganda hayot 
uchun xavfli holat yuzaga keladi. Kattalarda tana vazniga qarab 4–5 l ga yaqin qon bo‘ladi. 
Shundan 60 % ga yaqini qon tomirlarida va 40 % esa depo a’zolarda (jigar, taloq, suyak iligi 
sohasida) bo‘ladi. Ba’zan katta bosimda va yuqori tezlikda qon ketganda (400–600 ml), 
yo‘qotilgan qon hajmi unchalik ko‘p bo‘lmasa-da, o‘lim holati yuz berishi mumkin. Chunki 
bunday qon ketishi vaqtida yurakka borayotgan qon hajmining keskin kamayib ketishi sababli, 
tomirlarda aylanayotgan qon hajmi, shu qon aylanish doirasi hajmiga to‘g‘ri kelmaydi. Qon 
ketishining hajmi va tezligi jarohatlangan tomirning katta-kichikligiga, jarohatning yuza yoki 
chuqur kesilganligiga hamda ezilib ketganligiga ham bog‘liq bo‘ladi. 
Qon ketishining turlari. Qon ketishining bir nechta amaliy ahamiyatga molik turlari 
farqlanadi. 
1. Anatomik, ya’ni a’zo turlariga qarab arterial, venoz, kapillar va aralash qon 
ketishlarga bo‘linadi. Arterial qon ketishda qon och qizil rangda bo‘lib, katta bosim ostida, 
favvora ko‘rinishida otilib chiqadi. Arterial tomirlar jarohatlanganda, ularning o‘lchamiga 
bog‘liq bo‘lmagan holda, qisqa vaqt ichida organizmda kamqonlik yuz berib, o‘limga sabab 
bo‘lishi mumkin. Vena tomirlaridan ketayotgan qon to‘q qizil rangda bo‘lib, bir maromda va 
sekin, «buloq» ko‘rinishida oqish xususiyatiga ega. Katta venalar jarohati tufayli qon ketishi yuz 
bersa, inson hayoti uchun katta xavf tug‘ilishi mumkin. Kapillarlardan qon ketganda, jarohatning 
butun yuzasi bo‘ylab kam miqdorda, bir maromda, tomchi ko‘rinishida qon sizib chiqadi. 


Ko‘pincha kapillarlardan ketayotgan qon o‘z-o‘zidan to‘xtaydi. Parenximatoz (g‘ovak) a’zolar 
(jigar, taloq, o‘pka) jarohatlanganda qon ketishi juda xavfli kechadi, ulardagi tomirlarning o‘z 
holicha yopilmasligi sababli, qon ketishi to‘xtamaydi va tez kamqonlik holatlari kelib chiqadi. 
2. Qon ketishining tashqi, ichki va yashirin klinik turlari farqlanadi. Qon ketishining 
tashqi turida qon tomir devorining jarohati tufayli ketayotgan qon tashqariga oqadi. unday 
hollarda jarohatlangan shaxsning o‘zi yoki yordam beruvchilar hech qanday qiyinchiliksiz uni 
aniqlashlari mumkin. Ichki qon ketish jarayoni nisbatan murakkab kechib, ketayotgan qon biror 
bir a’zo qobiqlarida to‘rejagan tarzda yoki qorin va ko‘krak qafasi bo‘shliqlariga ketishi 
mumkin. Ichki qon ketayotganligini, faqat o‘tkir kamqonlik ko‘rsatkichlari va ikkilamchi 
asoratlar boshlangandagina aniqlash mumkin. Ichi bo‘sh a’zolardan qon ketishida mahalliy va 
umumiy o‘zgarishlar, ya’ni qon ma’lum vaqt mobaynida tashqariga chiqishi va rangi o‘zgarib 
ketishi kuzatiladi. Masalan, oshqozonidan qon ketayotgan bemorlarda qayt qilish kuzatiladi, 
chiqayotgan qon esa qahva qoldiqlari rangida bo‘ladi. Ichki qon ketish surunkali ravishda 
kechib, asosan a’zolarda o‘tkir kamqonlikni keltirib chiqaradi va maxsus qon tahlillari 
ko‘rsatkichisiz tashxis qo‘yish juda qiyin bo‘ladi. 
3. O‘tkir yoki surunkali qon ketishi haqidagi tushunchalar faqat qon ketishining tezligi 
va yo‘qotilgan hajmiga nisbatan aytiladi. Inson hayotidagi eng xavfli qon ketishi o‘tkir qon 
ketishidir. Qisqa vaqt ichida yo‘qotilgan katta miqdordagi qon yetishmovchiligiga inson 
organizmi tez moslasha olmaydi, natijada o‘lim hollari nisbatan ko‘p uchraydi. Surunkali qon 
ketishda esa kamqonlik sekinlik bilan rivojlanadi, natijada inson organizmi bu yangi holatga 
asta-sekin moslashib oladi. Sekinlik bilan kechadigan katta hajmdagi qon ketishidan qisqa fursat 
oralig‘ida kechadigan o‘tkir, kam miqdordagi qon ketish xavfliroqdir. O‘tkir qon ketishda 
gemoglobin miqdorining 30 % gacha kamayishi katta xavf uyg‘otadi. Shunga qaramasdan, 
surunkali ravishda gemoglobin miqdorining 75–80 % ni yo‘qotgan bemorlarning umumiy ahvoli 
nisbatan qoniqarli bo‘lishi mumkin. 
Tashqi qon ketishi. Qon tomirlari jarohatlanib, qon teri ustki qatlamiga chiqqan holatlar 
tashqi qon ketishini keltirib chiqaradi. Bir oz kesib olgandagi kabi ozgina qon oqishi, qonning 
ivishiga qarab, 10 minut ichida o‘z-o‘zidan to‘xtaydi. Lekin yirik qon tomirlari jarohatlanib, qon 
tez oqib chiqib, ivishga ulgurmagan hollarda qon oqishi, ayniqsa, kattalarga qaraganda kamroq 
qonga ega bo‘lgan bolalar va go‘daklar hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkin. 
Qon ketishining jadalligi qon tomirning jarohatlanish turiga bog‘liq.
Arterial qon oqishi belgilari: 
• qon tez va ko‘p oqadi; 
• tananing jarohatlangan qismida qattiq og‘riq seziladi; 
• behollik; 
• qon och qizil rangda bo‘lishi (kislorod konsentratsiyasi yuqoriligi); 
• qon nisbatan kuchli bosim ostida oqadi; 
• qon, odatda, jarohatdan favvoradek otilib chiqadi. 


Arterial qon ketishini to‘xtatish ancha qiyin. 
Venoz qon ketishi belgilari: 
• qon jarohatdan favvoradek otilmay, bir tekis oqib chiqishi; 
• qon to‘q qizil yoki jigar rang bo‘ladi (kislorod konsentratsiyasi kamligi hisobiga).
Tashqi qon ketishida birinchi yordam ko‘rsatish: 
Jarohat siqiladi; 
• Shikastlangan qo‘l yoki oyoqni balandroq ko‘tariladi; 
• Jabrlanuvchini orqasi bilan yotqiziladi; 
• Bosib turuvchi bog‘lam qo‘yiladi; 
• Shokka qarshi chora qo‘llaniladi. 
Arterial qon ketishida arteriyani barmoq bilan bosish uslubi arterial qon ketishini 
to‘xtatishning bir usulidir. Uni jarohatni bevosita bosish bilan birga qo‘llaniladi. Bu usulda 
birinchi yordam ko‘rsatayotgan odam o‘z qo‘li bilan arteriyani shikastlangan joydan 
yuqoriroqdan bosadi. Arteriyaning barmoq bilan bosiladigan nuqtalari ko‘p, lekin ikki asosiy: 
yelka va son arteriyalarini eslab qolish kerak. Bu ishni kamida o‘n minut davomida qilish zarur. 
Buning asosiy kamchiligi shundaki, yordam ko‘rsatayotgan odam bu vaqt ichida boshqa ish qila 
olmaydi.
Qo‘l-oyoqdagi nazorat qilib bo‘lmaydigan qon ketishida bog‘lam (jgut) qo‘yish 
arterial qon ketishini to‘la to‘xtatishning samarali usulidir. Quyida bog‘lam qo‘yish qoidalari 
keltirilgan: 
bog‘lam jarohatlangan joydan taxminan 5 sm yuqori qo‘yilishi kerak; 
shikastlangan qo‘l yoki oyoq bilan bog‘lam orasiga qatlam qo‘yiladi; 
bog‘lam sifatida bir necha bor taxlangan uchburchak bog‘ichga o‘xshash gazlamadan 
foydalanish mumkin, u qo‘l yoki oyoq atrofiga ikki marta o‘raladi. Arqon yoki chilvirdan 
foydalanish mumkin emas, chunki ular quyida joylashgan to‘qimani zararlantirishi mumkin. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin