Ао nuqtani О markazi atrofida aylantirib Аоni АОradiusining davomi bilan kesushguncha buramiz (17-rasm,а).
17-rasm
C nuqtaning aylantirilgandan keying vaziyatini qo`yidagicha topamiz-Cnuqta orqali B1 (gorizantalning gorizantal proeksiyasi)ga perpendikulyar o`tkazamiz va Anuqtadan 1nuqta orqali to`g`ri chiziq o`tkazib oldin o`tkazilgan gorizantal chiziqqa perpendikulyar bilan kesushguncha davom ettiramiz. Ushbu kesishish nuqtasi C nuqtaning yangi vaziyati C1ni hosil qiladi (17a-rasm). SАВС piramida asosining haqiqiy kattaligi АВС(А1В1С1) buladi. (Вnuqtaning vaziyati o`zgarmaydi, sababi B nuqta orqali gorizantal o`tkazilgan edi). Masalaning oxirgi yechimi 17b-rasmda keltirilgan.
2-masala. Geometrik figuralarni proeksiyalar tekisliklariga perpendikulyar bo`lgan o`q atrofida aylantirish qoidalariga rioya qilgan holda ikkita amalni bajaramiz:
1. АВС tekislikni proeksiya tekisligiga (V) proeksiyalovchi (perpendikulyar) vaziyatga keltiramiz. Bunday frontal-proeksiyalovchi tekislik hosil qilish uchun В1 gorizantal chizig`i tekisligining barcha nuqtalar tizimi bilan ko`chirilib (АВСuchburchak tekisligi) frontal proeksiya tekisligiga perpendikulyar vaziyatga keltiriladi.
Uchburchak tekisligi uning aylantirish o`qi perpendikulyar bo`lgan proeksiya tekisligiga (V) proeksiyalanganda tekislikni kattaligi o`zgarmaydi, formasi ham o`zgarmasdan faqat tekislikning proeksiya o`qlariga nisbatan vaziyati o`zgaradi.
Uchburchak nuqtalari frontal tekislikka to`g`ri chiziq bo`lib proeksiyalanadi.
2. S nuqtadan berilgan tekislikkacha bo`lgan masofani toppish. Ushbu kattalik S nuqtadan yangi hosil qilingan А1В1С1 frontal proeksiyalovchi tekislikka tushirilgan perpendikulyar to`g`ri chiziq kesmasi kattaligiga teng.