S uchidan ∆ABC asos tekisligigacha bo`lgan masofani aniqlash;
AB qirrasidagi ikki yoqli burchakning haqiqiy kattaligini aniqlash;
Ishning maqsadi: Epyurni qayta qurishga doir talablar bilim va kunikmalarini mustahkamlash.
Ishning tarkibi: SABC piramida uchlari koordinatalari orqali berilgan. To`g`ri burchakli proeksiyalash orqali qo`yidagi masalalar yechilsin.
1-masala. Tekislikning bosh chiziqlari atrofida aylantirish usulidan foydalanib piramida asosi ABC ning haqiqiy kattaligi topilsin.
2-masala. Tekis-parallel kuchirish usulidan foydalanib piramida uchi Sdan uning ABC asosigacha bo`lgan masofa aniqlansin.
3-masala. Proeksiya tekisliklarini almashtirish usuli yordamida piramidaning AB qirrasi hosil qilgan ikki yoqli burchakli haqiqiy kattaligi yasalsin, ikki yoqli burchak piramida qirrasi va asosi orasida hosil bo`ladi.
Ishni bajarish tartibi 1-masala. Ushbu masalani echish uchun A3 formatining chap qismida koordinata o`qlari belgilab olinib va o`z variantiga ta`luqli bo`lgan koordinatalar 2-jadvaldan tanlab olinadi (ilovaga qaralsin).
ABC tekisligining biror-bir bosh chizig`ini tanlab (masalan: B1gorizantal bosh chizig`i) va bu chiziq aylantirish o`qi etib qabul qilinadi, tekislik tanlangan o`q atrofida shunday aylantiriladiki, to gorizantal (H) tekislikka parallel holatga kelguncha. Ushbu vaziatda tekislikning gorizantal proeksiyasi uning haqiqiy kattaligigig tenglashadi. Aylantirish jarayonida tekislikning A,B,C nuqtalarning har biri aylantirish o`qiga perpendikulyar bo`lgan gorizantal proeksiyalovchi bo`lgan tekisliklarda bir vaziatdan ikkinchi vaziatga ko`chadi. Aylantirish radiusining haqiqiy kattaligi to`g`ri burchakli uchburchaklar usulidan foydalanib topiladi. Haqiqiy kattalik sifatida hosil qilingan ABC figuraning tomonlari qizil rangdagi pasta bilan chizib qo`yiladi. Barcha qolgan yordamchi yasovchi chiziqlar chizmada qoldirilib, ingichka chiziqlar yordamida ko`rsatiladi.
Misol: А(45,5,50); В(5,50,10); С(70,20,0). Masalani echish algoritmi: ABC nuqtalarni bir xil ismli proeksiyalarini o`zaro tutashtirish yordamida piramida aosis proeksiyalarini qurib olamiz (АВС, АВС). Asos tekisligining B uchi orqali tekislik gorizantalini qurib olamiz (В1, В1) (15-rasm).
15-rasm
1-masala aylantirish usuli yordamida yechilishini inobatga olib dastlab aylantirish markazi va aylantirish radiusini qurish talab qilinadi. Aylantirish markazi О(О, О), toppish uchun asos ABC uchburchakning A uchida В1 (В1-gorizantalning gorizantal proeksiyasi)ga perpendikulyar tushuramiz va О(О, О) nuqtaning proeksiyalarini topamiz. A0 aylantirish radiusi haqiqiy kattaligini (ОАо-radiusining haqiqiy kattaligi) to`g`ri burchakli uchburchak usulidan foydalanib topamiz (16-rasm).