O‘pkaga sun'iy nafas uzatish bu – tabiiy nafas olishni tiklash maqsadida inson nafas olish yo‘llariga havo (yoki kislorod) yuborishdir. Bunda elementar reanimatsion chora-tadbirlar o‘tkaziladi. Sun'iy nafas berishni talab qiluvchi holatlar: Mashina avariyasi; Suvda yuz bergan baxsiz holatlar; Tok urishi va boshqalar. Sun'iy nafas berishning turli xil usullari mavjud. Mutaxassis bo‘lmagan kishilar birinchi yordam ko‘rsatayotganda “og‘izdan-og‘izga” va “og‘izdan-burunga” berilgan nafas eng samarali sanaladi.Agarda tekshirish chog‘ida jabrlanuvchining nafas olmayotganini sezib qolsangiz, zudlik bilan unga sun'iy nafas berish kerak. “Og‘izdan-og‘izga sun'iy nafas berish” 1. Yuqori nafas olish yo‘llarining o‘tuvchanligini ta'minlab bering. Jabrlanuvchi boshini yon tomonga o‘girib, uning og‘zini shilimshiq, qon va boshqa yod narsalardan tozalang. Uning burun yo‘lini tekshiring, zarur bo‘lsa, uni ham tozalang. 2. Boshni orqaga tashlab, bo‘ynini ushlab turing. Agarda jabrlanuvchining umurtqasi shikastlangan bo‘lsa, uning holatini o‘zgartirmang! 3. Bosh va ko‘rsatgich barmoqlaringiz bilan jabrlanuvchi burnini qising. Chuqur nafas olib, jabrlanuvchi og‘ziga labingizni zich qo‘yib, uning o‘pkasiga puflang. Dastlabki 5-10 ta nafas tez berilishi kerak (20-30 soniyada), keyingi 12-15 tasi minut davomida beriladi. 4. Jabrlanuvchi ko‘krak qafasi harakatlanishiga e'tibor bering. Agar nafas berayotgan paytingiz uning ko‘krak qafasi ko‘tarilayotgan bo‘lsa, demak siz hammasini to‘g‘ri bajaryapsiz.
Yurakni yopiq massaj qilish Agar jabrlanuvchining nafas olish bilan birga tomir urushi ham yo‘q bo‘lsa yurak yopiq massaj qilinadi. Yurakni yopiq massaj qilish yoki ko‘krak qafasi kompressiyasi – bu yurak to‘xtab qolgan dam qon aylanishini saqlab turish maqsadida yurak muskullarini umurtqa va ko‘krak qisish. Bu ham elementar yurak faoliyatini tiklash tadbirlariga kiradi.