-qubba, o’q qoplag‘ich tangachalar, uning qultug‘ida urug‘ tangachalar, ustki tomonida ikktadan urug‘kurtak shakilanadi
-kubbalar etilishi vaqtida yog‘ochlashadi
-sparofil tangachasimon
Savrdoshlar oilasini (kenja oilalari)
№
Oilachalar
Sistematik belgilar
1
Sarvidoshkabilar
Bargi suprotif, etilgan qubba yog‘ochlashgan bo’ladi. Balanligi 30-40m bo’ladi daraxt yoki buta o’simligi. (Cupressus sempervirens).
2
Archadoshkabilar
Qubbasi etilganda “Qubba” meva xosil qiladi bargi yashil tangachasimon yoki ignasimon, suprotiv yoki mutovka shaklida joylashgan. Urug‘i yong‘oqchasimon. (Juniperus turkestanica, J. seravshanica, J. semiglobosa).
3
Tuyadoshkabilar
Bargi ochiq yashil- tangachasimon bir uylik. Daraxt yoki buta, shoxchalari ikki tomondan siqilgan yassi bargli. (Thuia, Biota).
Taxodium distichum Sporafillar va mikrosporangiylar Tissa mikrostrobillarida.
GLOSSARIY Sinangii – ( gr. sin-birgalikda+ angeyon-nay)-bir-birlari Bilan ioshilib ketgan sporangiylar gruppasi.
Sekvoya– nomi xind podshosi Sekvoya nomidan olingan.
Qubba - ochiq urug‘li o’simliklarning urchish organi.
Onalik (urg‘ochi) qubba - ochiq urug‘li o’simliklarning faqat urug‘chi barglaridan (makrosporofillardan) iborat organi.
Megasporofill- (megaspora+ gr. fillon - barg)- megasporangiy taraqqiy etadigan shakli o’zgargan barg, urug‘li o’simliklarda tuguncha xosil qiluvchi urug‘chi barg.
5-mavzu
Magnoliyatoifa o’simliklar yoki Gulli yoki yopiq urug`li o’simliklar (Magholio Phyta, Anqiospermae yoki Anthophyta). bo’limi
5.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli
Mashg‘ulot vaqti-2 soat
Talabalar soni: 20 – 60 gacha
Mashg‘ulot shakli
Vizual ma’ruza
Ma’ruza rejasi
1.Magnoliyafitlar bo’limining o’ziga xos xususiyatlari
2.Gulli o’simliklarning kelib chiqishi xaqidagi nazariyalar.
3.Magnoliyatoifalar bo’limi klassifikatsiyasi.
4.Magnoliyadoshlar oilasining sistematik belgilari, tarqalishi va ko’payishi, asosiy vakillari.
5. Ayiqtovondoshlar oilasining sistematik belgilari. 6. Asosiy turkum vakillari, tarqalishi va ko’payishi.
O’quv mashg‘ulotining maqsadi: Magnoliyatoifa yoki yopiq urug‘li o’simliklar bo’limi xaqida umumiy tushuncha, klassifikatsiyasi. Magnoliyadoshlar va ayiqtovondoshlar oilasining sistematik beligilar bilan tanishish. Asosiy vakillarining tuzulishi va tarqalishi xaqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish.
Pedagogik vazifalar:
-Magnoliyafitlar bo’limining o’ziga xos xususiyatlari xaqida ma’lumot berish.
-Gulli o’simliklarning kelib chiqishi xaqidagi nazariyalarni taxlil qilish.
-Magnoliyatoifalar bo’limining sinf va kenja sinflarga bo’linishi.
-Magnoliyadoshlar oilasining sistematik belgilari, tarqalishi va ko’payishi xaqida axborot berish.
-Ayiqtovondoshlar oilasining sistematik belgilari xususida axborot berish.
-Asosiy turkum vakillari, tarqalishi va ko’payishini tushuntirish.
O’quv faoliyati natijalari:
Talaba:
-Magnoliyafitlar bo’limi xaqida o’z fikrini ifodalaydi.
-Gulli o’simliklarning kelib chiqishi xaqidagi keng qullaniladigan nazariyalarni taxlil qiladi.
-Magnoliyatoifalar bo’limining magnoliyasimonlar (ikki urug‘ pallalilar) va lolasimonlar (bir urug‘ pallalilar) sinflari bo’yicha ma’lumotlar beradi.
-Magnoliyadoshlar oilasining sistematik belgilari, tarqalishi va ko’payishi, asosiy vakillari xaqida o’z fikrini ifodalaydi.
-Ayiqtovondoshlar oilasining sistematik belgilari xaqida izoh beradi.
-Oilaning O’zbekiston xududida tarqalgan turkum vakillari, tarqalishi axamiyati xaqida tushunchalarga ega bo’ladi.
O’qitish uslubi va texnikasi
Ko’rgazmali ma’ruza, suhbat, bayon qilish, aqliy hujum, blis so’rov
O’qitish shakli
Ommaviy, jamoaviy
O’qitish vositalari
O’quv qo’llanma, proektor, grafik organayzerlar, doska
O’qitish shart-sharoiti
Hamkorlikda ishlash va taqdimotlarni amalga oshirish imkoniga ega bo’lgan auditoriya.