1-ilova Blis-so’rov savollari. 1. Ko’knordoshlar oilasi qanday o’ziga xos belgilaga ega?
2.Oilaning axamiyatga ega bo’lgan qanday vakillarini bilasiz?
3. Oilaning yovvoyi xolda o’suvchi vakillarining tarqalishi va tuzilishi qanday?
4.Ra’nodoshlar oilasining sistematik belgilari va tarqalishi xaqidagi ma’lumotlarni yoritib beradi.
5.O’zbekiston iqtisodiyotida mevachilikda oyla vakillarining salmog‘i qanday?
2-ilova
Ko’knoridoshlar (Papaveraceae) Bu oila 700 ga yaqin turga ega. Ular asosan o’t o’simliklar bo’lib, gullari aktinomorf yoki zigomorf, yakka yoki shingilsimon to’pgulga to’plangan *Sa2So2+2A G2 (ko’knori, lolaqizg‘aldoq va boshqa). Mevasi ko’sak yoki yongoqcha. Bu oilaning o’ziga xos bo’lgan xususiyati bo’ o’simliklarda sut naychalari yoki sut bezchali hujayralari va alьkaloidlar bo’lishidir.
Bu oilaning tipik vakillari dan biri ko’knoridir (Popaver). Ba’zi turlari madaniylashtirilgan bo’lib, qimmatbaho, shifobaxsh o’simlik sifatida ekilib kelinmoqda. Yovvoyi turi ma’lum emas, ko’p navlarga ega bo’lib, ishlatilishiga asosan ikkiga bo’linadi - moyli va afyunli (qoradori).
Moyli ko’knori urug‘ida 50% gacha moy mavjud. Afyunli ko’knori esa, dumbo’l ko’sakdan sizib chiqib, qotgan sutsimon shira - afyun olish, uchun ishlatiladi. Afyunda morfin, kodein, papaverin kabi 23 ga yaqin alkoidlar mavjud. Bo’lar asosan Xindiston, Xitoy, Afgoniston, Eron va Kichik Osiyoda ekiladi (P.somniferum) (.....rasm).
Shu turkumdan tovus ko’knori (Rapaver povoninum) keng tarqalgan
efemer o’simlik bo’lib, O’rta Osiyoda soz to’proqli toІ mintaqalarining pastki qismlarida ko’p o’sadi.
Lolaqizg‘aldoq (Roemeria refracta) ham bir yillik efemer o’simlik bo’lib, tog‘ etaklarida keng tarqalgan. Oziq – ovqat sanoatida ishlatiladigan bo’yoq olishda hom - ashyo sifatida ham ishlatiladi.
O’rmonqora (Glaucium) turkumi vakillari O’rta Osiyo tog‘laridagi soz to’proqli jarliklar va qoyalar yon bagrida tarqalgan. Ildizida sutsimon shira bo’ladi. Sariq gulli bir va ko’p yillik o’t o’simliklar bo’lib, 7 turga ega.