4-sinf o`quvchilariga geometriya materiallarini o`rgatish metodikasi Mundarija: kirish I. Bob



Yüklə 46,07 Kb.
səhifə3/7
tarix22.06.2023
ölçüsü46,07 Kb.
#133878
1   2   3   4   5   6   7
HAKIMOV NABIJON MATEM

Kurs ishining vazifasi: Muammoga doir nazariy manbalarni o'rgatishning mavjud holatini oʻrganish. Ta'lim jarayonida o'quvchilarga geometriya elementlarini o'rgatish imkoniyatlarini aniqlash. O'quvchilarga geometriya elementlarini o'rgatishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot metodlari; nazariy tahlil, kuzatish, sosiologik metodlar (suhbat, hujjatlarni o'rganish), tajriba. 4-sinf oʻquvchilariga ta'lim jarayonida geometriya elementlarini o'rgatishning yo'llari va usullari nazariy asoslash. 4-sinf oʻquvchilariga geometriya elementlarini o'rgatish orqali o'quvchilarning matematik tafakkurini oshirish va shunga doir amal yo'llari va usullari ishlab chiqish va shunga doir amaliy tavsiyalar berish.


























1.1. 4-sinf o'quvchilarida geometriya elementlarini shakllantirishning ahamiyati.


Hozirgi zamon yoshlarte! fan asoslari bilan qurollantirish, ularning aqliy tafakkurlarini yuqori darajada rivojlantirishga erishish umumta'lim maktablari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.
O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning "Ta'lim- tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risida"gi farmonida va Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan "Ta'lim toʻgʻrisida"gi Qonun va "Milliy o'quv dasturi"da ta'lim tizimini nazorat qilish va shakllantirishga katta e'tibor berilgan. Bu hujjatlarda koʻratilishicha, ta'lim tizimida boshlang'ich ta'lim eng asosiy, tayanch manba boʻlib hisoblanadi.
Davlatimiz istiqboli bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan jamiyat qurish sohasidagi ishlarning samaradorligi yuqori malakali, yuksak ma'aviyatli rivojlangan mamlakatlar darajasida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, "Barkamol avlod"ni shakllantirish muammosi bilan uzviy bog'liq. O'quvchilarga barcha fanlardan puxta va chuqur bilim berish, shu jumladan, ayniqsa, matematika fanini o'qitishning yanada samaraliroq boʻlishiga katta e'tibor berilmoqda. Avtomatika-kibneritika fanlarining o'sib borayotganligi yoshlaming matematika fanini chuqurroq oʻrganishini, bilimlarni hayotda toʻgʻri va o'rinli tadbiq eta bilishlarini talab qilmoqda.
Agar ilgari matematika oliy o'quv yurtida tadbiq qilingan boʻlsa, endi matematika iqtisodiyot va ishlab chiqarish, savdo, transport, tibbiyot, pedagogika, biologiya va boshqa sohalarda keng qo'llanilmoqda. Ilmiy bilimlarning oldinga qarab intilishi, turmushning barcha sohalariga texnikaning kirib borishi fanning turli sohalarigina emas, balki amaliy yo'nalishlarning ko'pchiligini ham matematikalashtirishga olib keldi.
Matematikaning mantiqiy tafakkur rivojlanishi uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi qadim zamonlardanoq ma'lum edi. Darhaqiqat, o'zbek xalqining buyuk mutafakkirlari uzoq o'tmishdayoq olib borgan tadqiqotlari va amalga oshirgan kashfiyotlarida insonning aqliy tafakkurini rivojlantirishga old turli g'oya va ta'limotlar yaratganlar. Al-Xorazmiy (783-850), Abu rayhon Berunly (973-1048), Ibn Sino (980-1037), Umar Xayyom (1048-1131), Nasriddin at-Tusly (1201-1274), Mirzo Ulug'bek (1394-1449), G'iyosiddin al-Koshly, All Qushchi (1402-1474) va boshqa buyuk allomalarning bizga qoldirgan boy meroslari fikrimizga asos bo'ladi. Jumladan, Abu Nast Forobiy o'qituvchi faoliyatida o'quvchilarni amaliy ko'nikma va malakalari o'zlashtirishga yo'naltirish asosiy vazifalardan biri ekanligini ta'kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy pedagogik g'oyalarida ta'limning maqsadi, vazifalari va ahamiyati, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma'noda mantiqiylik asosiga qurilgan. Uning pedagogik g'oyalaridan eng muhimi, boshqa buyuk allomalarning bizga qoldirgan boy meroslari fikrimizga asos bo'ladi. Jumladan, Abu Nast Forobiy o'qituvchi faoliyatida o'quvchilari amaliy ko'nikma va malakalami o'zlashtirishga yo'naltirish asosiy vazifalardan biri ekanligini ta'kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy pedagogik g'oyalarida ta'limning maqsadi, vazifalari va ahamiyati, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma'noda mantiqiylik asosiga qurilgan. Uning pedagogik g'oyalaridan eng muhimi, bilimni puxta va mustahkan egallash zarurligidir. Ibn Sino fikricha esa, ilm aql yordami bilan o'rganilishi shaxs faoliyatida muhimdir. Nasriddin at-Tusly fikri bo'yicha o'qituvchi o'quvchilaming aql-zakovatiga ta'sir qilishi uchun o'quvchilar Ishonchini qozonish va qalbidan joy olish mas'uliyatini his etishi lozim. Bir so'z bilan aytganda, yoshlarning aqliy salohiyati rivojiga har doim katta e'tibor qaratilib kelingan.
Mantiqiy tafakkurning yuqori sifatlari deganda aniqlik, qisqalik, tartiblanganlik, hatto kichkina bo'lsa ham soxtalikka yo'l qo'ymaslik, toʻla dalil keltirish va hokazolar tushuniladi. Albatta, har bir fan o'quvchining aqliy faoliyatini rivojlantiradi. Lekin mantiqiy tafakkurning shakllanishida matematika so'zsiz birinchi darajali ahamiyatga egadir. Ana shuning uchun ham matematika o'qituvchisining jamiyat oldida ma'suliyati juda kattadir.
Bolaning miyasi uning muskullari singari uzluksiz faol harakatda bo'lishi kerak. Ammo, mashqlaming haddan tashqari yengil boʻlishidan va tafakkuring rivojlanishiga yetarli darajada stimul bera olmasligidan qo'rqish bilan birga, bu mashqlarning bolalar uchun haddan tashqari og'ir bo'lib qolishi mumkinligini ham e'tiborga olishimiz kerak.
Maktabda o'qitiladigan fanlarning ilmiy-nazariy darajasini oshirish o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishiga, ularning mantiqiy tafakkurining hamda aqliy mehnat malakalarining tez rivojlanishiga imkon yaratib beradi. O'quvchining o'qishga ongli ravishda munosabatda boʻlganida va o'zlashtirishga istagi bo'lgandagina u oʻrganilayotgan materialni mustahkam esda saqlab qoladigan boʻladi. Bunda o'qishga boʻlgan havas katta ahamiyatga egadir. Mana shuning uchun o'qituvchi qiziqarli material tanlashi, materialni bir xil ko'rinishda namoyon etmasligi, o'zining metod va usullarini maqsadga muvofiq tarzda tez-tez almashtirib turishi lozim.
Boshlang'ich sinflarda matematik bilimlarning shunday puxta poydevorini qo'yish kerakki, bu poydevor ustiga bundan keyingi matematik ta'limni uzluksiz davom ettirish mumkin bo'lsin. Boshlang'ich matematika kursi maktab matematika kursining tarkibiy qismidir. Shu sababli boshlang'ich matematikani muvaffaqqiyatli o'zlashtirish maktabda butun matematik bo'lishi tushunarli haldır. RA ta'limni to'g'ri yoʻlga qoʻyishga asos
Boshlang'ich maktabda matematika ta'limi o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o'z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarini hayotga tadbiq qilish hamda ta'limning ikkinchi bosqichida o'qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta'minlashga xizmat qiladi. Biz ta'lim deyilganda o`qituvchi bilan o'quvchilar orasidagi ongli va maqsadga tomon yo'nali dalyani tushunamiz. Har qanday ta'lim o'z oldiga ikkita maqsadni qo`yadi.
1) O'quvchilarga dastur asosida o'rganilishi lozim bo'lgan zarur bilimlar sistemasini berish.
2) Matematik bilimlarni berish orqali o'quvchilaming mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish.
Ta'lim jarayonidagi ana shu ikki maqsad amalga oshishi uchun o`qituvchi har bir o'rgatilayotgan tushunchani psixologik, pedagogik va didaktik qonuniyatlar asosida tushuntirishi kerak. Buning natijasida o'quvchilar ongida bilish deb ataluvchi psixologik jarayon hosil bo`ladi.
Bizga falsafa kursidan ma'lumki, bilish jarayoni «jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga demakdir. Bundan ko'rinadiki bilish jarayoni tafakkur qilishga bog'liq ekan...Tafakkur - inson ongida ob'ektiv olamning aktiv aks etishi demakdir. Psixologik nuqtai nazardan qaraganda bilish jarayoni ikki xil bo'ladi:
1) Hissly bilish (sezgi, idrok va tasavvur). Insonning hissly bilishi uning sezgi va tasavvurlarida o'z ifodasini topadi. Inson sezgi a'zolari vositasida real dunyo bilan o'zaro aloqada bo`ladi. Bilish jarayonida sezgilar bilan birga idrok ham ishtirok etadi. Sezgilar natijasida obyektiv olamning sezgi a'zolari vositasida real dunyo bilan o'zaro aloqada bo'ladi. Bilish jarayonida sezgilar bilan birga idrok ham ishtirok etadi. Sezgilar natijasida obyektiv olamning subyektiv obrazi hosil bo'ladi, ana shu subyektiv obrazning inson ongida butunicha aks etishi idrok deb ataladi.
Tashqi olamdagi narsa va hodisalar inson miya po'stlog'ida sezish va idrok qilish orqali ma'lum bir iz qoldiradi. Oradan ma'lum bir vaqt o'tgach, ana shu izlar jadallashishi va biror narsa yoki hodisaning subyektiv obrazi sifatida qayta tiklanishi mumkin. Ana shu obyektiv olamning subyektiv obrazining ma'lum vaqt o`tgandan keyin qayta tiklanish jarayoni tasavvur deb ataladi.
2) Mantiqiy bilish (tushuncha, hukm va xulosa).
Har qanday mantiqiy bilish hissiy bilish orqali amalga oshadi, shuning uchun ham har bir o'rganilayotgan matematik obyektdagi narsalar seziladi, abstrakt nuqtal nazardan idrok va tasavvur qilinadi, so'ngra ana shu o'rganilayotgan obyektdagi narsa to'g'risida ma'lum bir matematik tushuncha hosil bo'ladi.
Matematika bolalarda tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish, kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek, matematika o'quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini oshirishi, ularning o'z fikrlarini aniq, to'g'ri va tushunarli bayon etishi uchun zamin hazirlaydi. O'qituvchining vazifasi - bolalarga matematikani o'qitish imkoniyatini oshirishdan iborat. Bu jarayonda geometriya elementlarini o'rgatishni ham nazardan chetda qoldirmaslik lozim.
Matematikaning obyekti voqely dunyoning fazo formalari va miqdorly munosabatlaridir, demak, tamomila real materialdir. Shuning uchun matematika o'qitishning turmush bilan bogʻlanishini toʻgʻri amalga oshirish juda muhimdir. Bir tomondan, maktab o'quvchilarini ularni o'rab turgan atrof-muhitdagi hodisalardan matematik faktlarni anglab olishga o'rgatish, ikkinchi tomondan esa matematikani konkret amaliy masalalarni yechishga tadbiq qilishni o'rgatish va ulami har bir kishiga kundalik hayotda zarur bo'ladigan amaliy hisoblash yoki o'lchash malakalari bilan qurollantirish zarur. Matematika o'qitish o'z Vatanini sevadigan, Jamiyatimizning ulug'vor maqsadlarini tushunib yetadigan, o'z bilimlarini hayotga tadbiq etish uchun sarf qilishga tayyor turgan jamiyat kishisini tarbiyalash vazifasini amalga oshirishga imkon yaratishi kerak. O'quvchilarda mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi xislatlarni shakllantirish, o'quvchilar irodasi, diqqat e'tibori va tasavvurlarini har tomonlama rivojlantirish, matematikaga qiziqishlarini o'stirish lozim. Bolalarda matematik o'qiy bilish malakasini, material ustida ishlash usullarini shakllantirish va mustaqil ishlashga o'rgatish kerak.
To'rtinchi sinflarda geometriya elementlarini o'qitish, o'quvchilarda geometrik tasavvurlarni tarkib toptirish, ularni chizish va o'lchash malakalari bilan qurollantirish, ular tafakkurini rivojlantirish, xotira, diqqat, ijodiy tasavvur, kuzatuvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi. Ulami o'z fikrini qisqa, aniq, tushunarli va to'g'ri bayon qilishga o'rgatadi, chiroyli, aniq chizish qobiliyatini o'stiradi. Batartib bajarilgan oʻlchash va grafik ishlari bolalami estetik tarbiyalashga imkon beradi.
Geometriya elementlari boshlang'ich sinflar uchun mustaqil bo'lim sifatida o'quv dasturiga kiritilmaydi. O'quv jarayonida geometrik materialni o'rganish bilan bevosita bog'lab olib boriladi.
Boshlang'ich sinflarda geometriya elementlarini o'qitish o'quvchilarda geometrik tasavvurlarni tarkib toptirish, ulami chizish va o'lchash malakalari bilan qurollantirish, ular tafakkurini rivojlantirish, xotira, diqqat, ijodiy tasavvur, kuzatuvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi. Ulami o'z fikrini qisqa, aniq, tushunarli va toʻgʻri bayon qilishga o'rgatadi, chiroyli, aniq chizish qobiliyatini o'stiradi. Batartib bajarilgan oʻlchash va grafik ishlari bolalami estetik tarbiyalashga Imkon beradi. Ayni vaqtda boshlang'ich sinf matematikasida geometriya elementlarini o'qitish ishini takomillashtirish, ta'lim berishning yangi shakllari izlanmoqda. Chunki yosh avlodning ma'naviy kamoloti boshlang'ich sinflarda beriladigan fundamental bilimlar mezoni bilan bevosita bogʻliq.
Sodda geometrik figuralar yuqori sinflarda o'rganiladigan fazoviy figuralarni oʻrganish uchun asosiy bilim manbai hisoblanadi. Boshlang'ich sinfda oʻrganiladigan to'g'ri to'rtburchak tushunchasi yuqori sinfda oʻrganiladigan to'g'ri to'rtburchakli prizma, kub, piramida kabi fazoviy figuralar ustida bajariladigan masalalar yechimini topishga ko'maklashadi. Boshlang'ich sinflarda matematika o'quv materiali matematika o'quv fanining yangi yutuqlari bilan boyib bormoqda. Geometrik tushunchalarning mazmuni esa hayotiy misollar asosida ko'rgazmalilik yordamida tushuntirishga qaratilgandir. To'g'ri to'rtburchak tushunchasi yuqori sinfda oʻrganiladigan toʻgʻri to'rtburchakli prizma, kub, piramida kabi fazoviy figuralar ustida bajariladigan masalalar yechimini topishga ko'maklashadi. Boshlang'ich sinflarda matematika o'quv materiali matematika o'quv fanining yangi yutuqlari bilan boyib bormoqda. Geometrik tushunchalarning mazmuni esa hayotly misollar asosida ko'rgazmalilik yordamida tushuntirishga qaratilgandir.
Boshlang'ich sinflarda geometrik elementlar o'qitish quyidagi ikki maqsadni amalga oshirishga qaratilgandir.
1. Geometrik tushunchalar, figuralar va ularga doir o'lchash, yasash hamda hisoblash ishlarini bajarishga tayyorgarlik, bilimlari o'quvchilar onggida mujassamlashtirishga erishish. 2. Sodda o'lchash va hisoblash ishlari bilan o'quvchilarni tanishtirish va ulami bajarishga o'rgatish.
Boshlang'ich sinf matematika dasturida geometrik material katta o'rin egallaydi. Ko'pchilik hollarda bu material bilan uzviy bog'lanadi. Shu bilan birga geometriya elementlarini o'rganishda ko'proq mustaqillik beriladi va maqsadga yo'naltiriladi. Tadqiqot ishlarida geometrik elementlarini o'rgatish metodikasini ishlab chiqishga katta ahamiyat berilgan. Geometrik bilimlar rivojlanishining har bir bosqichida asosiy mazmunni ochib berishni o'rganishning yetakchi tasavvurlarning tarkib topishini: tafakkurining rivojlanishni, fazoviy tasavvur va farokning tarkib topishi, geometriya materialini boshlang'ich matematika kursini boshqa materiallar bilan bogʻlab oʻrganishni ta'minlash: malakalarning tarkib topishi, o'qitishda ko'rgazmalilikdan foydalanish metodikasini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Har bir metodik yo'l geometrik tushunchalar rivojlanishining har bir bosqichi uchun aniqlangan va o'quvchilarning alohida-alohida xususiyatlarini, imkoniyatlarini hisobga olishni ko'zda tutadi. Metodikani ishlab chiqishda har bir bosqichda o'quvchilarni o'qitishdagi bilim faoliyatini faollashtirishga erishish muhim umumiy usul boʻlib qoladi. Geometrik materialni o'rganishning asosiy maqsadi geometrik figuralar, nuqta, to'g'ri chiziq, egri chiziq, to'g'ri chiziq kesmasi, siniq chiziq, ko'pburchak, aylana, doira, kvadratchalar, kubikchalar, ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementlari orasidagi munosabatlar haqidagi tasavvurlaming toʻla sistemasini tarkib toptirishdan iborat.
O'quvchilarda geometrik tasavvurlarni tarkib toptirish, ulami chizish va oʻlchash malakalari bilan qurollantirish, ular tafakkurini rivojlantirish masalalariga geometrik elementlarni oʻrganishda qoʻllaniladigan o'qitish metodlari javob beradi. Geometriya kursini o'qitishning muhim metodlari kuzatish, taqqoslash metodidan iboratdir. Induktiv xulosa chiqarish bilan bir qatorda deduksiya elementlaridan ham foydalaniladi.
Boshlang'ich sinflarda geometrik materiallar bilan ishlashdan asosiy maqsad o'quvchilarga to'g'ri chiziq, kesmali burchaklar, shakllar: uchburchak to'rtburchak, ko'pburchaklaring aniq ko'rsatmali tasavvurini berish shakllarning ba'zi xossalarini ko'rib chiqish va bu bilimlardan bolalarning uzunlik va yuzalami o'lchay olish malakalarini egallashda foydalana olishini ta'minlashdan iboratdir. Geometrik materialni o'zlashtirish jarayoni boshidan oxirigacha faol, aniq va ko'rgazmali bo'lishi, bunda amaliy mashqlardan keng foydalanilishi kerak. Jarayonni amalga oshirishda o'quvchilar tayyor geometrik shakllar bilan ish olib bormay, balki, qirqish, yelimlash, cho'plar bilan ishlash, modellashtirish, chizmachilik, qog'oz varag'ini buklash orqali shakllar hosil qilish kabllardan foydalangan holda o'zlari ham shakllarni chizmalardan va atrof-borliqdan taniy olishlari, yasay bilishlari ham kerak. Bunda o'quvchilarga namoyish etilgan taqdimotlar katta ahamiyatga ega bo'ladi. Shunga diqqat qaratish kerakki, o'quvchilar geometrik shakllaming barcha xarakterli xususiyatlarini ajrata bilsinlar.
Geometrik material ko'pincha qaralayotgan arifmetik qonuniyatlar, bog'lanish va aloqalarning aniq ko'rgazmali illyustratsiyasi bo'lib xizmat qiladi, masalan to'g'i to'rtburchakning teng qismlariga bo'lingan ko'rgazmall tasviri ko'paytirishning o'rin almashtirish qonunua namoyish qilish uchun qo'llaniladi.
O'quv jarayonida geometrik mazmundagi masalalami yechish, hisob-kitobga o'rgatish davomida geometrik figuralardan didaktik material sifatida foydalanish kabllar o'quvchilarning geometrik bilimlarini mustahkamlashga imkon yaratadi.
Geometrik materiallarni o'rganish geometrik figuralar haqidagi tasavvurlar zahirasini kengaytirishga; -fazoviy fikrlashni taraqqiy ettirish, tahlil qilish, umumlashtirish ko'nikmalarini shakllantirishga; geometrik figuralar haqidagi tasavvurlar zahirasini kengaytirishga; -fazoviy fikrlashni taraqqiy ettirish, tahlil qilish, umumlashtirish ko'nikmalarini shakllantirishga; muhim amaliy ko'nikmalari shakllantirishga; o'quvchilarni keyinchalik geometriyani o'rganishga tayyorlashga xizmat qiladi.




























Yüklə 46,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin