1. Globus markazidan o’tkazilgan o’q nomi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang. A ) aylanish o’qi B ) ko’rsatish o’qi C ) joylashish o’qi
2. Yurtimizning buyuk mutafakkirlaridan qaysi biri dastlabki globuslardan birini yaratgan? A ) Ibn Sino B ) Abu Rayhon Beruniy C ) Mirzo Bobur
3. Yer sharining o’z aylanish o’qi atrofida bir marta aylanib chiqishiga ketadigan vaqt nima deyiladi? A ) kun B ) tun C) sutka
4. Bir yilda nechta fasl bor? A ) 7 ta B ) 12 ta C ) 4 ta
5. “Ufq va uning tomonlari” matnida ufqning nechta tomoni bor deyiladi? A ) 5 ta B ) 4 ta C ) 3 ta
6. “Ufq tomonlarini aniqlash” matnida qadimda odamlar ufq tomonlarni qanday aniqlaganlari ko’rsatilgan? A ) Zuxro yulduzi orqali
B ) Oyga qarab
C ) “Qutb yulduzi”ning joylashuviga qarab
7. Yer shari sirtining ikkiga bo’lingan doira shaklidagi tasviri nima deyiladi? A ) yarimsharlar xaritasi B ) globus C ) yer shakli
8. Qatorasiga chizilib ketgan tog’lar nima deyiladi? A ) tog’lar tizmasi deyiladi
B ) tog’lar to’plami deyiladi
C ) tekislik deyiladi
9. “Tog’ va tekisliklar” matnida Jomolungma cho’qqisining balandligi qancha deyilgan? A ) 8745 m B ) 7467 m C ) 8848 m
10. Yer yuzi nechta yirik materikka bo’lingan? A ) 5 ta B ) 6 ta C ) 4 ta