4- rasm. Titrashdan himoyalovchi shaxsiy himoya vosita.
Titrash ta`sirini kamaytirishda yuqorida ko`rsatilgan texnik tadbirlardan
tashqari profilaktik
tadbirlar ham qo`llaniladi.
Buning uchun titrash bilan
ishlovchi jihozlar bilan ishlashga 18 yoshga to`lmagan, tibbiy ko`rikdan va yo`riqnomadan
o`tmagan shaxslarga ruxsat etilmaydi. Titrash bilan ishlovchi jihozlar
ishlatiladigan xonaning
harorati 16
0
S dan kam bo`lmasligi lozim. Agar bunday jihozlar tashqi muhitda ishlatilsa, ish joyi
yonida isitiladigan va harorati 22
0
C dan kam bo`lmagan dam olish xonalari bo`lishi zarur. Ishchi
titrash bilan ishlovchi jihozlar bilan ishlaganda, har 1 soatda 10-15 minut tanafus qilishi va jihoz
bilan ishlashning umumiy vaqti ish smenasining 2/3 qismidan ortiq bo`lmasligi lozim.
Bunda
uzluksiz ishlash vaqti 15-20 minutdan oshmasligi zarur. Titrashga xavfli mashinalar va jihozlar
bilan ishlaganda ish vaqtidan tashqari ishlashga ruxsat etilmaydi.
Ish joylarining titrashga xavfliligi darajasini aniqlashda HBA-1, ISHV-1, VIP-2, VR-1
markali
asboblardan, 3501 tipidagi asboblar komplektidan hamda «Bryul’ va K`er» va RFT
(Germaniya) markali chet el asboblaridan foydalanish mumkin.
Mexanik titrash o`lchagich VR-1 titrash manbalaridagi mahalliy titrash miqdorini o`lchashda
ko`proq ishlatiladi.
ISHV-1 maxsus moslamasi hamda VIP-2 komplektlari ish joylaridagi mahalliy va umumiy
titrashlarni aniqlashda qo`llaniladi.
Nazorat savollari:
1. Shovqin o`lchagich асбобини айтинг?
2. Shovqinlarni kishi qulog`iga ta'siri etish guruhlarini sanang?
3. Shovqinni o‘lchov birligi nima?
4. Shovqinni kamaytirish yo‘llarini ayting?
5. Shovqinni muhofazalovchi vositalarga nimalar kiradi?
6. Sanoat korxonalarida titrash (tebranma harakat)ni kamaytirish usullari ayting?
7. Ish joylarida shovqinning zararli ta`siri va undan saqlanish usullari qanday?