kasalliklar titrashni inson tanasining ayrim a`zolariga, masalan, qo`l yoki oyoqga ta’sir
etishi
natijasida kelib chiqadi. Bunday vaqtda asab va suyak-bo`g’im tizimining ish faoliyati buziladi,
arterial bosim oshadi, muskul kuchlari va insonning og’irligi
kamayadi hamda tomirlarning
tortishishi kuzatiladi.
Doimiy ish joylari va ishlab chiqarish binolaridagi titrashlarning me`yorlashtiriluvchi
ko`rsatkichlari sifatida tebranish tezligining o`rta kvadrat miqdori va logarifmik darajasi qabul
qilingan. Ular m/s yoki dB da o`lchanadi. Titrash tezligining insonga salbiy ta`sir
darajasini
boshlanishi V
o
=510
-8
m/s deb qabul qilingan.
Turli xil ishchi holatlarda titrash bilan ishlovchi jihozlarning massasi 100 kg dan, jihozni
siqib ushlash kuchi 200 N dan oshmasligi talab etiladi. Jihozning texnik ma`lumotlari bo`yicha
qo`yilgan boshqa talablar bundan mustasno.
Har xil chastotadagi titrashlar insonga turlicha ta`sir etadi. Titrash yuzasida tik turib
ishlayotgan kishiga ikki rezonans holat – 5-12 Gs va 17-25 Gs, o`tirib ishlayotgan kishiga esa - 4-
6 Gs to`g’ri keladi. Shuningdek, inson boshi uchun rezonans chastotasi 20-30 Gs atrofida bo`ladi.
Shu sababli, titrashning inson a`zolariga ta`sir xusustiyatini va titrashning
turini hisobga olgan
holda titrash parametrlarining ruxsat etilgan gigiyenik me`yorlari ishlab chiqilgan.
Titrash tezligining ruxsat etilgan eng yuqori o`rta kvadrat miqdori - 0,2 m/s va logarifmik
darajasi – 132dB bo`lib, u o`rta geometrik chastotasi 1 Gs ga teng bo`lgan vertikal transport
titrashlar uchun qabul qilingan.
Ma`muriy binolar, tibbiyot muassasalari va ish xonalari uchun qattiq talab qo`yilgan bo`lib,
o`rta geometrik chastota 63 Gs bo`lganda titrash tezligining o`rta kvadrat miqdori 2810
-4
m/s dan,
logarifmik darajasi esa 75 dB dan oshmasligi talab etiladi.
Lokal titrashlar uchun eng katta cheklanish - titrashning o`rta geometrik chastotasi 1000 Gs
bo`lganda, titrash tezligining o`rta kvadrat miqdori - 0,65 m/s, logarifmik darajasi esa – 102 dB ga
tengdir.
Titrash bilan ishlovchi jihozlar bilan ishlashda ham turli xil vositalardan foydaniladi(4-
rasm). Masalan, qo`lni titrashdan himoyalash uchun har xil titrashdan himoyalovchi qo`lqoplar
ishlatiladi. Bunga havo yostig’iga ega bo`lgan va elastik materialdan tayyorlangan ushlagich misol
bo`la oladi. Oyoqqa uzatiladigan titrashlardan himoyalanish uchun
esa turli xil titrashdan
himoyalovchi poyafzallardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: