4 soat Ishdan maqsad


Sanoat korxonalarida titrash (tebranma harakat)ni kamaytirish usullari



Yüklə 182,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix15.09.2022
ölçüsü182,01 Kb.
#63699
1   2   3   4
4-5-AMALIY MASHG‘ULOTLAR

 
Sanoat korxonalarida titrash (tebranma harakat)ni kamaytirish usullari. 
Titrash insonga titrash (zirillash) bilan ishlovchi jihozlar, qurilmalar, mashina va 
mexanizmlar bilan bevosita yoki bilvosita muloqatda bo`lgan holatlarda ta`sir etadi. Titrashdan 
ba`zan ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirishda ham foydalaniladi. Masalan, 
tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning qarshiligini kamaytirishda, ish unumdorligini oshirishda, 
don tozalash mashinalari ish sifatini yaxsxilashda va h.k. 
Titrashlar transport, transport-texnologik va texnologik turlarga bo`linadi. Transport 
titrashlar harakatlanuvchi mashina yoki traktorlarda yuzaga keladi. Agar ushbu mashina yoki 
mashina-traktor agregati harakatlanish bilan bir vaqtda biror texnologik jarayonni bajarsa, bunday 
vaqtda yuzaga keluvchi titrashlar transport-texnologik titrash deb ataladi. Texnologik titrashlar 
qo`zg’almas mashina-mexanizmlar va qurilmalarda yuzaga keladi. 
Insonni uzoq vaqtli titrash ta`sirida bo`lishi ikki xil, ya`ni umumiy va mahaliy (lokal) 
kasalliklarga olib keladi. Umumiy kasallanish doimiy titrash sharoitida 2-4 oy ishlagandan so`ng 
boshlanadi. Bunda bosh og’rig’i, ko`rishni susayishi, tana haroratini oshishi kuzatiladi, oshqozon 
va yurak-tomir tizimi ish faoliyatida salbiy o`zgarishlar sodir bo`ladi. Lokal ko`rinishdagi 


kasalliklar titrashni inson tanasining ayrim a`zolariga, masalan, qo`l yoki oyoqga ta’sir etishi 
natijasida kelib chiqadi. Bunday vaqtda asab va suyak-bo`g’im tizimining ish faoliyati buziladi, 
arterial bosim oshadi, muskul kuchlari va insonning og’irligi kamayadi hamda tomirlarning 
tortishishi kuzatiladi. 
Doimiy ish joylari va ishlab chiqarish binolaridagi titrashlarning me`yorlashtiriluvchi 
ko`rsatkichlari sifatida tebranish tezligining o`rta kvadrat miqdori va logarifmik darajasi qabul 
qilingan. Ular m/s yoki dB da o`lchanadi. Titrash tezligining insonga salbiy ta`sir darajasini 
boshlanishi V
o
=510
-8
m/s deb qabul qilingan. 
Turli xil ishchi holatlarda titrash bilan ishlovchi jihozlarning massasi 100 kg dan, jihozni 
siqib ushlash kuchi 200 N dan oshmasligi talab etiladi. Jihozning texnik ma`lumotlari bo`yicha 
qo`yilgan boshqa talablar bundan mustasno. 
Har xil chastotadagi titrashlar insonga turlicha ta`sir etadi. Titrash yuzasida tik turib 
ishlayotgan kishiga ikki rezonans holat – 5-12 Gs va 17-25 Gs, o`tirib ishlayotgan kishiga esa - 4-
6 Gs to`g’ri keladi. Shuningdek, inson boshi uchun rezonans chastotasi 20-30 Gs atrofida bo`ladi. 
Shu sababli, titrashning inson a`zolariga ta`sir xusustiyatini va titrashning turini hisobga olgan 
holda titrash parametrlarining ruxsat etilgan gigiyenik me`yorlari ishlab chiqilgan. 
Titrash tezligining ruxsat etilgan eng yuqori o`rta kvadrat miqdori - 0,2 m/s va logarifmik 
darajasi – 132dB bo`lib, u o`rta geometrik chastotasi 1 Gs ga teng bo`lgan vertikal transport 
titrashlar uchun qabul qilingan. 
Ma`muriy binolar, tibbiyot muassasalari va ish xonalari uchun qattiq talab qo`yilgan bo`lib, 
o`rta geometrik chastota 63 Gs bo`lganda titrash tezligining o`rta kvadrat miqdori 2810
-4
m/s dan, 
logarifmik darajasi esa 75 dB dan oshmasligi talab etiladi. 
Lokal titrashlar uchun eng katta cheklanish - titrashning o`rta geometrik chastotasi 1000 Gs 
bo`lganda, titrash tezligining o`rta kvadrat miqdori - 0,65 m/s, logarifmik darajasi esa – 102 dB ga 
tengdir. 
Titrash bilan ishlovchi jihozlar bilan ishlashda ham turli xil vositalardan foydaniladi(4-
rasm). Masalan, qo`lni titrashdan himoyalash uchun har xil titrashdan himoyalovchi qo`lqoplar 
ishlatiladi. Bunga havo yostig’iga ega bo`lgan va elastik materialdan tayyorlangan ushlagich misol 
bo`la oladi. Oyoqqa uzatiladigan titrashlardan himoyalanish uchun esa turli xil titrashdan 
himoyalovchi poyafzallardan foydalaniladi. 

Yüklə 182,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin