1. Tabiatdan foydalanishning ekologik va iktisodiy samaradorligi. Tabiatdan foydalanishning ekologik (tabiiy) va iqtisodiy samaradorligi o`zaro bog`liq va bir-birlarini taqozo etishi bilan tavsiflanadi. Tabiatda komponentlar orasida o`zaro barqaror muvozanat mavjud bo`lsa, noxush tabiiy va antropogen jarayonlar rivojlanishi muntazam boshqarilsa, resurslardan foydalanish oqilona amalga oshirilsa, tiklanadigan boyliklarni ularning foydalanish darajasiga qarab sun`iy ravishda tiklash ishlari maromida bajarilsa, umuman olganda, tabiatni muxofaza qilish va boyliklardan foydalanish ilmiy asosda boshqariladigan tabiat majmualarida amalga oshirilsa, ekologik samaradorlikka erishiladi.
Ekologik samaradorlik.U tabiatdan foydalanish jarayonida bir qator tabiiy va antropogen omillarning faoliyatiga bog`liq. Bu omillar tabiiy muxitning optimal vaziyatda rivojlanishiga ta`sir etishi bilan bog`liq yoki tabiiy majmualar qanchalik ilmiy asoslangan tarzda barqaror boshqarilsa, ular shunchalik yuqori darajada ekologik samaradorlikka ega bo`ladi va aksincha.
Ekologik samaradorlikni ta`minlovchi tabiiy omillardan biri - tabiiy muvozanatdir. Ekologik muvozanat mavjud bo`lgan tabiiy majmua (landshaft, geotizim), uning tuzilmali dinamik xolati me`yoridaligi komponentlar orasida o`zaro bog`liqlik va ta`sir tabiiy muvozanat xoldaligi, resurslar maxsuldorligining yuqoriligi, tabiiy muxit ifloslanmaganligidan darak beradi. Darvoqe, mazkur tabiiy majmua yuqori darajada samaradorlikda tabiat va jamiyat tizimida faoliyat ko`rsatmoqda, deb baxolash mumkin.
Ekologik muvozanat barqaror bo`lgan xududda atrof-muxitni ifloslantiruvchi manbalar (sanoat korxonalari, transport, qishloq xo`jalik korxonalari va b.) ta`siri sezilmasligi mumkin, agar uzoqda joylashgan bo`lsa yoki ulardan texnogen chiqindi chiqarish xajmi me`yordan ortmasa, binobarin, ma`lum tadbirlar majmuasi muntazam qo`llanib borilsa, bu atrof-muxitni salbiy o`zgarishlardan muxofaza qiladi.
Tabiiy majmualarnig barqaror xususiyatga ega bo`lishi ularning o`z-o`zini tozalash va qayta tiklash qobiliyatlarining yuqori darajada ta`minlanganligidan darak beradi. Ularda atmosfera xavosi yoki suv xavzalari orqali kelib qolgan turli chiqindilar ma`lum muddatda tabiiy yuvilish jarayonida chetga chiqib ketadi, landshaft majmualarida inson xo`jalik faoliyati ta`sirida o`zgarish bo`lishi ( yaylov, o`rmon, tuproq va boshqalardagi degradatsiya xodisasi ) mumkin, lekin ma`lum vaqtdan so`ng yana qaytadan tabiiy xoliga o`zgaradi. Bu xususiyat tabiiy majmuaning qayta tiklash qobiliyatining nixoyatda kuchliligi bilan bog`liq.
Mazkur tabiiy xususiyatlar landshaftlar resurslarining ekologik jixatdan tozaligini ta`minlaydi, bu borada ayniqsa, atmosfera xavosi va suv xavzalarinig musaffoligi juda xam muxim, tuproqning texnogen chiqindilardan xoli bo`lishi yetishtiriladigan ekin maxsulotlarini ekologik jixatdan tozaligini ta`minlaydi, bu esa o`z navbatida inson va chorva mollarining salomatligini kafolatlaydi. Barqoror tabiiy majmualar yaylov, tuproq, pichanzorlarning maxsuldorligi, suvning tozaligi, yer osti suvlarining ifloslanmaganligi, o`rmonlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Tog` oldi va tog` majmualari tabiatining insonga xizmat qiluvchi imkoniyatlari bisyor va katta saloxiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Qulay va eng qulay rekreatsiya resurslari minglab axolini musaffo xavo, toza suv, betakror tog` manzaralariga boy bo`lgan go`shalarda xordiq chiqarishi, sog`lig`ini tiklashini ta`minlaydi. Ko`plab sayyoxlar tog` so`qmoqlarida yurib tabiatning yodgorliklarini miriqib tamosha qiladilar, suv xavzalarida cho`milib, tabiat saxovatidan baxramand bo`ladilar. Kasallikka chalinganlar buloq, yer osti suvlari, balchiq, toza xavodan va dorivor giyoxlardan baxramand bo`lishlari bilan betoblikni tark etadilar.
Demak, optimal maromda rivojlanayotgan tabiiy majmualar ma`lum ekologik xususiyatlarga egaki, ular qulay tabiiy sharoit va resurslar majmuasi bilan ma`lum darajada samaradorlikka ega. Ekologik samaradorlik landshaftning resurslari asosida inson xo`jalik faoliyatini yuritish, rekreaksiya boyliklaridan baxramand bo`lish, tabiatdan estetik zavq olish va boshqa jixatlarda ifodalanadi.
Ekologik samaradorlik tabiiy muxitda turli darajada mavjud bo`ladi, bu aniq xududning tabiiy sharoiti va resurslarining xususiyatlari bilan bog`liq. Bizningcha, tabiiy majmualarning ekologik samaradorligini quyidagi ballar asosida ko`rsatishni taklif qilish mumkin, masalan: samara yo`q - 0 ball, past samara - 1-3 ball, o`rtacha - -6 ball, yuqori –7-9 ball, eng yuqori-10-12 ball.
Nol ball, odatda, foydalanilmaydigan xududlar uchun xos, masalan kuchli parchalangan relyef shakllari (bedlend), barxanlar, sho`rxoklar, tub jinslar ochilib qolgan tog` yonbag`irlari, sho`r bilan qoplangan botiqlar va boshqalarni ko`rsatish mumkin. Bu tabiat majmualarining xo`jalikda foydalanish imkoni yo`q darajada. Ba`zi vaziyatlarda rekreatsiya obyekti sifatida foydalanish mumkin, lekin bu kamdan - kam bo`ladi, chunki barxanlarda quyosh radiatsiyasi ko`pligi tufayli ba`zi kasalliklarni davolash mumkin, sho`r va sho`r balchiqlar xam ba`zi xollarda kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Agar bular e`tiborga olinmasa, ko`rsatilgan majmualarning ekologik samaradorligi yo`q darajada.
Past samara -1-3 ball - tabiat majmuasning faqat bir komponenti resursidan foydalanish imkoni bor, lekin u xam kambag`alligi bilan ajralib turadi. Masalan, strukturali balandlik va platolarning yaylovlari (gektariga 0,5-1 s.), Orol dengizining qurigan qismi yaylovlari (gektariga 0-0,5 s.) va boshq. Agarda yaylovlar degradatsiyaga berilsa, mavjud samaradorlik yanada kamayadi va nol ballga tushishi mumkin.
O`rtacha ekologik samara - -6 ball - tabiiy majmuaning ikki komponenti resurslaridan foydalanish imkoni mavjud: yaylov va tuproq. Amudaryoning cho`llashishga berilgan Orolbo`yi del`tasi asosan yaylov sifatida foydalanilmoqda, lekin suv ko`p bo`lgan yillari qulay yerlarda kichik maydonlarda dexqonchilik bilan xam shug`ullaniladi. Adirlarda xam asosan yaylov chorvachiligi rivojlangan xolda, ba`zi xududlarida sug`orma dexqonchilik bilan xam shug`ullaniladi va b.
Sug`oriladigan yerlar yuqori ekologik samara - 7-9-ballga ega,chunki sug`orma yerlarning maxsulot yetkazib berish darajasi dexqonchilikda eng katta ko`rsatkichga mansub. Bu xususiyat, ayniqsa, meliorativ sharoitlari qulay va tuproq unumdorligi yuqori bo`lgan yerlarda yanada yaqqolroq seziladi. Yerlarning meliorativ sharoitlari og`ir bo`lgan voxalarda yuqori ekologik samaradorlikka inson tomonidan boshqariladigan muxandislik tizimlari asosida erishiladi.
Eng yuqori ekologik samaradorlik - 10-12 ball - sug`orma yerlarda rekreatsiya tizimlari rivojlantirilgan bo`lsa yoki maxsuldor yaylov zonasida mavjud bo`lgan rekreatsiya boyliklaridan samarali foydalanilayotgan xududlarni misol sifatida ko`rsatish mumkin. Bu borada Chirchiq va Qashqadaryoning o`rta va yuqori oqimlaridagi tabiat majmualarini eng yuqori samaraga ega deb xisoblash mumkin.