int main() {
int s = 0, i = 1, n;
cout<<"n=";
cin>>n;
while (i <= n) {
s += i;
i++;
}
cout<<"s="<}
Dastur kodini bir boshdan qarab chiqamiz. Bizga uchta o’zgaruvchi kerak. Birinchi o’zgaruvchi n soni, ikkinchi o’zgaruvchi sanab borish uchun ishlatiladigan i o’zgaruvchisi, uchinchisi yig’indining qiymatini saqlash uchun s o’zgaruvchi. Siklni boshlashdan oldin yig’indining qiymatini nolga tenglaymiz, shunda unga qandaydir sonni birinchi marta qo’shganimizda uning o’zi hosil bo’ladi. i o’zgaruvchining dastlabki qiymatini 1 ga tenglaymiz, chunki 1 dan boshlab yig’indiga qo’shib borishimiz lozim. Agar i≤n shart bajarilsa u holda i ni yig’indiga qo’shamiz(s+=i bu s=s+i ning qisqacha yozilishi) va i ning qiymatini orqali birga oshiramiz(i++ bu inkrement).
Cheksiz sikl. while yordamida cheksiz sikl hosil qilish uchun shart ifodaga hamisha rost qiymat qabul qiladigan mantiqiy ifoda, o’zgaruvchi yoki rost konstanta qiymatini yozishimiz mumkin.
while (1) {
cout<<"Cheksizsikl\n";
}
2) do while sikli.
do while sikli while sikliga o’xshash, farqi shart sikl oxirida tekshiriladi va shart bajarilsin yoki bajarilmasin kamida bir marta(1-sikl) sikl bajariladi.
1 dan n gacha sonlar yig’indisi quyidagicha yoziladi:
#include
using namespace std;
int main() {
int s = 0, i = 1, n;
cout<<"n=";
cin>>n;
do {
s += i;
i++;
}while (i <= n);
cout<<"s="<}
Bu siklda i o’zgaruvchinig qiymati qanday bo’lishidan qat’iy nazar sikl bir marta aylanadi. Bu siklni sonni kiritishda unig tog’riligini tekshirish va toki to’g’ri kiritilmaguncha kiritishni davom qildirish uchun foydalanishimiz mumkin. Masalan yuqoridagi masalamizda n soni natural bo’lishi kerak, agar natural son kiritilmasa yana kiritishni so’rash lozim:
do {
cout<<"n=";
cin>>n;
}while (n < 1);
3) for sikli.
for sikli sintaksisi quyidagicha:
for(sikl boshlanishidan oldingi amallar; sikl davom etish sharti; siklning har bir iteratsiyasi oxiridagi amallar) {
sikl tanasi;
}
Iteratsiya deb siklning bir marta bajarilishiga aytiladi. Agar ma’lum qadam bilan bitta o’zgaruvchining qiymatini o’zgartirib takrorlanuvchi jarayon amalga oshirish lozim bo’lsa, u holda uni quyidagicha xususiy holda yozishimiz mumkin:
for( o’zgaruvchi =boshlang’ich qiymat; o’zgaruvchi <=oxirgi qiymat; o’zgaruvchi +=sikl qadami) {
sikl tanasi;
}
1 dan n gacha sonlar yig’indisini topish uchun quyidagicha sikl amalga oshirishimiz mumkin: