4-variant 1-topshiriq investorlarning asosiy belgilari bo’yicha turkumlanishi



Yüklə 234,43 Kb.
səhifə4/7
tarix15.06.2023
ölçüsü234,43 Kb.
#130493
1   2   3   4   5   6   7
Turkmanova Shaxnoza investitsiya

2-TOPSHIRIQ
TEST
1. B
2. C
3. D
4. B
5. C
3-TOPSHIRIQ
Quyidagi keltirilgan, fanga doir atamalarga qisqacha ta’rif yozing.
1. Investitsiyani diversifikatsiyalash - bu korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. D. i. ch.da yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va b. maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, q. x., transport, moliya va h.k.) boshqa i. ch. tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi. D. natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmat koʻrsatadigan hamda i. t. va ishlanmalar bilan band boʻlgan keng tarmoqli, ammo hamisha ham texnologikjihatdan oʻzaro bogʻlan-magan majmualar (mas, agrosanoat majmui, oʻrmonsanoat majmui) vujudga keladi va bu ishlab chiqarish D.si deyiladi. Bundan tashqari uning kredit D. koʻrinishi ham bor (bunda kredit sifatida beriladigan kapital mablagʻlar xavf-xatarni kamaytirish va yuqori foyda olish maqsadida turli-tuman obʼyektlar oʻrtasida taqsimlanadi). Bunday D. tarmoklararo kapital konsentratsiyasi jarayoni va korxonalararo ichki beqarorlikning kuchayi-shi bilan bogʻliq.
Dunyo mamlakatlarida D. jarayoni 20-asrning 50-y.lari oʻrtalaridan rivojlana boshladi. Dastlab AQSH, Yaponiya, Gʻarbiy Yevropa davlatlarida D. sanoat, transport, qurilish, moliya sohalarida vujudga keladi. Shu bois D. harakteri mazkur davlatlarning ijtimoiyiqtisodiy omillari, shuningdek, boshqa davlatlarga tegishli boʻlgan umumiy omillar (ilmiy-texnika inqilobi, yuqori foyda uchun kurash, raqobat kurashi, texnik taraqqiyotdan qolib ketmaslik va b.) bilan belgilanadi. D.da firmalar, ayniqsa, monopol firmalar kup tarmoklilik tusini oladi. Ular avvalo koʻp daromadli, tez rivojlanadigan sohalar (mas, elektronika, kimyo)da faoliyat boshlaydi. Kompaniyalar mahsulot i. ch. bilan birga, shu mahsulot uchun zarur boʻlgan xom ashyoni ham oʻzlari tayyorlashga kirishadi. Mablagʻlarni kam daromadli sohadan tejab koʻp foyda beradigan tarmoklarga sarf etadilar. Mas, AQSH konsernlari xizmat koʻrsatish, qurilish, yer maydonlari savdosi, nashr ishlari, savdo-sotiq axboroti, jihozlarni ijaraga berish va b.da faoliyat yuritdi.
2. Broker– bu  makler — fond, tovar, valyuta birjalarida oldisotdi bitimlari tuzishda vositachilik (dallollik) qiladigan ayrim shaxs yoki firma. B.lar, odatda, mijoz topshirigʻiga koʻra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga oʻz nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. Vositachilik bitimlari, asosan, B.lik idoralari, firmalar yoki ularning filiallari orqali rasmiylashtiriladi. Vositachilik qilgani uchun tomonlarning kelishuviga koʻra, birja qoʻmitasi joriy etgan taksa (qatʼiy baho)ga muvofiq, oldisotdining muayyan foiz miqdorida haq — brokeraj oladi (odatda, B. haqi amalga oshirilgan shartnoma yoki bitim qiymatining 0,25—3% ni tashkil qiladi). Yirik B.lik idoralari haridorga qarz berishda banklar bilan hamkorlik qiladi, ayrim hollarda oʻzlari kreditor boʻladilar, bitimlar bajarilishiga kafillikni ham oʻz zimmalariga oladilar. Katta B. gofbrok ye r deb ataladi.

Yüklə 234,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin