4-variant 1-topshiriq investorlarning asosiy belgilari bo’yicha turkumlanishi



Yüklə 234,43 Kb.
səhifə1/7
tarix15.06.2023
ölçüsü234,43 Kb.
#130493
  1   2   3   4   5   6   7
Turkmanova Shaxnoza investitsiya


4-variant
1-TOPSHIRIQ

  1. Investorlarning asosiy belgilari bo’yicha turkumlanishi.

iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, I. kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. I. kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan I. turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. I. sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. I. loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va b. boʻlishi mumkin.
Uning quyidagi turlari mavjud: davlat I.si — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el I.si — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyaar, tadbirkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy I. — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fuqarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. I. qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) I.ga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) I. — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan I.; real I. — moddiy i. ch. (sanoat, q.x., qurilish va b.) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida I.ni moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el I.lari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va b.ga mablagʻ sarflash) koʻrinishlari bor.
Investitsion hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Jahondagi bevosita I. faol oʻsib bormoqda: 1980-y.lar oʻrtalarida jahon boʻyicha umumiy yillik I. hajmi 450 mlrd. dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 1990-y.lar oʻrtalariga kelib I. hajmi 2 trln. dollardan oshdi.
Oʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida respublika iqtisodiyotida tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishda I.dan samarali foydalanilmoqda. OʻzRda 1996-yildan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati b-n olingan kreditlar hisobiga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el I. va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat boʻlgan Davlat I. dasturini qabul qiladi. Respublika iqtisodiyotiga I. kiritishda davlat byudjeti mablagʻlari, chet el investitsiyalari, korxonalarning oʻz mablagʻlari va aholi jamgʻarmalari qatnashmoqda. Respublikada aholining qimmatli qogʻozlarga jamoaviy I.ni amalga oshiradigan xususiylashtirish I. fondlari (XIF) va kompaniyalari tarmogʻi rivoj topdi. 2000-yilda moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga salkam 700 mlrd. soʻm, shu jumladan, 810 mln. AQSH dollari investitsiyalandi. Uning 30,3% ni respublika byudjeti, 39,1% ni korxonalar va aholi mablagʻlari, 7,5% ni banklar kreditlari va b. qarz mablagʻlar, 21,7% ini chet el investitsiyalari va kreditlari, 1,4% ni byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari tashkil qiladi. Respublikada I. faoliyatining huquqiy bazasini yaratishda "Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida" (1995-yil 5 may), "Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida" (1998-yil 12 dek.), "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida" (1998-yil 30 apr.), "Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida" (1998-yil 30 apr.), "Lizing toʻgʻrisida" (1999-yil 14 apr.), "Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida" (2001-yil 30 avg.) qonunlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti b-n bogʻliq boʻlgan koʻpdan-koʻp xatarlarga duch keladilar. Shu sababli I.ni, ayniqsa, chet el I.larini sugʻurta qilish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda xorijiy I.larni sugʻurtalash sohasida 1994-yilda tashkil etilgan "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyat olib boradi.

  1. Investitsiya muhitiga ta’sir qiluvchi ijobiy omillarni aytib bering.

Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya faolligining o’sish sur’atlari investitsiya muhitiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Investitsiya muhitining jozibadorligi xorijiy investitsiyalar oqimini ko’paytirishning muhim omili hisoblanadi. Iqtisodiyotda investitsiya faoliyatining rivojlanishi, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilishning ko’lami, yo’nalishlari va samaradorligi, bevosita, investitsiya muhitiga bog’liqdir. Investitsiya muhiti kompleks, ko’pqirrali tushuncha bo’lib, milliy qonunchilik, iqtisodiy shart-sharoitlar (inqiroz, o’sish, stagnatsiya), bojxona rejimi, valyuta siyosati, iqtisodiy o’sish sur’atlari, inflyatsiya sur’atlari, valyuta kursining barqarorligi, tashqi qarzdorlik darajasi kabi ko’rsatkichlarga ega»46. Shuningdek, mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko’rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me’yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui investitsiya muhitini anglatadi Investitsiya muhitining holatini investitsiya faoliyatini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy, ekologik va boshqa shart-sharoitlarning umumlashtiruvchi xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiya muhiti deganda, mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma’lum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, tashkiliy-huquqiy, ekologik, madaniy va boshqa shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. U muayyan hududga investitsiyalar kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan shart-sharoitlarning mavjud ijobiy va salbiy tomonlarini anglatadi. Investitsiya muhiti holati yaratilgan huquqiy baza va uning asoslari, qonun hujjatlarining sifatli tuzilishi va ularga rioya qilinishini talab etadi.


  1. Yüklə 234,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin