Investitsiya jarayonida “likvidatsiya fazasi” deganda nimani tushunasiz?
Sanoatga ta’luqli bo’lgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish yuqorida ta’kidlab o’tilgan uchta bosqichdan iborat jarayon tariqasida taqdim etilishi mumkin. Ularning har biri maslahat berish, loyihalashtirish, ishlab chiqarish kabi faoliyatlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak.
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda loyiha siklining bosqichlari muhim ahamiyatga ega. «Loyiha sikli» tushunchasiga loyihani ishlab chiqish va uni amalga oshirishning turli bosqichlari kiradi. Loyiha siklining boshlang’ich va tugallanish davrlari, g’oyadan to uning moddiy qiymatga ega bo’lganga qadar davrlarni o’z ichiga oladi.
Real investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari.
Iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish faol investitsiya siyosatini o’tkazish bilan chambarchas bog’liqdir. Investitsiya bazasini rivojlantirish va chuqurlashtirish islohotlar strategiyasining muhim shartidir. Iqtisodiyot tuzilishi qurilishining belgilangan yo’nalishlari eksport imkoniyatining kengaytirilishiga, baquvvat investitsiya siyosatini o’tkazish yo’li bilangina erishish mumkin. Buning uchun o’z sarmoyalarimizni ham, tashqi kreditlarni ham bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalarini ham ishga solish zarur.
Investitsiya loyixalarini moliyalashtirish usullari va manbalari xususida so’z yuritishdan avval ular o’rtasidagi farqni anglab olish zarur bo’ladi.
Investitsiya loyixalarini moliyalashtirish usullari va manbalari o’rtasidagi asosiy farq shundan iboratki, investor tomonidan tanlab olingan moliyalashtirish usuli orqali moliyalashtirish manbasi yuzaga keladi. Misol tariqasida, investor tomonidan qabul qilingan qaror asosida tanlangan “kreditlashtirish” usuli orqali “qarz mablag’lari” manbai, yoki “aksionerlashtirish” usuli orqali “jalb qilingan mablag’lar” manbai yuzaga kelishini keltirib o’tishimiz mumkin.