Agar tarbiyachi baland ovozda, bir tekis, rollarga kirmagan holda o’qib bersa bolalar baland ovozdan qo’rqishi yoki bir xillikdan zerikishi mumkin. Shuning uchun o’zgaruvchan bo’lishi kerak. Barcha kitoblarni har xil usulda, rollarga kirgan holda o’qib berishi kerak . O’shanda bolalar qiziqadi, o’ziga kerak bo’lgan bilimlarga ega bo’ladi. Bilamizki bolalar, ko’rganini tezda eslab qoladi shuning uchun tarbiyachi ko’rgazmali metoddan ham foydalangan holda mashg’ulotlarni o’tkazishi kerak bo’ladi. Har bir metodddan o’z o’rnida bajarish zaruz hisoblanadi suhbat va ko’rgazmali metoddan esa ko’proq foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi va men shunday o’ylayman albatt. Ikkala metodni birgalikda ko’proq qo’llash zarur hisoblanadi. Yurtimizda chet tillariga bo’lgan talab ham kundan kunga ortib bormoqda. Bu esa albatta kelajak yoshlarining butun jahonni bilishi , davlatlarga sayohat qilishi, chet davlat texnologiyalarini o’rganib yurtimizga kerakli kadr bo’lishi uchun muhimdir.