413-guruh talabasi Toshmamatova Munisaning Axborot tizimlari fanidan tayyorlagan 1-tajriba ishi Mavzu



Yüklə 48,08 Kb.
tarix05.09.2023
ölçüsü48,08 Kb.
#141532
1-tajriba




413-guruh talabasi Toshmamatova Munisaning Axborot tizimlari fanidan tayyorlagan
1-tajriba ishi
Mavzu: Ma'lumotlar bazasi va banki haqida ma'lumotlar
Tashkiliy boshqaruvning zamonaviy axborot tizimlari qaror qabul qiluvchi mutaxassislar,
rahbarlarga o’z vaqtida, ishonchli axborotlarni kerakli miqdorda olishga, avtomatlashtirilgan
ofislarni tashkil qilish, kompyuterlar va aloqa vositalarini qo’llash bilan tovushli va rasmli
tasvirlarga ega tezkor yig’ilishlarni o’tkazish uchun sharoitlar yaratishda yordam ko’rsatishga
mo’ljallangan. Bunga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalariga o’tish orqali
erishiladi.
Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari - bu, quyidagilarga asoslangan
texnologiyalardir:
- SHK va tashkiliy texnikalarni hamma joyda qo’llash;
- Foydalanuvchilarni (hisoblash texnikasi va dasturli sohada kasb egasi
bo’lmaganlarni) axborot jarayonlarida faol ishtirok etishida;
- Do’stona foyalanuvchi interfeysining yuqori darajasiga;
- Umumiy va muammoli belgilanishdagi amaliy dasturlar paketidan keng
foydalanishga;
- Foydalanuvchi uchun ma’lumotlar bazalari va dasturlarga shu jumladan, SHKning
mahalliy va global tarmoqlari tufayli uzoqdagilarga ham kirish imkoniyatlariga;
- Mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish joyi yordamida boshqaruv qarorlarini
ishlab chiqish va qabul qilishda vaziyatlarni tahlil qilishga;
- Sun’iy bilim tizimlarini qo’llashga;
- Ekspert tizimlarni tadbiq etishga;
- Telekommunikasiyalar vositalaridan foydalanishga;
- Geoaxborotli tizimlar va boshqa texnologiyalarini yaratishga.
Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banki deganda foydalanuvchilar ma’lumotlarining bazalari, bu bazalarni shakllantirish, olib borishning texnik va dasturiy vositalari, tizimning faoliyat yuritishini ta’minlovchi mutaxassislar jamoasi majmuidan iborat bo’lgan tashkiliy-texnik tizim tushuniladi.
Ma’lumotlar bazasining tarkibiy qismlar.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining faoliyat yuritishi ma’lumotlar bazasini tashkil qilishni ikki jismoniy va mantiqiy darajalarda olib borishga asoslangan. Bu ikki daraja ma’lumotlarni tashkil qilishning ikkita jihatiga mos keladi: ma’lumotlarni SHK xotirasida saqlash nuqtai nazaridan jismoniyga va ma’lumotlarda amaliy dasturlardan foydalanish nuqtai nazaridan mantiqiy bo’linadi.

Yüklə 48,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin