SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI respublika ilmiy-uslubiy jurnali 46 Shuni ta’kidlash zarurki. Agroturizm obyekti har bir mavsumda o’ziga xos
tomoshboplik xususiyatiga ega. Agroturlarga qilinadigan sayohatlar yil bo’yi davom
etadi. Mavsumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda agroturlarning quyidagi turlarini
ko’rsatish mumkin:
1.
Bahor mavsumida o’tkaziladigan agroturlar. Bu agroturlar faqat bahorgi
mavsumga xos. Masalan, ekin ekish jarayonlari, “Shoxmoylar”, “Taganak” kabi
marosimlar asosida o’tkaziladigan agroturlar.
2.
Yoz mavsumida o’ztkaziladigan agroturlar. Agrolandshaftlarning yoz
mavsumidagi estetik ko’rinishi va ekinlarning pishiqlik davri bu turning asosiy mezoni
hisoblanadi.
3.
Kuz mavsumida o’tkaziladigan agroturlar. Bunga ekinlarni yig’ib olish
bilan bog’liq jarayonlar va bayram, sayllar o’tkaziladigan agroturlarni misol qilib
ko’rsatish mumkin.
4.
Qish mavsumida o’tkaziladigan agroturlar. Mazkur agroturlar keng
qamrovli bo’lmasa-da, biroq ayrim hududlarda o’ziga xos tarzda amalga oshirilishi bilan
ajralib turadi.
Shuningdek, agroturlarda sayyohlar marshrutlarining masifasi, mahalliy sharoiti,
mavsumga mosligiga qarab ixtiyoriy tarzda turli harakatlanish vositalaridan
foydalanadilar, bunda tanlab olingan harakatlanish vositalariga ko’ra agroturlarni
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Temir yo’l transportida amalga oshiriladigan agroturlar.
Avtotransportda amalga oshiriladigan agroturlar.
Aviatransportda amalga oshiriladigan agroturlar.
Kombinatsiyalashgan (avtomobil, ulovlarda) vositalar yordamida amalga
oshiriladigan agroturlar.
Agroturlarni sayyohlarning yoshi, ijtimoiy ahvoli va kasbiga ko’ra quyidagicha
guruhlash mumkin.
O’quvchilarga mo’jallangan agroturlar.
Talabalarga mo’jallangan agroturlar.
Keksalarga mo’jallangan agroturlar.
Oilaviy agroturlar.
Xorijiy sayyohlarga mo’jallangan agroturlar.
Ilmiy tadqiqotchilar uchun mo’jallangan agroturlar va h.k.
Shunigdek sayyohlarning moddiy imkoniyatiga ko’ra agroturlarni quyidagi
darajalarga ajratish mumkin:
1.
Moddiy imkoniyati yuqori qatlam uchun agroturlar.
2.
Aholining kam ta’minlangan qatlami uchun agroturlar.
3.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam uchun mo’ljallangan agroturlar.
Ko’rsatib o’tilgan tasniflardagi xususiyatlar barcha turistik marshrutlarda
qo’llaniladi. Agroturistik tasnif agroturlarning maqsadi va vazifasiga qarab turli tasnifiy