4/2 issn 2181-1784 sjif 2022



Yüklə 50,34 Kb.
səhifə4/5
tarix25.06.2023
ölçüsü50,34 Kb.
#134975
1   2   3   4   5
investitsiya-faoliyatini-rag-batlantirishda-davlatning-roli

TADQIQOT METODOLOGIYASI


Maqolada abstrakt-mantiqiy fikrlash, umumlashtirish, guruhlash, induksiya va deduksiya, qiyosiy tahlil va sintez kabi usullardan foydalanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR MUHOKAMASI


Investitsiya faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish, birinchidan, cheklangan resurslardan samarali foydalangan holda investitsiyalar dinamikasini ta’minlash, ikkinchidan, pul mablag‘lari tarkibi va soliq imtiyozlaridan unumli foydalanish hisobiga risk va xarajatlarni kamaytirishga asoslanishi lozim. Bu tamoyilning samarali ishlashini ta’minlash davlat tomonidan investitsiya faoliyatini amalga oshirish va rivojlantirish uchun qulay tizim tashkil etishni talab etadi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida [11] belgilangan vazifalar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar asosiy kapitalga kiritilayotgan investitsiyalar o‘sishi va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun xizmat qilmoqda (1-rasm).



  1. rasm. Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning YAIM dagi ulushi, foizda [12]


Mamlakatimizda 2000-2020 yillarda asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar tahlili uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2020 yilda 2000 yilga nisbatan 11,9 foizga o‘sganligini ko‘rsatmoqda. Pandemiya iqtisodiyot boshqa sektorlari qatori asosiy kapitalga kiritilgan investitsiya darajasiga ham salbiy ta’sir etishi natijasida 2020 yilda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning YAIMdagi ulushi 2019 yilga nisbatan 3, 5 foizga kamaygan.
Mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda hududlarning rivojlanish darajasi muhim ahamiyatga egadir. Hududlar mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish va o‘z zimmalaridagi vazifalarini bajarishi bilan birga markaziy davlat budjetiga ham daromad kirituvchi manba hisoblanadi. Agar hududlarning rivojlanish darajasi past bo‘lsa, aksincha ular markaziy davlat budjeti uchun yuk bo‘lib qoladi. Shu sababli ham mamlakat miqyosida investitsiyalash manbalari va hajmlarini muayyan hudud va tarmoqlar bo‘yicha muvofiqlashtirishda, birinchidan, ularning investitsiya jozibadorligi darajasi, ikkinchidan esa, muayyan hudud yoki tarmoqning iqtisodiyotdagi strategik o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun zarur ushbu ustuvor vazifani hal etishda davlatning bevosita aralashuvi ob’ektiv zaruriyatdir.
Investitsiya resurslarining o‘sib borishi hududlarni ishlab chiqarish imkoniyatini oshishi hamda aholi bandligi masalasini ijobiy yechimiga o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazadi. Bu masala ayniqsa o‘tish davri iqtisodiyoti maqomidagi O‘zbekiston Respublikasi uchun strategik ahamiyat kasb etuvchi dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Chunki, tadqiqotlarimiz natijalari shundan dalolat bermoqdaki, 2020 yilda investitsiyalarning o‘zlashtirilishi hududlar salohiyatiga mos ravishda taqsimlanmaganligi ko‘rsatmoqda. Tahillar hududlar kesimida jalb etilgan investitsiyalar ulushining goh pasayib, goh ko‘tarilib turishi asosan davlat tomonidan muayyan hududda istiqbolda strategik ahamiyat kasb etuvchi yirik investitsiya ob’ektlarining joylashtirilishi hamda ma’muriy hududlarning geografik joylashishi, kommunikatsiya ob’ektlarining rivojlanganlik darajasi, iqtisodiy-ishlab chiqarish salohiyati va ijtimoiy jihatlariga bog‘liqligini ko‘rsatmoqda.
Shu sababli hududlarga xususiy investitsyalar kiritishni rag‘batlantirish maqsadida infratuzilma xarajatlari uchun davlat subsidiyasi berish tartibini joriy etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Mamlakatimizda investitsiya muhiti va jozibadorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida 2019 yilda asosiy

kapitalga kiritilgan investitsiyalar darajasi 2015 yilga nisbatan qariyib, 30,0 foizga oshgan.


Mamlakat aholisining bandlik darajasi investitsiya miqdorlari o‘sishiga mos ravishda o‘sib borishi ko‘zatilmoqda. 2019 yil ko‘rsatkichlari bo‘yicha aholi bandligi darajasi mehnat resurslarining 0,9 foiziga o‘sishiga qaramasdan 2 foizga oshgan.

Yüklə 50,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin