Mavzu Majlis bayoni va majlis bayonidan ko‘chirmaning tuzilishi-fayllar.org (1)
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti iltniy kengashi yig‘ilishining 2018-yil 7-dekabrdagi 5-sonli
BAYONNOMASIDAN KO‘CHIRMA QATNASHDILAR:
16 nafar kengash a'zosidan 12 nafari - N.Mahmudov, G‘. Ismoilov, A.Madvaliyev, Y.Odilov, T.Mirzayev, B.Nazarov, N. Karimov, I. Haqqulov, J. Eshonqulov, E. Ochilov, D. Xudoyberganova, L. Xudoyqulova.
KUN TARTIBI:
1. OT-Fl-78 «Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (vazifaviy uslublar tahlili asosida)» ilmiy-tadqiqot loyihasi yuzasidan 2018-yilda bajarilgan ishlaming oraliq hisoboti.
ESHITILDI:
Loyiha rahbari, filologiya fanlari doktori D. Xudoyberganova axboroti: loyiha bo‘yicha quyidagi uch yo‘nalishda ish olib borilmoqda:
1) «Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (vazifaviy uslublar tahlili asosida)»;
2) «O‘zbek tili uslubshunosligi» o‘quv qoilanmasini yaratish;
3) o‘zbek-lotin yozuvidagi ko‘p jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ni nashrga tayyorlash.
1-yo‘nalish nazariy tadqiqot bo‘lib, ish yakunida bir jamoaviy monografiya yaratiladi.
2-yo‘nalishda oliy ta'lim tizimi uchun «O‘zbek tili uslubshunosligi» o‘quv qo‘llanmasi yaratiladi.
3-yo‘nalishda ko‘p jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» lotin alifbosida tuziladi.
Loyiha ijrochilari soni 11 kishi bo‘lib, instituida ishlayotgan tilshunos olimlarning asosiy qismi ushbu ilmiy loyihaga jalb etilgan. Ulardan fan doktorlari - 5 kishi, fan nomzodlari va falsafa doktorlari 4 kishi. Ilmiy darajasiz kichik ilmiy xodimlar va texnik xodimlar 2 kishi.
1-yo‘nalish bo‘yicha - «Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (vazifaviy uslublar tahlili asosida)» mavzusi bo‘yicha 13 bosma taboq hajmidagi ish tayyorlandi. Mazkur ish quyidagi mavzular doirasida bajarildi: tadqiqotning «Kirish» qismiga doir: «O‘zbek tilshunosligining bugungi muammolari», «Vazifaviy uslublar pishiqligi - til taraqqiyoti ko‘zgusi», «XV-XVI asrlarda ilmiy matnlarning o‘ziga xos xususiyatlari (Navoiy asarlari misolida)», «Alisher Navoiy asarlarida badiiy uslub», «Navoiy asarlarida sifatning orttirma darajasi», «Navoiy asarlarida paronimlar va paronomaziya», «Alisher Navoiy asarlarida iqtisodiy atamalar», «Navoiy va o‘zbek adabiy tili» mavzularida; «Ilmiy uslub» qismiga doir: «Ilmiy matn va iqtibos», «Ilmiy matnda ekspressivlik muammosi», «Ilmiy matnda kiritma», «Ilmiy uslub janrlari va turlari», «Terminlarni me'yorlashtirish muammolari», «Ilmiy-individual uslub» mavzularida; «Rasmiy uslub» qismiga doir: «Qonun ijodkorligida uslub masalasi», «Mustaqillik davrida rasmiy uslub taraqqiyoti (morfologik, leksik sathlar misolida)», «Rasmiy uslub sintaksisi», «Rasmiy uslub pragmatikasi», «Rasmiy ish yuritish uslubi», «Rasmiy uslub leksikasi», «Rasmiy uslub morfologiyasi», «Rasmiy uslub sintaksisi», «Rasmiy uslub pragmastilistikasi» mavzularida; «Badiiy uslub» qismiga doir: «Lingvostilistikada ustuvor yo‘nalishlar», «Badiiy matnga lingvomadaniy yondashuv», «Onomastik birliklarning uslubiy xususiyatlari», «Badiiy matnning lingvostilistik tadqiq obyekti xususida» mavzularida; «Publitsistik uslub» qismiga doir: «Publitsistik uslub taraqqiyotida nolisoniy omillar», «Og‘zaki publitsistik uslub», «Globallashuv davri publitsistik matnlarida o‘zlashma va arxaiklashgan so‘zlar», «Erkin A'zamning publitsistik matnda so‘z qo‘llash mahorati», «Publitsistik matnlar sarlavhalarining lisoniy xususiyatlari».
2-yo‘naIish. Loyihaning mazkur yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan «O‘zbek tili uslubshunosligi» o‘quv qo‘llanmasini yozish 2019-yilga mo‘ljallangan.
3-yo‘nalish bo‘yicha - A, B, V, G, D, E, Y, J, Z, I, K, L, M harflari bo‘yicha lug‘at maqolalari lotin yozuviga ko‘chirildi Bu lug‘at maqolalari zamonaviy o‘zbek adabiyoti namunalaridan, davriy matbuot materiallaridan tanlab olingan yangi so‘zlar va illyustrativ misollar bilan to‘ldirildi, tayyorlangan material dastlabki tahrirdan o‘tkazildi. To‘plangan so‘z-varaqchalar soni 5000 tadan oshadi.
Hisobot davrida loyiha ishtirokchilari tomonidan 5 ta kitob (2 ta monografiya, 3 ta darslik va qo‘llanma), 44 ta ilmiy maqola (jumladan, xorijda 5 ta) chop etilgan, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 21 marta ma'ruza qilindi; radio va televideniyedagi eshittirish va ko‘rsatuvlarda 20 marta chiqish qilindi. Muhokamada Y. Odilov, T. Mirzayev, I. Haqqulov, J. Eshonqulov, R. Barakayev, N. Mahmudovlar so‘zga chiqib, ilmiy loyiha bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning o‘zbek va jahon tilshunosligidagi o‘rni, loyiha ijrochilarining o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy jamoatchilik tomonidan e'tirof etilgan yetakchi tilshunoslar ekanligi, bajarilgan ishlarning reja asosidaligi va maqsadga muvofiqligi haqida gapirdilar va ilmiy loyiha bo‘yicha ishlarni davom ettirish maqsadga muvofiqligini qayd etdilar.
Qaror qilindi:
1. OT-F1-78 «Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (vazifaviy uslublar tahlili asosida)» ilmiy-tadqiqot loyihasi yuzasidan 2018-yilda bajarilgan ishlarning oraliq hisoboti ma'qullansin.
2. Mavzu bo‘yicha hisobot davrida 5 ta kitob (2 ta monografiya, 3 ta darslik va qo‘llanma), 44 ta ilmiy maqola (jumladan, xorijda 5 ta) chop etilgani xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 21 marta ma'ruza qilingani, radio va televideniyedagi eshittirish va ko‘rsatuvlarda 20 marta eshittirish va ko‘rsatuvlar uyushtirilgani qayd etilsin.
3. Ilmiy loyiha bo‘yicha ishlarni davom ettirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
4. Hisobot O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligiga topshirilsin.
Kengash raisi N. Mahmudov