42. Xarakat va rivojlanish tushunchalari


Anomal hodisalar nazariyasi



Yüklə 16,5 Kb.
səhifə6/6
tarix20.11.2023
ölçüsü16,5 Kb.
#165170
1   2   3   4   5   6
42. Xarakat va rivojlanish tushunchalari-fayllar.org

Anomal hodisalar nazariyasi
Insonning kelib chiqishi bilan bog‘liqbo‘lgan nuqtayi nazarlarning yuqorida qayd qilingan kamchiliklarini bartaraf qilish maqsadida keyingi yillarda antropogenezning ilk tabiiy zaminlariga e’tibor kuchaymoqda. Jumladan, bunda vulqonlarning tevarak-atrofga ko‘rsatadigan ta’siri, Yerda iqlimning o‘zgarishi, Quyosh va boshqa koinot obyektlaridan keladigan ta’sirlar, radia- tsiyaviy fon va hokazolar to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda. Darhaqiqat, normal holatdagi o‘simlik yoki hayvon, shuningdek, inson ham anomal ta’sir ostida ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlarga uchrashi aniq.
Ma’lumki, Afrika qit’asining janubida Yer ostida jahondagi barcha
uranning 70 foizi mavjud. Fan ma’lumotlariga ko‘ra, ayni shu mintaqa
odamlarning ilk vatani – ularning kelib chiqqan joyidir. Radiatsiyaviy
fon Yer qobig‘ining yorilishi, vulqonlarning faollashuvi, geomagnit
anomaliyalar va hokazolar natijasida kuchayib, bu yerdagi odamsimon
mavjudotlar tanasida mutatsiya – jiddiy o‘zgarishlar hosil qilishi faraz
qilinadi. Mutatsiyalar tufayli primatlarda to‘la tarzda tik yurishga
o‘tish, bosh suyagi hajmining kattalashuvi, jinsiy instinkt tabiatining

o‘zgarishi va hokazolar ro‘y bergan. Inson kelib chiqishining anomal nazariyasida boshqa nuqtayi nazarlardan anchagina ustunlik mavjud. Bu nazariya ba’zi primatlarning insonga aylanishini, boshqalarining aylanmaslik sabablarini, dastlabki odamning ilk tosh qurollardan qadimiyroq ekanini va hokazolarni mantiqan izchil tushuntirib bera oladi. Faqat unda tadrijiylik tamoyillari va ushbu nazariyani tasdiqlovchi misollar hozircha yetarli emas.


http://fayllar.org
Yüklə 16,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin