Kimyoviy Harakat (bunga mole-kulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiatiyasi, ionlar harakti, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy sintez va parchalanish, yonish va ok-sidlanish va b. kimyoviy jarayonlar kiradi);
Biologik Harakat (hayotiy jarayonlar). Ayrim manbalarda kimyoviy Harakatdan keyin moddiy obyektlarning progressiv va regressiv yoʻnalishda rivojlanishiga qarab, yuksaklikka — biologik Harakatga va quyi yoʻnalishiga, inqiroziga qarab — geologik Harakat ham koʻrsatiladi, chunki, yer yuzida jonli organizmlarning halok boʻlishi oqibatida katta-katta materiklar, marjon orollar vujudga keladi.
Ijtimoiy Harakat (jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon boʻlishi). Bulardan tashqari, inson aql-zakovati hamda axborot jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan goyaviy, maʼnaviy koʻrinishdagi Harakat shakllari ham mavjud
Harakatni rivojlanish tushunchasi bilan aralashtirmaslik lozim.Rivojlanish bu – faqat sifat o’zgarishlari natijasida eskining o’rnida yangi paydo boladi,quyidan yuqoriga oddiydan murakkabga o’tish sodir bo’ladi.Harakat tushunchasi rivojlanish tushunchasidan kengroq tushunchadir
83. Insonning kelib chiqishi haqida turli nazariyalar. Asotirlar va dinlarda insonning yaratilganligi to‘g‘risida Dastlabki asotiriy tushunchalarga ko‘ra inson yaratilgan mavjudot hisoblanadi. Shumerliklarningsaqlanib qolgan miflaridan birida tasvirlanishicha, erkak va ayol xudolar suv xudosi bo‘lgan eng dono Enkiga oziq-ovqat va ichimlik miqdorini ko‘paytirish usulini topishini so‘rab murojaat qiladilar. U Yer boyliklari xudosi bo‘lgan xotini Ninmax bilan birgalikda mastlik holatida loydan birinchi odamni nuqsonli qilib yasaydi. Loydan ikkinchi yasalgan odamlar erkak va ayol
bo‘lgan.
Birinchi insonning paydo bo‘lishi xususida qadimgi yunon miflarida hikoya qilinishicha, Olimp cho‘qqisida yashagan xudolardan odamlar tug‘ilgan.
Nasroniylikning muqaddas kitobi «Injil»da aytilishicha, «…Yana Xudo: «O‘z suratimizga ko‘ra, O‘zimizga o‘xshash odamni yarataylik. U dengizdagi baliqlar, ko‘k yuzidagi parrandalar, chorvalar, ha, butun yer yuzi va yerda harakat qiluvchi barcha maxluqot ustidan hokimlik qilsin», dedi … Xudovandi karim yerning tuprog‘idan odamni yasab, uning dimog‘iga hayot nafasini pufladi. Shu yo‘sinda odam tirik jon bo‘ldi»