F1 da donlarning rangi pushti bo‘ldi. F1 o‘zaro chatishtirilib F2 dagi o‘simliklarning don rangiga qarab 5 ta guruhga ajratildi. Ularning miqdoriy nisbati quyidagicha: 1 ta qizil, 4 ta och qizil rangli, 6 ta pushti, 4 ta och pushti rangli, 1 ta oq donli donga ega o‘simliklar. Polimeriya orqali irsiylanish qonuniyatlarini o‘rganishning ahamiyati juda katta. Organizmlardagi, xususan madaniy o‘simlik va uy hayvonlarining inson uchun foydali miqdoriy belgilari polimer genlar ta’sirida irsiylanadi va rivojlanadi. Masalan, uy hayvonlarining og‘irligi, sut miqdori va yog‘liligi, lavlagi ildizmevasidagi shakarning miqdori, g‘alladoshlarda boshoqning uzunligi, makkajo‘xori so‘tasining kattaligi va hokazo.

Genlarning o‘zaro epistaz ta’siri. Fenotipda bir dominant genning allel bo‘lmagan ikkinchi dominant gendan ustunlik qilishi epistaz deb ataladi. Bu qonuniyatning mohiyatini tovuq zotlarida pat rangining irsiylanishi misolidako‘rib chiqaylik. Patlari oq rangdagi ikkita tovuq zotlarining fenotipi bir xil bo‘lsa ham ularning bu belgi bo‘yicha genotiplari har xilligi aniqlandi. Buni tekshirish uchun har ikkalasi ham oq patli tovuq zotlariga chatishti rildi. F1 da hamma duragaylarning pati oq rangli chiqdi. F1duragay avlodidagi xo‘roz va tovuqlarni o‘zaro chatishtirib olingan ikkinchi avlodda patning rangi bo‘yicha ikkita fenotipik guruhga ajralish kuzatildi. Ularning 13/16 qismi oq patli, 3/16 qismi esa qora patli tovuqxo‘rozlar ekanligi aniqlandi.