43-son A. F. Ch. O’ va Ch. T. Ch. O’. I. M. I. ning tarix fani o’qituvchisi Atajonova Nargizning VI sinf tarix fanidan



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə3/5
tarix15.07.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#136616
1   2   3   4   5
Dars-ishlanma.-Qoqon-madaniyati.

2-guruhga savollar.
1. Andijon shahrining nomi qaysi urug’ atamalari bilan bog’liq edi? (andi, adoq)
2. Arablar istilo qilgan davrda Andijon shahri qanday atalgan? (Andukon)
3. Andijon nechanchi asradan Farg’ona vodiysining markazi bo’lgan? (XV asrdan)
4. Qaysi asarda Andijon haqida quyidagi jumlalar keltirilgan… - “Oshlig’i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo’lur”? (Boburnoma)
5. Andijon necha dahaga bo’lingan? (4 dahaga)
6. Mahallalarga kim boshchilik qilgan? (oqsoqol)
7. Farg’onaning qadimgi poytaxti qaysi shahar bo’lgan? (Axsikant)
8. Axsikant nechanchi yilda zilzila natijasida vayron bo’ladi? (1620-yilda)
9. Namangan so’zi qanday ma’no bildiradi? (tuz koni)
10. Namangan shahrining nomi manbalarda nechanchi asrdan boshlab uchraydi (XVII)
11. Namangan aholisi asosan ho’jalikning qaysi turi bilan shug’ullangan? (hunarmandchilik)
12. 1842-1845 – yillarda Namangan shahrida qanday inshoot qurilgan? (shahar atrofi baland devor bilan o’ralgan)


III. Yangi dars mavzusi ustida ishlash:
Bu vazifa o’qituvchi tomonidan hikoya-suhbat usulida amalga oshiriladi. O’qituvchi yangi mavzuni hikoya qiladi va shu jarayonda o’qituvchilarda yuzaga kelgan fikrlarni ham sinf bilan birga muhokama qilib boradi. Bu jarayon o’quvchilarning muhim ma’lumotlarni eslab qolishlariga yordam beradi.


Yangi dars mavzusining mundarijasi:
1. Umarxon va ilmiy-madaniy muhit.
2. Maxmur va Gulxaniy.
3. Uvaysiy.
4. Mohlaroyim – Nodira.
5. Boborahim Mashrab.
Qo'qon xonligida madaniyat ham rivojlanib bordi. Shahar va qishloqlarda ko'plab maktab, madrasa va masjidlar qurilib, yoshlar o'qitilgan, ularga hunar o'rgatilgan. Qo'qonda 120 ta maktab, 40 ta madrasa va masjid, Marg'ilonda 80 ta maktab, 10 ta madrasa va masjidning faoliyat yuritganligi buning guvohidir. Qo'qon xoni Umarxon ilm, madaniyat, san'at, adabiyot rivojiga, madrasalarda o'qish-о'qitish ishlarini yaxshilashga, turli kasb-hunar maktablarining ochilishiga e'tibor bergan, qo'llab- quvvatlagan. Umarxon sa'y-harakatlari natijasida Qo'qonda XIX asr bosh­larida o'ziga xos ilmiy-madaniy muhit vujudga keladi. Uning asoschisi ma'rifatparvar hukmdor va hassos sholr Umarxon (1787 — 1822) edi. Qo'qon ilmiy-madaniy muhitining rivojida Umarxonning umr yo'ldoshi, mashhur sholra Nodirabegimning hissasi katta bo'ldi. Umarxon Amiriy taxallusi bilan ko'plab she'rlar yozgan. Uning atrofida 70 dan ortiq sholr yig'ilgan. 1821- yilda Fazliy Namangoniy Umarxon amriga binoan, 63 sholrning she'rlarini o'z ichiga olgan „Majmuayi sholron" to'plamini tuzgan. 10 ming misradan ortiq o'zbek, fors-tojik tilidagi g'azal, muxammas, tuyuq janrlaridagi she'rlar to'plangan devon yaratilgan. Arab va fors tillaridagi kitoblar o'zbek tiliga tarjima qilindi. Noyob kitoblar iste'dodli xattotlar tomonidan ko'chirildi, nozik tasvirlar bilan bezatildi. Amiriy o'zbek va fors tillarida she'rlar yozdi. Uning g'azallar devoni 1882-yilda Istanbulda, 1905-yilda Toshkentda chop etildi. Amir Umarxon davridagi yirik sholrlardan biri Maxmur (asl ismi Mahmud) XVIII asr oxirida tug'ilib, 1844-yili vafot etgan. Qo'qondagi Madrasayi Mirda o'qigan, keyin Amir Umarxon qo'shinida sipohilik qilgan. Maxmurning hajviy she'rlar devoni saqlangan bo'lib, unda 69 asar (3717 misra) jamlangan. She'rlarida xalqqa jabr yetkazgan amaldorlarni keskin tanqid ostiga oladi. U milliy adabiyotda ijtimoiy hajviyaniyuksakpog'onagako'taradi. „Hapalak" she'rida Hapalak qishlog'idagi manzarani aks ettirsa-da, aslida bu she'r butun xonlik hududidagi manzarani ifodalar edi. Mazkur she'rda quyidagi satrlar bitilgan edi:
Xalqini ko'rsang agar, o'lasi-yu qoq-u xarob,
Ochligidan egilib, qomati misli kamalak.
Bori yo'q uylarini banda bayon gar qilsam,
Bir katak, ikki кара, uch olachuq, to 'rt katalak.
O'zbek mumtoz adabiyotining tanqidiy yo'nalishini rivoj- lantirgan Maxmur merosi keyingi davrdagi qalam ahlining hajviygo'ylik ijodiga samarali ta'sir ko'rsatdi.
Bu davr adabiyotining yana bir yirik namoyandasi Gulxaniy (Muhammad Sharif) bo'lgan. U 1770-yilda hozirgi Tojikistonning Tavildara tumanida tug'ilgan. Boshlang'ich ta'limni qishlog'ida olgan. Muhtojlik oqibatida Namanganga kelib mardikorlik qilgan. Keyinchalik Qo'qonda istiqomat qiladi. Bu yerda hammomda go'lax (o't yoquvchi) bo'lib ishlaydi. Shu boisdan „Gulxaniy" taxallusi bilan ijod qilgan. Gulxaniy o'zbek adabiyotida poeziyaga masalni mustaqil janr sifatida birinchi bo'lib kiritgan ijodkor edi. Gulxaniyning butun sharq adabiyotida mashhur hisoblangan asari ,,Zarbulmasal"dir. Asardagi „Maymun va Najjor", „Tuya bilan Bo'taloq", „Toshbaqa bilan Chayon" kabi masallari chuqur axloqiy-ta'limiy ahamiyatga ega. Asardagi Yapaloqqush va Boyo'g'li, Ko'rqush va Hudhud, Kulonkir sulton va Malik shohinlarning o'zaro murakkab muno­sabatlari asosida o'z davri ijtimoiy hayotining haqiqiy manzarasini tanqidiy ifodalab beradi.
Qo'qon adabiy muhitini Jahon otin — taxallusi Uvaysiy (1780—1841) va Mohlaroyim — Nodiralar ijodisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Uvaysiy oilasi o'z davrining ilg'or va ma'rifatli oilalaridan edi. Otasi ham o'zbek, ham tojik tilida qalam tebratgan. Oiladagi muhit Uvaysiyda ijod qobiliyatini yuzaga chiqardi. Uvaysiy Navoiy, Lutfiy, Bobur, Fuzuliy va Jomiy ijodlarini qunt bilan o'rgandi.
Amir Umarxon Marg'ilon hokimi bo'lib turgan yillarda (1806— 1807) Uvaysiy el orasida tanilgan sholra edi. Undagi sholralik iste'dodi Umarxonning xotini Nodirani o'ziga rom etgan. Umarxon Qo'qon taxtiga o'tirgach, Uvaysiy Qo'qonga taklif etilgan. Bu yerda u juda ko'p yoshlarga murabbiylik qilgan. Nodira bilan ijodiy hamkorligi qaror topgan.
Uning ijodi xalqparvarligi bilan ajralib turadi. Uvaysiyning adabiy merosida 269 g'azal, 29 muxammas, 3 doston va boshqalar bor. Asarlarida insonni e'zozlash, do'stlik, vafo, sadoqat g'oyalari, el-yurt dardi, xalq hasrati kuylanadi. Uvaysiy ijodining yuksak badiiyligini uning anor haqidagi quyidagi she'ri misolida yaqqol ko'rish mumkin:
Bu na gumbazdir, eshigi, tuynigidan yo'q nishon, Necha gulgun рок qizlar manzd aylabdur makon. Tuynigin ochib, alarning holidan olsam xabar, Yuzlarida parda tortug'liq tururlar, bag'ri qon.
Mohlaroyim — Nodira O'zbek sholrasi, ma'rifatparvar davlat ar­bobi Mohlaroyim — Nodira (1792 — 1842) Andijonda tug'ilgan. Otasi Rahmonqulbiy Andijon hokimi bo'lib, Qo'qon xoni Olimxonning tog'asi edi.Umarxon Marg'ilonga hokim etib tayinlanganidan keyin Nodiraga uylangan. Nodira Uvaysiy bilan tanishgach, uni yosh bolalar va kanizaklarni o'qitish uchun muallimlikka taklif etadi. Nodira 14 yoshli o'g'li Muhammad Alixon taxtga o'tirgach, davlatni idora etishda faol ishtirok etadi, madrasalar qurdiradi.Nodira olimlar, xattot va naqqoshlarni Qo'qonga to'plagan, ko'p kitoblarni qayta ko'chirtirgan. Kitob muqovasining did bilan ishlanishiga e'tibor beradi. Yaxslii xattotlarga, naqqoshlarga tilla qalam, kumush qalamdon sovg'a qilgan.Nodiraning o'zi ham o'zbek, ham tojik tillarida ijod qilgan. Mohlaroyim Nodira taxallusida 180 she'r jamlangan devon, Komila taxallusida 19 g'azal, Maknuna taxallusida 333 g'azaldan iborat devon yozgan. Nodiradan 10 ming misraga yaqin lirik adabiy meros qol­gan. Uning she'riyati asosini lirika tashkil etadi. She'rlarida muhabbat, sadoqat, mehr-vafo, ayni paytda, Sharq xotin-qizlarining dard-alamlari, oh- ftg'onlari kuylanadi.Bundan tashqari, Nodira Navoiy, Fuzuliy va Bedil g'azallariga muxam- maslar ham yozgan.
Qo'qon xonligida ijod qilgan ulug' in- sonlardan biri iste'dodli sholr Bobo­rahim Mashrab edi (1640 — 1711). U Namanganda tug'ilgan. 7 yoshligida xat-savodi chiqqan. 15 yoshidan boshlab tasavvuf ilmini egallay boshlagan. 18 yil davomida dunyoning juda ko'p mamlakatlarini kezib chiqqan.
Mashrab o'z she'rlarida hukmron tabaqalarning mehnatkash xalqqa o'tkazgan jabr-zulmlarini, ochko'zligini, ba'zi ruho- niylarning, eshonlarning avom xalq ruhini do'zax va oxirat azoblari bilan dahshatga solayotganligini ayovsiz fosh etadi. Xalqning og'ir, ayanchli ahvoliga achinadi. Mashrab bitgan quyidagi satrlar buning dalilidir.
Dili tig'i sitamdin pora bo'lg'on xalqni ko'rdim,
Tani dard-u alamdan yora bo'lg'on xalqni ko'rdim.
Mashrab asarlari to'plangan devon haqida manba topilmagan. Uning „Devoni Mashrab", „Devonayi Mashrab", „Eshoni Mashrab" nomlari ostida xalq orasida tarqalgan qo'lyozma va toshbosma shaklidagi qissalari qolgan.Mashrab dinga shak keltirganlikda ayblanadi va 1711-yili g'animlarning ig'vosi bilan Balx hokimi Mahmudbiy Qatag'on tomonidan o'limga hukm etiladi.



Yüklə 73,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin