Foydalanuvchi interfeysi. OS tomonidan beriladigan interfeys turli toifa odamlarga EXM bilan muloqatni o`ng`ay qilishga qaratilgan. Foydalanuvchi uchun buyruqlar tili mavjud bo`lib, uning eng soddasi menyudir. Murakkab tizimlarda OS muloqatning bir necha turi bo`lishi mumkin. Mutaxassis bo`lmagan foydalanuvchilarga EHMda ishlash uchun soda buyruqlar tili yaratilgan. Mutaxassis programma tuzuvchilar uchun masalalarni boshqarish tili deb nomlanuvchi kuchli va murakkab til mavjud. Bulardan tashqari operatorlar uchun maxsus tillar mavjud bo`lib, ular bu orqali masalalar bajarilishini to`xtatish, holatini aniqlashi va tashqi tasirlarni boshqarishlari mumkin. OS va foydalanuvchi interfeysini qo`llash uchun OS standart servis programmalariga ega bo`lishi kerak. Masalan, SHEXM da
klaviaturadan o`qish, ma`lumotlarni ekranga chiqarish programmalari, murakkab EXMlarda masofadagi terminal ishini taminlash, chop qilish qurilmasini boshqarish, lokal tarmoq va EXM lar o`rtasidagi bog`lanishni taminlash programmalari.
Operatsion qamrov. OS eng muxim vazifalardan biri foydalanuvchilar masalalarning operatsion qamrovini taminlashdir. Bu taminlash bir qancha servis programmalardan iborat bo`lib, ular topshiriq (masalani) yechish jarayonida foydalaniladi va foydalanuvchi talabiga muofiq mashina resurslarini ajratish va boshqarishni taminlaydi. OS tomonidan ko`rsatiladigan xizmat sifatida o`qish- yozish funsiyasini ko`raylik. SO`M uchun tuzilgan programmada o`qish-yozish uchun (bir baytni) takrorlovchi jarayonni tashkil qilish kerak edi (RD yoki WD). Xatolarni aniqlash va bartaraf qilish foydalanuvchi (programma tizuvchi) zimmasiga yuklatilgan edi. O`qish-yozishni OS tomonidan bajarilish masalani keskin osonlashtiradi. Bunda standart programmaga kerakli qurilma identifikatori va parametrlarini berish yetarli hisoblanadi. Bu turdagi standart servis programmalar mashinaning kengaytmasi sifatida qaralishi mumkin. Har bir OS ko`p sondagi servis programmalarga ega bo`lib, ular kengaytirilgan mashinana tashkil qiladi va foydalanuvchi programmasi ishlash paytida ishlatiladi. Foydalanuvchi programma tuzayotganda OS ning asosiy apparat kengaytmasi darajasigacha bilish shart bo`lmaydi. Ayrim hollarda kengaytirilgan mashina virtul mashina deyiladi, biroq bu termin boshqa ma`noda ham ishlatilishi mumkin. Multiprogramma rejimli OS da foydalanuvchi progrmmasi talabi bo`yicha EHM resurslarini taqsimlaydigan standart xizmatchi programmalar mavjud. Ular foydalanadigan programma uchun operativ xotirani va markaziy protsessorni oldindan aniqlangan strategiya bo`yicha topshiriqlar o`rtasida taqsimlaydi. Ayrima
tizimlarda foydalanuvchilar programmalari OS funksiyalarini bevosita chiqarishi mumkin. Bu holda OS hujjatlarida standart servis programmalar va berilganlar sohalari real adreslarda beriladi. Masalan, o`qish-yozish programmalari xotiraning 238 adresida joylashganaligini bilgan holda foydalanuvchi JSUB 238 buyrug`i orqali bu programmalariga murojaat qilishi mumkin. Lekin bu usulning xatoliklarga olib kelish ehtimoli katta va u OS himoyalarini cheklab o`tadi.
Nisbatan takomillashgan OS da OS funksiyalariga murojaat maxsus mashina buyruqlari-supervizorni chiqarish (SVC-Super Visor Call) orqali amalga oshiriladi. Bu buyruqni bajarilishi uzilishni chaqiradi va natijada boshqaruv standart servis programmaga uzatiladi. SVC bilan birga beriladigan kod OS so`rov turini (funksiyani) aniqlaydi. Uzilish chaqirilganda markaziy protsessor foydalanuvchi rejimidan supervizor rejimiga o`tadi. Bu holatda OS buyruqlaridan va vositalaridan foydalaniladi. OS ko`p tashkil qiluvchilari shu rejimda ishlaydi. Foydalanuvchi rejimida OS funksiyalari, markaziy protsessorning himoya bayroqlari o`zgartirishi yoki boshqa rejimiga o`tkazishi mumkin emas.