Said AHMAD (1920-2008) M uhtaram o'quvchi, yozuvchi Said Ahmad nomi Sizga tanishmi? Bir o'ylab ko'ring-a, Siz uni, albatta, taniysiz. «Kelinlar qo'zg'oloni» nomli spektaklni yoki kinofilmni har yili kamida ikki marotaba respublikamiz televideniyesi namoyish etadi. Siz uni ko'rmagan bo'lishingiz mumkin emas. Ko'rgan bo'lsangiz, demak Said Ahmad nomi ham Sizga ma'lum. O'zbekiston xalq yozuvchisi, «0'zbekiston Qahramoni» Said Ahmad Husanxo'jayev 1920-yilning 10-iyunidaToshkent shahrining «Samarqand darboza» mahallasida tug'ilgan. Avval o'rta maktabda, so'ng Navoiy nomli pedagogika institutida o'qigan. Bo'lajak yozuvchining ilk mashqi — «Ishqi- boz» nomli hajviy hikoyasi o'n olti yoshlarida «Mushtum» jurnalida chop etilgani uchun uning dastlabki ish faoliyati ham shu jurnal bilan bog'liq.
Ikkinchi jahon urushi yillari Said Ahmad vO'tgan asrning 50-yillari boshlarida yozuvchi ko'plab ziyolilar qatorida qatag'onga uchrab, «xalq dushmani» degan tuhmatlar bilan qamaladi. Bu siyosat qoralangandan so'ng Said Ahmad ham nohaq jazodan ozod etilib, o'z oilasiga qaytadi. O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo'lib ishlaydi. Said Ahmadning birinchi kitobi «Tortiq» nomli hikoyalar to'plami bo'lib, 1940-yilda nashr etilgan. Shundan so'ng uning «Er yurak» (1942-yil), «Farg'ona hikoyalari» (1948-yil), «Muhabbat» (1949-yil) to'plainlari. <Said Ahmad keyingi yillarda yana bir qator yangi hikoyalar va xoti- ralar to'plamlari e'lon qildi. Ayniq^a. Oybek, G afur G'ulom, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Shuhrat, Saida Zunnunova. 0 1 mas Umarbekov kabi adabiyotimizningzabardast vakdlari haqidagi xotiralan keng e'lirof topdi. Adibning ko'pgina asarlari xorijiy t.Ilarga ham tanima qilingan.
Said Ahmad 2008-yilda vafot etdi