29
Darsda to‘p uloqtirish chog‘ida quyidagilarga e’tibor
berish kerak.
Bir nechta o‘quvchi to‘pni ishora berilgandan so‘ng
uloqtiradi va o‘qituvchi ruxsati bilan yig‘ib olinadi. Barcha
tomoni yaxshi ko‘rinib turadigan keng maydon, sayhonlik
uloqtirish mashqini o‘tkazish uchun eng qulay joy hisob-
lanadi. Uloqtirish paytida maydonda ortiqcha odam bo‘l-
masligi lozim, aks holda to‘p ularga tegib, noxush voqea
ro‘y berishi mumkin.
Uloqtirish mashqlarini tez-tez va mumkin qadar kun
bo‘yi bajarish kerak. Bunda turli narsalardan: nayza, yog‘och,
tayoqcha, rezina trubkalar (30—40 sm) va boshqalardan
foydalanish mumkin. Bunda, ayniqsa, yugurib kelib uloq-
tirish juda foydali hisoblanadi.
O‘quvchilar to‘pni to‘g‘ri uloqtirishga o‘rganar ekanlar,
mashqlarni quyidagi tartibda bajaradilar:
a) to‘pni to‘g‘ri ushlab, to‘pli qo‘lni to‘g‘ri uzatib,
to‘pning yo‘nalishiga qaraydilar;
b) to‘pli qo‘lni qamchi urgandek oldinga-yuqoriga qilib
siltab va oyoqni bir qadam oldinga qo‘yib otadilar;
d) to‘pni oyoq, gavda kuchini bir yerga to‘plab uloqti-
radilar va to‘pni uloqtirgach, oyoqni bir qadam oldinga
qo‘yadilar;
e) to‘pni bir-bir qadam bosib (halqadan halqaga qadam-
lagandek) uloqtiradilar;
f) to‘pni oddiy yurayotib va 3 qadam yugurib kelib
uloqtiradilar;
g) to‘p to‘g‘ri tushishi uchun uni 3—5 qadam yugurib
kelib (belgidan), uch urinishda uloqtiradilar — sinfdoshlar
baholaydilar;
h) to‘pni yugurib kelib kuch bilan uzoq masofaga otadilar;
i) to‘pni uloqtirib, o‘quv me’yori topshiriladi va chem-
pion aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: