21
„ Diqqat“
buyrug‘i berilganda, orqada turgan oyoq tizzasi
yerdan uziladi, gavda og‘irligi to‘rt „nuqta“ga — qo‘l va
oyoqlarga taqsimlanadi (15-
b
rasm).
„ Yugur“
buyrug‘i berilganda gavda darhol to‘g‘rilanib,
orqada turgan oyoq bilan birinchi qadam qo‘yiladi, qo‘llar
bilan keskin harakat qilinadi, so‘ngra ikkinchi, uchinchi va
hokazo qadamlar qo‘yiladi. 6—8 qadamdan keyin gavda
butunlay to‘g‘rilanib olinadi (15-
d
rasm).
Sportchi muayyan masofaga yugurishni boshlaganda
oyoq kaftinigina bosib, katta-katta qadamlar tashlab, qo‘llar
bir xil harakatlantiriladi; qo‘llar tirsakdan bukilib, ular
musht qilib olinmaydi, gavda oldinga biroz egilgan bo‘lib,
bel unchalik bukilmaydi, tishlarni bir-biriga qattiq bosil-
maydi, og‘izni ham qattiq yumib olinmaydi. Harakatlarni
erkin bajarishga intilinadi.
Finishga, chamasi, 10—15 metrlar qolganda, yuguruvchi
erkin harakatni saqlagan holda oldinga qaraydi, yelkasini
to‘g‘rilaydi, diqqatini bir nuqtaga qaratib, tezlikni susaytir-
may, finish chizig‘ini kesib o‘tadi (16- rasm).
Dostları ilə paylaş: