15
turib, mumkin qadar oldinga engashish va qo‘lni yerga
tekkizish. Mashqni 6—8 marta takrorlash.
7. D.h.
Chap
oyoq tizzadan bukilgan, o‘ng oyoq yon
tomonga uzatilgan, qo‘llarni yerga qo‘yish.
1—2 sanog‘ida to‘rt marta chap oyoqni prujinasimon
harakatlantirish. 3—4 sanog‘ida shu mashqni o‘ng oyoqda
bajarish. Harakat chog‘ida qo‘l mumkin qadar yerdan uzil-
masligi darkor.
8. D.h.
Oyoqlarni
yelka kengligida ochib, tizzalarni buk-
may oldinga egilish.
1 deganda oyoq uchlariga ko‘tarilib, tizzalarni bukmay,
kaftlarni yerga qo‘yish. 2 deganda dastlabki holatga qaytish.
Mashqni 8—12 marta takrorlash.
9. D.h.
Oyoqlarni yelka kengligida ochib, tizzalarni
biroz bukish, qo‘llar bosh orqasida bir-biriga zanjirsimon
bog‘langan, tirsaklar yon tomonga yozilgan. 1 deganda gav-
daning yuqori qismini qimirlatmay tosni oldinga, 2 de-
ganda tosni orqaga harakatga chiqarish.
Mashq keskin va
tez bajariladi. Uni 8—12 marta takrorlash.
10. D.h.
O‘ng oyoqni tizzadan bukib, oldinga keng
qadamlab, chap oyoqni esa orqaga uzatib oyoq uchiga
qo‘yish va qo‘llarga tayanish. 1—7
deganda prujinasimon
harakatlarni o‘ng oyoqda bajarish. 8 deganda sakrab oyoqlar
holatini almashtirish. 9—15 deganda to‘rt marta chap oyoqda
prujinasimon harakat qilish, 16
deganda oyoqlar holatini
almashtirish. Mashqni 6—8 marta takrorlash.
11. D.h.
Oyoqlarni juftlashtirib tizzadan biroz bukib,
qo‘llarni tizzalar ustiga qo‘yish. 1—2 sanog‘ida qo‘llarni
siltab tepaga ko‘tarish, chap oyoqni siltab orqaga bukish,
3—4 sanog‘ida dastlabki holatga qaytish. 5—6 sanog‘ida shu
mashqni o‘ng oyoq bilan bajarish. 7—8 deganda dastlabki
holatga qaytish. Mashqni 8—12 marta takrorlash.
12. D.h.
Chap oyoq uchlari orqada, qo‘llar
yuqoriga
ko‘tarilgan. 1—2 deganda chap oyoqni siltab tepaga
ko‘tarish. 3—4 deganda dastlabki holatga qaytish. Siltash
harakatini 8 marta bajarish. Shu mashqni boshqa oyoqda
bajarish. Mashqni 4 martadan takrorlash.
16
13. D.h.
Chap oyoq oldinga cho‘zilgan, qo‘llar ikki
tomonga cho‘zilgan. 1—2 deganda
chap oyoqni yon tomon-
ga siltash, 3—4 deganda dastlabki holatga qaytish. Mashqni
8—12 marta takrorlash.
Nihoyat, har kim o‘zi xohlagan tinchlantirishga mo‘ljal-
langan mashqlarni bajarishi mumkin (13- rasm).
Ritmik gimnastikadan tashqari, sportning yana badiiy
gimnastika turi ham mavjud bo‘lib, badiiy gimnastikaga
kiruvchi ko‘pgina harakatlar ritmik
gimnastika harakatlaridan
kam farq qiladi. Biroq badiiy gimnastika o‘zining bir qator
o‘ziga xos elementlariga egaki, ularning bajarilish texnikasi
xoreografik mashqlar texnikasidan tubdan farq qiladi. Bun-
day elementlarga prujinasimon harakatlar, „to‘lqin“ kabi
harakatlar, siltashlar, yurish va yugurishning ba’zi turlari
hamda xoreografiyada qo‘llaniladigan
maxsus sakrashlarni
kiritish lozim (14-
a, b, d
rasmlar). Barcha elementlar
erkin mashqlarda keng qo‘llaniladi.
13- rasm.
17
2 — T. S. Usmonxo‘jayev va boshq.
Dostları ilə paylaş: