8
Ikki usulda arqonga tortilib chiqish
. Avval qo‘llarni
to‘g‘rilab, arqon mahkam ushlab olinadi. So‘ng oyoqlarni
tizzadan bukib ko‘krak tomon
tortiladi va arqon panja-
tovonlar bilan mahkam qisib olinadi. „Bir“ deganda,
oyoqlar to‘g‘rilanib, qo‘llar bosh tomon ketma-ket siljitiladi.
„Ikki“ deganda, shu harakat yana takrorlanadi. Mashq
shunday davom ettiriladi.
Esingizda saqlang!
Arqon faqat oyoqlarning panja-
tovonlari bilan qattiq qisib ushlanadi, tizzalar bilan emas.
Hatto qo‘llar toliqqanda ham,
oyoqlar bilan arqonni
mahkam qisib turaveriladi. Arqondan qaytib tushayotganda
ham qo‘l va oyoqlarni ketma-ket ishlatib tushish lozim
bo‘ladi. Sirpanib tushish aslo mumkin emas.
SPORT ANJOMLARI YORDAMIDA
MASHQLAR BAJARISH
Turnikda osilib tortilish.
O‘g‘il
bolalar baland turnikda
oyoqlarini yerga tekkizmay, qo‘llarini tepadan ushlab, osilib
tortiladilar. Agar o‘quvchilardan biri mashqni bajara olmasa,
unda ular oldin past turnikda chalqancha yotib, oyoqlarini
yerga tayanch qilib tortilishni mashq qiladilar.
Shundan
so‘ng turnikka sakrab osilishni, osilib turishni o‘rganadilar.
Sizlar endi ushbu mashq elementlarini avval past tur-
nikda bajarasizlar. Buning uchun turnikka yaqin turib, qo‘l-
lar bilan turnikning tepasidan ushlab,
bir oyoq bilan
oldinga-tepaga siltanib, keyin aylanib, qo‘llarni turnikka
tayanch qilgancha to‘g‘rilanib, gavda tiklab olinadi. Shun-
dagina ikkala oyoqlar bilan depsinib, turnikka aylanib chi-
qishning uddasidan chiqadigan bo‘ladilar (3- rasm).
3- rasm
.
9
Turnikda mashq bajarish uchun nimalar qilinadi? Tur-
nik oldiga kelib turiladi. Ikkala oyoqni baravar qo‘yib,
biroz oldinga engashiladi va tepaga irg‘ib sakrab, turnik
ushlab olinadi.
Bir aylanib, qo‘llar to‘g‘rilanadi. Turnik-
dan tushishda oyoqlarni orqaga biroz siltab, qo‘llar qo‘yib
yuboriladi. Mahalla yoki hovlingizda turnik bo‘lsa, buni
doimo mashq qilib tursangiz, yaxshi natijalarga erishasiz.
Dostları ilə paylaş: