5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

4- rasm.
5- rasm.
6- rasm.


11
cho‘kka tushib turib, kuragida turayotgan sherigiga yordam
berib, uni belidan, oyoqlaridan ushlab tik holatda turishga
yordamlashadi.
Peshanada qo‘llar yordamida tik turish.
Bu mashqni
bajarish uchun avval cho‘qqayib o‘tiriladi. Qo‘l kaftlarini
polga yelka kengligida qo‘yib, so‘ng peshanani kaftlardan
biroz oldin qo‘yiladi, go‘yo uchburchak hosil qilinganday.
Shundan keyin oyoqlar bilan itarilib, oyoqlarni bukkan
holda, bir necha soniya ushlab turiladi va tik qilinadi. Shun-
dan so‘ng yana qayta dastlabki holatga qaytiladi. Yordam
beruvchi yon tomonda tizzalarda turib mashq bajaruvchi-
ning oyog‘i va belidan ushlab turadi (7- rasm).
Chalqancha yotgan holatdan „ ko‘prikcha“ holatiga o‘tish.
Bu mashqni bajarish uchun dastlab chalqancha yotiladi,
so‘ng qo‘llarni boshning orqasiga bukib tiraladi, oyoqlar
yelka kengligida ochilgan bo‘ladi. „Bir“ deganda, oyoqlar
tizzadan bukilib, tovonlar to‘shakka tiraladi. Shundan keyin
qo‘l va oyoqlar to‘g‘rilanib, „ko‘prikcha“ holatiga o‘tiladi
(8- rasm).
Ushbu holat 2 — 3 soniya ushlab turiladi. So‘ngra dastlabki
holatga qaytiladi. „Ko‘prikcha“ mashqi qorin, bel, qo‘l va
oyoq mushaklarini yaxshi rivojlantiradi.
„Ko‘prikcha“ sherik yordamida bajarilganda sherigi
mashq bajaruvchiga yordam berishi va xavfsizlik chorasini
ko‘rishi kerak.
Tik turgan holatdan „ ko‘prikcha“ holatiga o‘tish
. Bu-
ning uchun tik turganda oyoqlar yelka kengligida qo‘yiladi,
qo‘llar tepaga uzatiladi. Kaftlar oldinga qaratilgan bo‘ladi.
Gavda orqaga qarab beldan egiladi va muvozanat saqlashga
8- rasm.
9- rasm.
10- rasm.


12
harakat qilinadi. „Ko‘prikcha“ holatiga o‘tayotganda imkon
qadar qo‘llarning kaftiga qarash lozim (9- rasm).
Yordam beruvchi shu payt beldan ushlab turishga intiladi.
Tayanib sakrash.
Siz, aziz o‘quvchilar, buning uchun
avval ikki oyoqlab sakrashni o‘zlashtirib olishingiz kerak.
Bunda ko‘prikchaga depsinib chiqib, sakrash bajariladi,
so‘ng ikkala oyoqqa tushiladi. Qizlar sakrashni quyidagicha
bajaradilar: ular uzoq bo‘lmagan masofadan yugurib kelib
ko‘prikcha ustiga ikkala oyoq bilan chiqadilar, qo‘llarini
to‘g‘riga cho‘zib, „kozyol“ ustiga qo‘yib, tayanch hosil
qilib o‘tiradilar. Shundan so‘ng, qo‘l va oyoqlari bilan
itarilib, qo‘llarni tepaga ko‘tarib, yerga tizzani biroz bukib
ikki oyoqlab tushadilar. Mashq chog‘ida xavfsizlik ta’min-
langan bo‘lsagina, sakrashga ruxsat beriladi (10- rasm).
„ Kozyol“ ustidan oyoqlarni yozib sakrash.
Buning uchun
qisqa masofadan yugurib kelib ko‘prikcha ustiga ikkala oyoqni
qo‘yib depsinib, „kozyol“ ustiga qo‘llarni cho‘zib qo‘yiladi
va „kozyol“dan tezda itarilib, birdaniga ikkala oyoqni yozi-
ladi hamda belni biroz orqaga egib, bosh ko‘tariladi. Shu
holatni iloji boricha saqlab qolib, yerga sakrab tushish
oldidan gavda biroz orqaga tashlanadi, so‘ng oyoq tezda
juftlab olinadi (11- rasm). Xavfsizlikni saqlovchi sakrovchi-
ning tirsagi yuqorisidan ushlab qoladi.
Sakrashga o‘tishdan ilgari quyidagi mashqlarni bajarish
foydadan xoli bo‘lmaydi: a) turgan joydan depsinib tepaga
sakrash, oyoqlarni yozib, qayta juftlashtirish; b) yotgan ho-
latdan qo‘llarni tayanch qilib birdaniga sakrab turish,
oyoqlarni yozgan holatda bukilib — yerga tayanish va dast-
labki holatga qaytish; d) oyoqlarni yozib sakrash.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin