14
deganda qo‘llarni yon tomonga uzatib, kaftlarni ochish va
chap tomonga egilish; 3—4 deganda dastlabki holatga qay-
tish. 5—6 sanog‘ida shu mashqni o‘ng tomonga bajarish;
7—8 deganda dastlabki holatga qaytish. Mashqni 8—12 mar-
ta takrorlash.
4. D.h.
Oyoqlarni yelka kengligidan kengroq qo‘yish,
qo‘llar bosh orqasida, kaftlar zanjir qilib ushlangan, qo‘llar
tirsaklardan bukilgan. 1—4 deganda 2 marta o‘ng tomonga,
5—8 deganda 2 marta chap tomonga egilish. Qomatni bukib
qo‘llarni oldinga uzatish. 9—12 sanog‘ida oldinga ikki marta
engashib-turish. 13—16 deganda qo‘llar belda, bosh orqaga
tashlangan holatdan 2 marta prujinasimon egilib-turish.
Mashqni 4—8 marta takrorlash.
5. D.h.
Oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar orqada bar-
moqlar zanjir qilib ushlangan. 1—8 deganda boshni to‘g‘-
riga qaratib oldinga 4 marta prujinasimon egilib-turish.
9—16 sanog‘ida oldinga mumkin qadar ko‘p egilib-turish
(8 marta).
6. D.h.
Oyoqlar yelka kengligidan kengroq ochilgan.
1—2 deganda o‘ng qo‘lni yuqori, chap qo‘lni o‘ng oyoqning
tizzasiga qo‘yib-ko‘tarib, 3—4 deganda dastlabki holatga
qaytish. 5—6 sanog‘ida shuning o‘zini chap tomonga baja-
rish, 6—7 deganda dastlabki holatga qaytish. 8—9 sanog‘ida
o‘ng oyoqni yonga uzatib, engashib, qo‘lni yerga tekkizish.
Mashqni 4 marta takrorlash. 10—16 sanog‘ida oyoq uchida
Dostları ilə paylaş: