5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun


JISMONIY TARBIYADAN TOPSHIRIQLAR



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

JISMONIY TARBIYADAN TOPSHIRIQLAR
Salomatlikni mustahkamlashning eng muhim omili —
bu to‘g‘ri jismoniy rivojlanish va turli harakatlarga tayyor
turish. Oldingi darslarda o‘tilganlarni mustahkamlashning
eng odilona yo‘li — bu jismoniy tarbiyadan berilgan uy
vazifalarini o‘z vaqtida, muntazam ado etib bormoqdir.
Dars paytida o‘quvchilarning ko‘p bo‘lganligi sababli, usto-
zingiz sizga yetarli e’tibor berishga ulgurmay qolgan bo‘lishi
mumkin. Shu narsaning o‘rnini to‘ldirishda sizga uy vazifalari
yordam beradi. Vazifalarni muntazam bajarib borishingiz
esa sizda kelajak maqsadingizga erishish yo‘lida uchragan
to‘siqlarni yengib o‘tish sifatlarini tarbiyalab borishi tabiiy.
Shulardan kelib chiqib, shug‘ullanish uchun uyga va-
zifalar tanlab olayotganimizda sizlarning yoshingiz, o‘ziga
xos jismoniy tomonlaringiz, o‘g‘il bolalar va qizlarning
jismoniy imkoniyat darajalarini hisobga oldik. Qolaversa,
bu mashg‘ulotlar aynan uy sharoitida bajarilishi qulay
bo‘lishiga ham e’tibor berdik. Umid qilamizki, uyga tavsiya
etayotgan vazifalarimiz sizning salomatligingizni mustah-
kamlashga yordam beradi.
Biz quyida berilayotgan vazifalarni o‘quv dasturining
talablaridan kelib chiqib, shuningdek, siz shug‘ullanayotgan
sportning sir-asrorlarini puxta egallashda ko‘mak beradi,
degan niyatda tuzdik. Mashqlarning ko‘pchiligini uy sha-
roitida, ba’zilarini esa ko‘cha yoki xiyobonlarda o‘z teng-
qurlaringiz bilan amalga oshirishingiz mumkin.


119
Yengil atletikadan darslar o‘tilayotganda quyidagi
mashqlarni bajarishni uyga vazifa sifatida tavsiya etamiz:
1. Ertalabki badantarbiya — gimnastikaga oid 6—8
mashqdan iborat.
2. Sog‘lomlashtiruvchi asta yugurish 7—8 daqiqa.
3. Oyoqning tizza va son qismini yuqori ko‘tarib, bir
joyda yugurish (10 soniyadan, 2—3 marta).
4. Arg‘amchida bir daqiqa davomida sakrash.
5. Tepalikka tez chiqish va tushish. Bu mashq 20 m
masofa oralig‘ida 5—6 marta bajarilsa, to‘g‘ri bo‘ladi.
6. Tennis koptokchasini mo‘ljalga otib tekkizish (10—
13 marta).
7. Uzunlikka xuddi „baqalardek“ sakrash (10—12 marta).
8. Avval o‘ng, keyin chap oyog‘ingizda 20 martadan
sakrang (mashqni 2—3 marta takrorlang).
9. Sakragichdan har bir oyoqda 30 martadan sakrash.
10. Bir joyda turib, tizzalarni baland ko‘tarib yugurish,
10 soniyadan, 1—2 marta.
11. Bir joyda turib, tizzalarni ko‘krakka bukib sakrash —
o‘g‘il bolalar 5—10 marta, qiz bolalar 4—8 marta.
12. Yerga yotib, barmoqlarga tayanib, 45° gacha burchak
hosil qilib, qo‘llarni bukish. O‘g‘il bolalar 8—10 marta,
qiz bolalar 5—8 marta.
13. To‘pni yerga sekin urib, bir joyda asta o‘tirib-turish,
har bir qo‘l bilan 6—10 martadan urish.
14. Himoyada turish holatidan navbatma-navbat chap
va o‘ng oyoqni oldinga va chapga-o‘ngga tashlash, yana hi-
moya holatiga qaytish, 8—10 marta.
15. Ertalabki badantarbiya kompleksidan xohishga qa-
rab, 6—8 mashq bajarish.
16. Bir joyda turib to‘pni harakatda, bir joyda, qadam
tashlab uzatish va tutib olishni taqlid qilib mashq bajarish.
17. Devordan 1 metr narida turib to‘pni tepadan uzatish
va uni qabul qilib olish.
18. Devordan 14 metr narida o‘tirib, to‘pni tepadan
uzatish va uni qabul qilib olish.
19. To‘pni boshidan oshirib uzatish.
20. To‘pni pastdan qabul qilib olishni taqlid qilish.


120
21. To‘p yerga tushib sakragach, uni pastdan qabul
qilib olish.
22. Arg‘amchidan bir daqiqa davomida sakrash.
23. Qo‘l barmoqlarini bukib-yozish, qiz bolalar 50
marta, o‘g‘il bolalar 60 marta.
24. Bir joydan turib uzoqqa „Qurbaqa“ usulida sakrash,
10—15 marta.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin