Shaxsiy gigiyena . Shaxsiy gigiyena asosida ozodalik va
uni saqlash hamda mustahkamlash yotadi. Xo‘sh, bunga
qachondan kirishiladi? Bu bolalik davridan boshlanadi de-
yilsa, xato bo‘lmaydi. Masalan, ertalab og‘iz bo‘shlig‘ini,
tishlarni tozalash, ovqatdan oldin qo‘llarni yuvish, kiyim
kiyish. Shaxsiy gigiyenaning boshqa qoida va me’yorlari kun
tartibida, mehnat va dam olishni navbatlashtirib turishda,
tanani parvarishlash, gavdani chiniqtirish, uyquning me’yo-
rida bo‘lishida, ovqatlanish, kiyim-bosh, poyabzalga qa-
rashda va hayotning boshqa bosqichlarida tarkib topadi
hamda o‘qish, tarbiya jarayonida o‘rganib boriladi.
Gigiyenaga oid zarur bilimlarni qanchalik tirishqoqlik
va sabr-qanoat bilan o‘rganib borsak, hayotimiz shunchalik
to‘laqonli, qiziqarli va mazmunli bo‘lib boradi. Tana, soch,
tirnoq, tishlar va og‘iz bo‘shliqlarining tozaligi—bu salo-
matlik garovidir.
Terini parvarishlash. Terining funksiyalari ko‘p. U,
avvalo, organizmni himoyalash, qolaversa, ichki a’zolarga
turli moddalar, mikroblar kirishining oldini oluvchi hamda
havo almashinuvi vositasidir. Terining juda mayda qon
tomirlari havoni yoki suvni harorat issiq paytda kengayib,
sovuqda torayib, terlash orqali tashqariga chiqishini ta’-
minlab turadi. Teri qatlamida yog‘ bezlari bo‘ladi, shu
tufayli uning atrofi kirlanadi. Shunda kirlangan teri ko‘p
jihatdan o‘zini himoya qilish funksiyasini susaytiradi. Teri
jarohatlanganda, shilinganda mikroblar teri qatlamiga chu-
qurroq kirib boradi, bundan esa turli teri kasalliklari kelib
chiqadi. Demak, terini yaxshi parvarishlash har bir odam-
ning doimo diqqat-e’tiborida bo‘lishi kerak.
Har kuni suv va sovun bilan yuvinishni, hojatxonaga
borgandan so‘ng, ovqatlanish oldidan qo‘lingizni albatta
sovunlab yuvishni unutmang. Qo‘lni artganda ham shoshil-
maslik lozim. Har kuni (ayniqsa, sport mashg‘ulotlaridan
keyin) dush qabul qilish imkoniyati bo‘lsa, bundan foy-
dalaning. Shuningdek, haftada bir hammomga borishni, ich-
ki kiyimlaringizni almashtirib turishni odat qiling. Uyquga
140
yotishdan oldin oyoqlarni yuvib yotish — bu eng yaxshi
odat, bu nafaqat oyoqni noxush hidlardan tozalaydi, balki
o‘z-o‘zidan chiniqtirish xususiyati namoyon bo‘la boradi.
Oyoqqa ið paypoq kiyilsa, u namlikni tezda o‘ziga tortib
oladi va havoni yaxshi o‘tkazadi.