141
og‘izni ochib turib, tishni ichki va tashqi tomonlaridan
yuviladi. Har safar ovqatlangandan keyin og‘iz bo‘shlig‘ini
suv bilan uch-to‘rt marta chayqab tozalansa, maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish tish doktorining sa-
natsiya qilishidan iboratdir. Odatda, sanatsiya qilishga tishlar
atrofida yig‘ilgan qattiq yig‘indini, ya’ni toshga o‘xshash
moddalarni tozalash kiradi. Davolab bo‘lmaydigan tishlar-
ni yaxshisi oldirib tashlagan ma’qul. Milklarni massaj qilish
ham foydali, buning uchun ko‘rsatkich barmoqlar yorda-
mida milkning tepa qismidan pastga qarab, pastki qismini
pastdan yuqoriga qarab massaj qilinadi. Massaj harakatlari
yengil bo‘lishi va 3—5 daqiqa davom etishi kifoya.
Chiniqish.
Chiniqish deganda nima tushuniladi? Chini-
qish — bu odamning tashqi muhitga moslashishi yoki
organizmning muhofaza qilish kuchlarini mashq qildirishdir.
Inson qadimdan o‘z salomatligini saqlash maqsadida tabiat
in’omlari — quyosh, havo va suvdan foydalanib kelgan.
Chiniqish nafaqat organizmning turli kasalliklarga qarshi
turishiga, balki, eng avvalo, odam asab faoliyatining yaxshi-
lanishiga, modda almashinuviga, yurak, o‘pka va boshqa
organlar faoliyatining quvvatlanishiga katta yordam beradi.
Bundan tashqari, organizmning umumiy chidamliligi va
ishlash qobiliyati kuchayadi. Lekin qanday chiniqishni
hamma ham bilavermaydi. Ayrimlar o‘ylaganidek, chini-
qish — bu birdaniga sovuq suvda cho‘milish, oyoqyalang
sovuqda va issiqda yurish, muzdek dush tagiga kirish degani
emas.
Dostları ilə paylaş: