5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun


Kunning birinchi yarmida o‘qiydiganlar uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

Kunning birinchi yarmida o‘qiydiganlar uchun
taxminiy kun tartibi
5—6-sinflar
Uyg‘onish, o‘rinni yig‘ish
7.00—7.10
Ertalabki badantarbiya
7.10—7.20
Suv muolajasi (yuvinish, kiyinish)
7.20—7.30
Ertalabki nonushta
7.30—7.45
Maktabga borish
7.45—8.00
Maktabda bo‘lish
8.00—13.30
Maktabdan qaytish
13.30—13.40
Tushlik ovqat
14.00—14.30
Dam olish
xohishga qarab
Ochiq havoda bo‘lish (sayr qilish, o‘yinlar o‘ynash) xohishga qarab
Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanish
14.30—17.00
Darslarni bajarish (har qaysi fanga 30—35 daqiqa,
orada 5—10 daqiqa tanaffus)
17.00—19.00
Kechki ovqat va xohishga qarab shug‘ullanish
(kitoblar o‘qish, teleko‘rsatuv tomosha qilish,
uy ishlariga yordam berish)
19.00—20.30
Uyquga tayyorlanish (kiyimlarni saranjomlash)
20.30—21.00
Uyqu
21.00—7.00
Kunning ikkinchi yarmida o‘qiydiganlar uchun
taxminiy kun tartibi
5—6- sinflar
Uyg‘onish, o‘rinni yig‘ish
7.00—7.05
Ertalabki badantarbiya
7.05—7.20
Suv muolajasi (yuvinish, kiyinish)
7.20—7.30
Ertalabki nonushta
7.30—7.50
Darslarni bajarish (har qaysi fanga 30—35
daqiqa , orada 5—10 daqiqa tanaffus)
8.30—10.30
Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanish
11.30—13.00


138
Tushlik ovqat
13.00—13.30
Dam olish
xohishga qarab
Ochiq havoda bo‘lish (sayr qilish, o‘yinlar
o‘ynash)
xohishga qarab
Maktabga borish
13.30—13.45
Maktabda bo‘lish
13.45—19.00
Maktabdan qaytish
19.00—19.30
Kechki ovqat va xohishga qarab shug‘ullanish
(kitob o‘qish, teleko‘rsatuv tomosha qilish, uy
ishlariga yordam berish)
19.30—20.30
Uyquga tayyorlanish (kiyimlarni saranjomlash)
20.30—21.00
Uyqu
21.00—7.00
Uyqu
— kun tartibining ajralmas qismi bo‘lib, uyqu
vaqtida butun a’zoyi badan dam oladi, o‘ziga keladi va qayta
kuchga to‘ladi. Uyqusizlik asab tizimi va uning to‘qimalariga
ta’sir ko‘rsatib, uning faoliyatini susaytiradi, organizm-
ning himoya funksiyalarini bo‘shashtirib yuboradi. Uyqu
esa asab to‘qimalarining oziqlanishiga yordam beradi, to-
liqishni yo‘qotadi, keyinchalik yana ish faoliyatini davom
ettirish uchun kuch-quvvatni tiklaydi.
10—12 yoshdagi bolalar 10—10,5 soat davomida ux-
lashlari kerak. Uyquga yotish uchun eng yaxshi payt—bu
21 dan 23 gachadir. O‘qish davrida, mashg‘ulot va
musobaqalarga tayyorgarlik vaqtida ko‘proq uxlash kerak.
Tez uxlab qolish hamda miriqib uxlash uchun kechki payt
sayr qilib, ochiq havoda 30—40 daqiqa bo‘lishning nafi
katta. Bundan tashqari, uyqudan oldin xonani shamollatib
yoki deraza oynalarini, yoki darchani ochiq qoldirish yanada
foydalidir. Kunduzgi uyqu ham foydali, ammo buni har
kim o‘zi hal qilgani ma’qul, chunki kunduzgi uyqudan
keyin kechki uyqu buzilishi mumkin. Kun bo‘yi harakatda
bo‘lib charchagan bo‘lsangiz, uyquga har kungidan 1—2
soat ilgari yotish tavsiya qilinadi. Musobaqalar oldidan
ba’zi sportchilarning uyqusi buziladi, chunki ularni sport
uchrashuvi oldi hayajoni va uning natijalari bezovta qiladi.


139
Kun tartibidan unumli foydalanish va gigiyenik qoidalarga
rioya qilish esa bunday noxushliklarning oldini oladi.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin