KUN TARTIBI Uyga berilgan topshiriqni, uy ishlariga yordam berishni,
o‘qishni, sayr qilishni, yaxshi ko‘rgan jismoniy mashqlarni
mustaqil bajarishni yoki yoqtirgan sport turi bilan to‘garakda
shug‘ullanishni o‘z vaqtida bajarish uchun vaqtni to‘g‘ri
taqsimlash kerak. Buning uchun kun tartibi tuzilishi lozim.
Kun tartibida ertalab bir vaqtda turish, jismoniy mashqlar
bilan shug‘ullanish, suv muolajalari, nonushta qilib, o‘qishga
borish, uyga qaytish, ovqatlanib, dam olish, sport bilan
shug‘ullanish va uy ishlari bilan band bo‘lish, bo‘sh vaqtlarda
turli yumushlar bilan mashg‘ul bo‘lish, kechki sayr qilish
va uyquga yotish aniq belgilab qo‘yilishi va unga qat’iy amal
qilinishi lozim. Bunday tartib-qoidaga ko‘p yillar amal
qilinishi, kishida o‘zini o‘zi nazorat qilib borish odatini
shakllantiradi, saranjom-sarishta bo‘lishga o‘rgatadi. Masalan,
ertalab hamisha bir vaqtda turish, ertalabki gimnastika va
boshqa mashqlar kompleksini bajarish, organizmning bir
me’yorda ishlashini hamda kun bo‘yi yaxshi kayfiyatda
yurishni ta’minlaydi.
Doimiy kun tartibining yo‘qligi o‘qish va ishga kiri-
shishga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lishga va umu-
miy kayfiyatning o‘zgaruvchan bo‘lishiga olib keladi. Al-
batta, hamma ham kun tartibiga bir xilda amal qilishi
kerak, deb ayta olmaymiz, lekin vaqtni tejash, uni aqliy
va jismoniy mehnatga, dam olishga oqilona taqsimlash har
bir kishi uchun zaruriy omil bo‘lishi lozim.
Kun tartibini oqilona tuzish va unga doimiy amal qilish
har bir kishidan muayyan irodani talab qiladi, kimda-
kim shunga erishsa, demak, o‘sha odamni eng irodali va
tartibli odam ekan, deb hisoblash mumkin.
Shulardan kelib chiqib, biz endi Siz aziz o‘quvchilar
uchun kunning birinchi va ikkinchi yarmida o‘qiydiganlarga
taxminiy kun tartibini tavsiya qilamiz.