27
Sakrashga yaqin oxirgi qadam avvalgilariga qaraganda
tezroq qo‘yiladi, oyoqni taxtaga (sakrash plankasiga) juda
tez qo‘yib, butun diqqat bir yerga jamlanadi. Tovon yerga
sal tegdi deguncha, tezda oyoq kaftiga tayaniladi. Shundan
so‘ng gavda darhol rostlanadi va faqat oldinga qaraladi.
Siltanish va plankadan sakrab o‘tishda
barcha harakatlar
avvalgilaridan tezroq bajariladi. Bunda juda tez harakatlanib,
oyoqni shu zahoti oldinga chiqarish va darhol depsinish
lozim. Siltanish oyog‘i planka bilan bir yo‘nalishda bo‘ladi,
qo‘l harakati tirsakni yelka barobarida oldinga cho‘zish bilan
yakunlanadi, oyoq siltanish jarayonida quyidagilar (depsi-
nish — to‘g‘ri oyoq bilan, gavda rostlanadi, siltanish oyog‘i —
tizza yuqorida, qo‘llar oldinga siltanadi va plankaning ikki
tomoniga tushiriladi) bo‘lib o‘tadi (21-rasm).
Plankadan o‘tgach, siltangan oyoqni tezda pastga-orqaga
tortiladi, gavda tiklanadi va bir yo‘la oyoq o‘ziga tortiladi
(oyoq uchida to‘p tepgandek), so‘ngra siltangan oyoq bilan
yerga tushiladi va boshqa oyoq bilan bir qadam orqaga
ketib, qad rostlanadi.
Dostları ilə paylaş: