KIRISH
Aziz o‘quvchilar! Siz Vatanimiz bag‘rida ko‘nglingiz
olam-olam orzu-havaslarga to‘lib, o‘sib, ulg‘ayib kelyapsiz.
Yillar o‘tadi, orzularingiz ushaladi. Sizlar turli kasb egalari
bo‘lib, ona-Vatanga xizmat qilasizlar.
Bir narsani hech
qachon unutmang: a’lo o‘qigan, irodali, jismonan chiniqqan
va jasur o‘g‘il-qizlargina o‘z maqsadlariga erisha oladilar.
Buning uchun, avvalo, sport va jismoniy mashqlar bilan
muntazam shug‘ullanish zarur.
Binobarin, badantarbiya
mashqlari tayanch-harakat apparati — mushaklaringizni
kuch-quvvatga to‘ldiradi, tanangizni sog‘lom, baquvvat
qiladi.
Ma’lumki, bu dunyoda har qaysi millatning o‘z afso-
naviy
qahramonlari, o‘zi sevib ardoqlaydigan pahlavonlari
bo‘ladi. Xalqimiz azaldan o‘z vujudi, o‘z tomirida mavjud
ilohiy qudratga munosib bo‘lmoqqa intilib, o‘z o‘g‘lonlarini
mardlik va halollik,
jasurlik ruhida, el-yurt uchun jonini
ham ayamaydigan asl pahlavonlar etib tarbiyalab kelgan.
„Agarki, xalqimizning qadimiy va jonli tarixi tuganmas
bir doston bo‘lsa, „Alpomish“ ana shu dostonning shoh
bayti, desak, to‘g‘ri bo‘ladi...—
deb yozadi mamlakatimiz
Prezidenti I. A. Karimov „Yuksak ma’naviyat — yengilmas
kuch“ kitobida. — Bu o‘lmas asarni xalqimiz asrlar davomida
yaratgan, o‘z imon-e’tiqodidek asrab-avaylagan,
qancha
avlod-ajdodlarimiz „Alpomish“ dostoni asosida tarbiya top-
gan, o‘zligini anglagan, ma’naviy boylikka ega bo‘lgan. De-
mak, xalqimiz bor ekan, Alpomish siymosi ham barhayot“.
„Bir so‘z bilan aytganda,
xalqimizning yengilmas
bahodiri — Alpomish timsolida biz Vatanimizni yomon
ko‘zlardan, balo-qazolardan asrashga qodir, kerak bo‘lsa,
bu yo‘lda jonini fido qilishga tayyor bo‘lgan
azamat
o‘g‘lonlarimiz —bugungi alpomishlarning ma’naviy qiyofa-
sini ko‘ramiz“.
1
3
1