5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

37- rasm.
35- rasm.
36- rasm.


41
To‘pni bir qo‘llab sakrab tashlash. 
Bu usul hozirgi za-
mon basketbol o‘yinida eng samarali hisoblanadi. Uni barcha
masofalardan, ayniqsa, o‘rta va uzoq masofalardan bajarish
mumkin (38- rasm).
Harakatda bo‘lgan o‘yinchi to‘pni ilib olib to‘xtab,
ikkala oyoqda depsinib, sakrashning eng yuqori nuqtasiga
ko‘tarilib, to‘pni savatga tashlaydi. To‘pni savatga tashlashda
bor diqqatni aniq nishonga qaratish kerak.
To‘pni tashlashda olib qo‘yish, tortib olish va urib chiqa-
rish.
Bu usullar to‘pni egallash va qarshi harakat qilish
texnikasiga taalluqlidir. To‘pni olib qo‘yish uchun o‘zaro
to‘p uzatayotgan basketbolchilarning harakatlarini diqqat
bilan kuzatish, to‘pning yo‘nalishini oldindan aniqlash,
shunga ko‘ra joy tanlashning ahamiyati kattadir. Himoyachi
o‘yinchi to‘pni uzatish vaqtida, uni olib qo‘yish maqsadida
himoyachini ta’qib qilayotgan hujumchi to‘pni olish uchun
keskin harakat qiladi. U oxirgi qadamini katta qo‘yadi va
asosiy diqqatini, gavda, qo‘llarini to‘pga qaratadi. Shundan
so‘ng u bir qo‘li bilan yuqoridan, ikkinchi qo‘li bilan
pastdan to‘pni qattiq ushlaydi, tez va keskin harakat bilan
uni tortib oladi. To‘p raqib qo‘lida bo‘lganida urib chiqariladi.
Bu usul qo‘l va panjaning qisqa, keskin harakati bilan
bajariladi. Ya’ni bunda kaft-barmoq bilan to‘pning tepasidan
yoki pastidan tez va kuchli uriladi. Raqib to‘pni yerga urib
yurganida yoki yugurib ketayotganida yon tomondan qisib,
uni urib olib qo‘yish ham mumkin.
Basketbol o‘yini qoidalari.
Basketbol o‘yinini yaxshi bi-
lish uchun uni faqat nazariy jihatdan bilish emas, balki
38- rasm.


42
o‘yin qoidasini amaliy jihatdan juda mukammal o‘rganish
kerak bo‘ladi.
Jamoalar qaysi tomonni tanlash maqsadida avval o‘yin
oldidan qur’a tashlanadi. Shundan so‘ng o‘yin ikkala jamoa-
ning 2 ta o‘yinchilarining markaziy doirada turishi va ha-
kamning o‘rtaga to‘p tashlashidan boshlanadi. O‘yinning
ikkinchi yarmida jamoalar joy almashadilar. Agar to‘p
savatga tepadan to‘liq tushib o‘tsa, shunda savatga to‘p
tushdi, deb hisoblanadi, bordi-yu, to‘p savatga tegib tagidan
o‘tib tushsa, unday to‘p hisobga kirmaydi. To‘p savatga
o‘yin paytida tushsa, jamoa buning uchun 2 ochko, agar
u 6 m 25 sm masofadagi chiziqdan tashqarida otilganda
tushsa, 3 ochko oladi, jarima to‘pi har biri tashlanganda
tushsa, 1 ochko beriladi. O‘yinchi to‘pni uzatishi, duma-
latishi, bir qo‘li bilan yerga urib yurishi, savatga tashlashi
mumkin. To‘p savatga tushgandan so‘ng, uni o‘yinga yon
chiziqdan kiritilishi qarshi jamoaning bironta o‘yinchisi
tomonidan bajariladi. To‘pni ilib olgan o‘yinchi faqat 2
qadamgina harakat qila oladi. Bir joyda turganda u bir qa-
dam qo‘yishi va ikkinchi qadamda to‘pni uzatishi yoki
savatga tashlashi mumkin, yoki to‘pni yerga urib, undan
so‘ng harakatlanishi mumkin. Raqibni ushlash, itarish,
turtish man qilinadi. Jamoa hujum qilishi uchun 24 soniya
vaqt beriladi. Agar to‘p savatga yoki shitga urilib, qayta
qo‘liga kelib tushsa, 24 soniya hisobi qaytadan boshlanadi.
Shu 24 soniyada hujum qilishga ulgurolmay qolsa, to‘p
raqib jamoaga beriladi.
Hakam o‘yin vaqtida o‘yinchilarga qo‘pollik qilganlik-
lari uchun jarima to‘pi beradi. Masalan, to‘pni savatga tash-
layotgan o‘yinchini boshqa o‘yinchi qo‘liga ursa, turtsa, 2
ochko jarima, himoya qilaman deb qo‘pollik qilsa, 1
ochko jarima beriladi. Agar o‘yin davomida o‘yinchi besh
marta jarima olsa, u maydondan chiqariladi. Bordi-yu,
biror jamoada birgina o‘yinchi qolsa (jarima olaverib), unda
o‘yin tugatiladi va qarshi jamoa g‘olib deb hisoblanadi.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin