36
Basketbolchi to‘pni ilib
olish uchun har qachon ikki
qo‘lini oldinga cho‘zib, panjalarini yarim oy qilib ochib,
bosh barmoqlarini bir-birlariga, qolgan barmoqlarini esa
oldinga-yuqoriga qaratib yarim erkin holatda turadi.
To‘p barmoqlar
uchiga tegishi bilanoq, o‘yinchi uni
mahkam ushlab, o‘ziga tortib oladi, ya’ni to‘pning uchish
tezligini pasaytirib, navbatdagi harakatlarni bajarish
maqsadida o‘yinni davom ettirish uchun qulay holatni
egallaydi. To‘pni bir qo‘l bilan to‘xtatib
ushlash uchun
kaftini yuqoriga qaratadi. Uchib kelayotgan to‘pni doimo
ko‘krak oldida ilib olish qulayroq, lekin pastlab uchib
kelayotgan to‘pni ushlash uchun esa oyoqlarni ko‘proq
bukish, hatto biroz oldinga egilish ham zarur bo‘ladi va
to‘g‘rilangan qo‘llar pastga tushiriladi, panjalar esa to‘pga
qarshi ochiladi. Aytish o‘rinliki,
bu usullarni joyda, ha-
rakatda va sakrashlarda ham qo‘llash mumkin. To‘p ilib
olindimi, endi uni uzatish ham kerak.
To‘p uzatish o‘yinchilarning o‘zaro harakatlarida asosiy
texnik usullardan hisoblanadi. O‘yin davomida to‘p uza-
tishning turli usullaridan foydalaniladi. Ammo basketbolda
ikki qo‘llab ko‘krakdan to‘p uzatish usuli ko‘p qo‘llaniladi
(30- rasm).
To‘pni uzatish juda qisqa muddatda, qo‘llarni tez hara-
katlantirib, gavda va kaft panjalarini
siltash orqali amalga
oshiriladi. Bunda yana himoyachi diqqatini to‘p uzatilayot-
gan o‘yinchiga jalb qilmaslik, to‘pni tezlik va aniqlik bilan,
asosiy yo‘nalishni raqibga sezdirmay, pastdan uzatish ko‘z-
da tutiladi.
To‘pni bir qo‘llab uzatish va ilib olish usuli basketbolda
juda keng va o‘yin maydonining istalgan yerida qo‘llani-
30- rasm.
31- rasm.
37
ladi. Bir qo‘lda yelkadan to‘p uzatish texnikasi asosiy
hisoblanib, uni amalga oshirish uchun to‘pni qo‘lda yaxshi
tutib turish va panjaning harakati bilan to‘pning yo‘nalishi-
ni o‘zgartirib yuborish mumkin (31-rasm).
O‘yinchi to‘pni o‘ng qo‘li bilan uzatish uchun shu
qo‘lini bukib, o‘ng yelkasiga
shunday yaqinlashtirishi lo-
zimki, bunda uning o‘ng qo‘li to‘pni orqasidan, chap
qo‘li esa uni old-past tomonidan tutib turishi, tirsaklar
pastga tushirilgan bo‘lishi lozim. Basketbolchi o‘ng qo‘lini
to‘g‘rilay boshlab, chap qo‘lini
pastga tushiradi va panja-
ning keskin harakati bilan to‘pni kerakli tomonga uzatadi.
Unutmaslik kerakki, ushbu to‘p uzatish texnikasi eng tez
uslub hisoblanib, raqibning savatiga yaqinlashishga yor-
dam beradi. Demak, to‘pni sherikning ko‘krak
oldiga
mo‘ljallab uzatishga harakat qilinsa, uni ilib olishga qulay-
lik yaratilgan bo‘ladi. To‘pni sherik kutib turgandagina uzat-
gan ma’qul. Mabodo, sherigingiz qarshingizdan yugurib
kelayotgan bo‘lsa, unga to‘pni sekin va aniq uzating.
To‘pni yuqoridan bir qo‘llab uzatishda qo‘l to‘g‘ri,
orqaga va yuqoriga ko‘tariladi hamda uzatiladigan tomonga
qarab chap yoki o‘ng tomon bilan turib „kryuk“ usuli
amalga oshiriladi. Ya’ni bunda qo‘llar to‘g‘rilanib pastga
tushiriladi, to‘p uni uzatadigan qo‘lga o‘tkaziladi va to‘pni
yon tomondan boshning orqasiga ko‘tarib,
panjani keskin
bukib, sherikka uzatiladi. Bu usul himoyachi to‘pning yo
yuqoridan, yoki yon tomondan uzatishga to‘sqinlik qila-
yotganda, yoki to‘pni past tomondan uzatishdan boshqa
iloj qolmaganda qo‘llaniladi (32- rasm).
Dostları ilə paylaş: