38
To‘pni maydonga urib uzatishlar bir joyda turgan yoki
harakatlanayotganda bir qo‘l bilan bajariladi.
U himoyachilar
juda yaqin bo‘lgan paytlarida qo‘l keladi. Bundan tashqari,
to‘pni to‘satdan himoyachining tayanch oyog‘i yonidan,
bir qo‘l bilan orqadan hamda to‘pni polda past olib yurib
oldinga va orqaga uzatishlar ham mavjud. Ammo bu usullar
maktab dasturiga kiritilmagan.
To‘pni olib yurish.
To‘pni yerga bir qo‘l bilan ketma-
ket, to‘xtatmay urib yurish yoki yugurish usuli o‘ziga xos
texnikaga ega. Bu usul qo‘lida to‘p ushlagan basketbolchi-
ning harakat qilishida qo‘llaniladigan
asosiy texnika hi-
soblanadi. To‘pni yerga urib yurish texnikasi shundan ibo-
ratki, unda basketbolchi maydondan sakrab chiqayotgan
to‘pni keng yoyilgan barmoqlari bilan kaftni silkitib, qayta
yerga uradi. Ammo to‘p ustidan shapillatib urmaslik kerak.
To‘pni yerga urib yurish
va yugurishda gavda biroz
engashgan, qo‘llar to‘g‘ri uzatilgan,
oyoqlar biroz bukilgan,
bosh to‘g‘ri ushlangan bo‘lishi kerak (33- rasm). To‘pni
yerga urib yurish yoki yugurishda o‘zingiz to‘pdan biroz
oldinroqda bo‘lib, to‘pni yon tomonda, qo‘l himoyachidan
nariroqda bo‘lishi kerak. To‘pni yerga urib yurishga o‘rganishda
imkon qadar to‘pga qaramasdan yurishga intilmoq lozim.
Shuningdek, to‘pni yerga urib yurishda o‘ng va chap qo‘l
bilan, bir baland, bir past sakratib yurish darkor. O‘ng
qo‘l bilan to‘pni yerga urib
yurishda chap oyoq yarim
qadam ilgariroq qo‘yiladi. To‘pni olib yurishni o‘rganib
bo‘lgandan keyin, to‘pni yerga urib asta yugurib yurishga
o‘rganish lozim. Ikkita to‘pni
baravariga yerga urib olib
yurishda o‘zingizni sinab ko‘ring va uni uddalashni o‘rganing.
To‘pni yerga urib yurishda yo‘nalishni o‘zgartirib, tez-
likni, sakrash balandligini o‘zgartirib, to‘pni orqadan va
oldindan o‘tkazib hamda to‘pga qaramasdan yurish, o‘yinda
himoyachining kutilmagan har xil to‘sqinliklaridan o‘tib
ketishga yordam beradi. Bu
harakatlar quyidagicha baja-
riladi: agar to‘pni chap qo‘l bilan yerga urib yurilsa, o‘ng
oyoq bilan oldinga qadam tashlanadi, to‘pni pastga, oldinga,
o‘ngga urib o‘ng qo‘l bilan yo‘nalishni o‘zgartirib yuriladi.
39
Basketbolda to‘pni olib yurishning ikki xil usuli qo‘l-
laniladi: to‘pni yuqoriroq va
pastroq sapchitib yerga urib
yurish. To‘pni me’yorida, o‘rtacha yerga urib yurish basket-
bolchining asosiy turishidan boshlanadi. U qo‘lini bukib,
to‘pni keng barmoqlarini yozib, bo‘sh holatda yerga uradi,
shunda sapchib sakrab chiqqan to‘pni
yana barmoqlari bilan
tutib oladi (34- rasm).
To‘pni past olib yurish: past turib,
oyoqlar tizzadan
bukilgan holda tez-tez yerga urib yurish bilan bajariladi.
Dostları ilə paylaş: