40
To‘pni ikki qo‘llab ko‘krakdan otish.
Bu usulni, asosan,
5—6- sinf o‘quvchilari qo‘llaydilar (35-rasm).
U, ko‘pincha, o‘rta va uzoq masofalarda bajariladi.
To‘pning uchishini ta’minlash uchun birdaniga qo‘l va oyoq
harakatlantiriladi hamda gavda ham ko‘tarilib oldinga inti-
ladi. Kaft va barmoqlar to‘pni otib yuborishda kengayib
ochiladi, to‘p barmoq uchlari bilan otiladi.
To‘pni bosh tomondan ikki qo‘llab tashlash.
Bu usul bir
joyda turib hamda uzoq va o‘rta masofalardan sakrab hujum
qilish paytida qo‘llaniladi. To‘pni tashlash bajarilayotganda
qo‘llar ko‘proq bukilib, oyoqlar tizzadan boshlab tiklanadi
va panjalar bilan to‘p siltab nishonga tashlanadi (36- rasm).
To‘pni bir qo‘llab yelkadan otish.
Bu usul har xil maso-
falardan turib savatga hujum qilishning asosiy usulidir. Buni
bir joyda, harakatdalik paytda, sakrab turib bajariladi. Asosiy
tik turish holatida, shuningdek, bir joyda turib savatga to‘pni
tashlashda oyoqlar tizzadan to‘g‘rilanib, qo‘llarni oldinga-
tepaga uzatib, panja va kaftlarni siltab to‘p chiqarib yubori-
ladi (37- rasm). Bu ko‘pincha, o‘yin paytida qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: