Basketbol mavzusiga doir savollar
1. Basketbol o‘yini nomining kelib chiqishi haqida so‘zlab bering.
2. Basketbol o‘yini qanday sifatlarni rivojlantiradi?
3. Basketbol mashg‘ulotida amal qilinadigan xavfsizlik qoidalari
to‘g‘risida gapirib bering.
4. To‘p tashlashning qanday turlari bor?
5. „Bahs to‘pi“ qaysi paytlarda beriladi?
6. Uch qadam probejka nimani bildiradi?
7. To‘pni ilib olish va uzatish usullaridan qaysi birini bilasiz?
8. 3, 5, 10 soniyali qoidalar deganda nimani tushunasiz?
9. Nima uchun jarima to‘pi beriladi?
10. 5—6- sinflarda basketbol musobaqasini o‘tkazishga necha da-
qiqa belgilanadi?
VOLEYBOL
Voleybol raqiblarning qizg‘in kurashidan iborat tomo-
shabop o‘yin bo‘lganligi uchun u tezda kishilarni o‘ziga
jalb qildi. O‘yin qoidalarining soddaligi va anjomlarning
oddiyligi voleybol bilan har qanday yoshdagi kishilar
shug‘ullanishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Voleybol o‘yini barcha mushaklarning yaxshi rivojla-
nishiga, tez idrok etishni, quvvatni, chaqqonlikni, chidam-
46
lilikni oshirishga, nafas olishni yaxshilashga, yurak-qon
tomir va mushaklarni mustahkamlashga, aqliy charchoqni
tezda yozishga yordam beradi. Sakrab (to‘pni oshirish, to‘-
sish) bajariladigan o‘yin usullari to‘g‘ri harakat qila olish
vositasi sifatida muhim ahamiyatga molik. Voleybol tanaga
ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uni ortiqcha yukdan xalos qiladi. Bu
o‘yin jamoa bo‘lib harakat qilishga, o‘z shaxsiy manfaatla-
rini jamoa manfaatiga bo‘ysundirishga, intizomli bo‘lishga
o‘rgatadi. Voleybolning kishi a’zolariga ijobiy ta’siri, uning
hammabopligi, texnik jihatdan murakkab emasligi kabi
xususiyatlari sog‘lomlashtirish ishlarida qo‘l kelishini ko‘r-
satdi. Aynan shular voleybolni ushbu sinfdan boshlab mak-
tab o‘quv dasturiga kiritish imkonini berdi.
O‘yin haqida quyidagilarni bilish lozim. Voleybol ikki
jamoaning o‘yini bo‘lib, har bir jamoa 6 kishidan iborat
bo‘ladi. Jamoa o‘yinchilari raqib tomonga (o‘rtada tortilgan
to‘rdan oshirib) bir yoki ikki qo‘llab to‘p otadi. Shunday
qilib, to‘p to yerga tushguncha yoki maydondan chiqib
ketguncha u yoqdan bu yoqqa uchib o‘taveradi. Shunda
jamoalardan biri ochko olishga erishadi. Har bir jamoada
to‘p o‘zaro uch martagina oshirilishi mumkin, so‘ngra u
raqib tomonga o‘tkazilishi shart. O‘yin bir jamoa 25 ochko
to‘plagunicha davom etadi. Bu ochkoni to‘plagan jamoa
g‘olib hisoblanadi va ular o‘rin almashadilar. Birinchi bo‘lib
uchta partiyani yutgan jamoa g‘olib hisoblanadi. Masalan:
3:1 yoki 3:2 hisob bilan. O‘yin maydoni o‘rtasidan to‘r
tortiladi. Maydonning uzunligi 18, eni 9 metrdan iborat
bo‘ladi. Maydon atrofi toza bo‘lishi, har turli o‘ydim-
chuqurlar, qirrali va oyoqqa kiradigan, botadigan narsalar
bo‘lmasligi lozim. Maydon shunday joylashgan bo‘lishi
kerakki, quyosh nuri ko‘zga tushmasin. Maydon 5 sm
enlilikdagi chiziq bilan o‘raladi va u ham maydon sathiga
kiradi. Maydon o‘rtasidagi chiziq uni ikkiga bo‘lib turadi.
Har bir maydonchaning oxiri, o‘ng tomonida to‘p otish
uchun ajratilgan bo‘lak mavjud.
O‘rta chiziqning oxirrog‘ida (chetki chiziqdan 50—100
sm berida) ustunchalar mustahkamlanadi, bolalar uchun
unga ilmoq 2 m 20 sm, erkaklar uchun 2 m 43 sm, qizlar
47
uchun 2 m 10 sm, ayollar uchun 2 m 24 sm balandlikka
o‘rnatiladi. Voleybol to‘ri o‘rtadan tortiladi. To‘rning rangi
bir xil (zal uchun ochroq rang) bo‘lgani yaxshi. Uning
og‘irligi 270—280 gramm bo‘ladi. O‘yinchining kiyimi
mayka, trusik va yengil poyabzaldan iborat bo‘ladi. Jamoa
bir xil rangdagi kiyim kiyib o‘ynaydi. Jamoa sardori
maykasining chap tomoniga belgi qo‘yilgan bo‘ladi.
Voleybol o‘yini qoidalari va xavfsizlikni saqlash.
1. O‘yinni boshlashdan avval 15—20 daqiqa chigil
yozish mashqlari bajariladi. Bunday mashqlar bajarilmasa,
o‘quvchining ba’zi tana a’zolari zo‘riqishi mumkin. Ularga
lo‘killab yurish 6 daqiqacha, qo‘l, gavda va oyoqlar uchun
umumiy mashqlar, juft bo‘lib bajariladigan mashqlar,
oyoqdan oyoqqa sakrash, oyoqlarni chalishtirib yurish
kabilar kiradi. Shuningdek, belni o‘ngga, chapga bukish,
aylana harakatlantirish, to‘p otish, oshirish kabilar ham
shunga kiradi. Shundan so‘ng voleybolchi (to‘p bilan)
maxsus mashqlar bajaradi.
2. Tanada og‘riq, titroq, noxush holatlar paydo bo‘l-
ganda, o‘yin to‘xtatiladi.
3. Ko‘zoynak taquvchilar o‘yin vaqtida xavfsizlikni saq-
lash maqsadida ko‘zoynakka bog‘ich qilib, bosh orqasiga
mahkamlab qo‘yishlari lozim. O‘yin paytida taqiladigan
ko‘zoynak egiluvchan va sinmaydigan bo‘lsa, yana yaxshi.
4. Mashg‘ulot zalda o‘tkaziladigan bo‘lsa, polni quruq
latta bilan yaxshilab artib chiqiladi, polning mustahkam-
ligi tekshiriladi, to‘plar ko‘zdan kechiriladi.
5. Agar mashg‘ulot tashqarida o‘tkazilayotgan bo‘lsa,
maydon ho‘l bo‘lmasligi lozim yoki u qurigunicha kutiladi
yoki quruq qum sepiladi. Ho‘l va sirpanchiq maydonda
mashq qilish taqiqlanadi, negaki o‘yinchi yiqilib jarohat-
lanishi mumkin. Shunday paytlarda voleybolchilar tegishli
mashqlar: to‘pni sherikka oshirish, devorga urish, yuqoriga
otish mashqlarini bajarib turganlari ma’qul.
6. O‘yinda turli xil taqinchoqlar bilan ishtirok etish
man qilinadi, chunki jarohatlanishga sabab bo‘ladi.
7. Sovuq havoda raqam yozilgan mashq kiyimlari bilan
o‘ynashga ruxsat etiladi.
|