5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun


VOLEYBOL O‘YINIDA BAJARILADIGAN ASOSIY USULLAR



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

VOLEYBOL O‘YINIDA BAJARILADIGAN ASOSIY USULLAR
Voleybol o‘yini hujum va himoya texnikasidan iborat.
Hujumda ham, himoyada ham shay turish va siljish, to‘pni
uzatish va qabul qilib olish, to‘pni bir yoki ikki qo‘llab
olish va qaytarish, to‘pning yo‘lini to‘sish kabilar mavjud.
O‘yinchining shay turishi va siljishi.
Voleybol o‘yini
davomida o‘yinchi maydon bo‘ylab harakatda bo‘ladi. Sil-
jishdan maqsad to‘pni qabul qilib olish va boshqa usullarni
amalga oshirish uchun ma’qul joy tanlashdir (39- rasm).
O‘yinchining sport holatida turishidagi eng muhim nuqta
uning siljishga doim tayyor bo‘lib turishidir. O‘yinchi turish
holatida oyoqlari bukilgan, oyoqlari yelka kengligida ochil-
gan, bir oyoq ozgina oldinda, tana ham biroz oldinga
egilgan bo‘ladi. Qo‘llar tirsakdan egilgan va kaftlar bir-
biriga qaragan bo‘lishi kerak. Bu holat doimiy emas, al-
batta, u o‘yinning borishiga qarab o‘zgarib turadi. Agar
to‘rdan qaytgan to‘pni olish lozim bo‘lsa, o‘yinchi ancha
egiladi, otayotganda to‘g‘rilanadi va hokazo. Voleybolchi
maydon bo‘ylab oyoqlarini chalishtirib (chapga, o‘ngga,
oldinga, orqaga), ikki qadam (oldinga va orqaga) sakrab
(yugurishi va odimlashi), yugurib (maydon bo‘ylab tez
siljishi va yo‘nalishini birdan o‘zgartirishi) yurishi mumkin.
Oxirgi yugurish qadami uzun bo‘ladi, negaki, undan keyin
to‘xtash, sakrash, yo‘nalishni o‘zgartirish mumkin.
To‘pni uzatish.
Bu o‘yinni davom ettirish uchun sherikka
yoki raqib tomonga uzatilgan to‘pni o‘zaro o‘tkazish usuli
bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, to‘pni oldinga, yuqo-
riga va orqaga o‘tkazish usullari ham mavjud (40- rasm).
40- rasm.
39- rasm.


49
4—T.S.Usmonxo‘jayev va boshq.
To‘pning uchish trayektoriyasiga qarab butun maydon bo‘y-
lab uzun, qo‘shni maydonga qisqa va o‘z maydoniga o‘ta
qisqa uzatishlar ham qo‘llaniladi. To‘p uzatish balandligiga
qarab past (to‘rdan 1 m yuqori), o‘rta (2 metrgacha) va
undan baland (2 m dan ortiq); masofasiga ko‘ra yaqin (0,5 m
dan kam), uzoqroq (0,5 m dan ortiqroq) kabilarga bo‘linadi.
To‘pni ikki qo‘llab yuqoridan uzatish.
Bu juda keng
tarqalgan usul hisoblanadi. Bunda ishonch va aniqlik bilan
harakatlanish muhim. O‘yinchi dastlabki holatda oyoqlarini
tizzadan bukib, qo‘llarini oldinga chiqaradi, kaftlar biroz
ichkariga qaratilgan, panjalar tarang tutiladi (41- rasm).
To‘p yaqinlashganda oyoqlar to‘g‘rilanadi va gavda ko‘ta-
riladi. Qo‘llar cho‘ziladi va to‘pni qabul qilishga tayyorla-
nadi. Qo‘l, gavda va oyoq harakatlari o‘zaro muvofiqla-
shadi, bu esa to‘pni tegishli joyga yuborish imkonini beradi.
Uzatishning yana boshqa turi ham mavjud: to‘p ikki qo‘llab
yuqoridan, bir qo‘llab yuqoridan, ikki qo‘llab pastdan
uzatiladi. Ammo bu usullar o‘yinda kam qo‘llaniladi. Shun-
ga qaramay, har bir voleybolchi to‘pni tez va aniq uzatishni
hamda yo‘nalishi bo‘yicha zarb berishni o‘rganishi zarur.
To‘pni qabul qilish.
Bu raqiblar hujumidan keyin to‘pni
o‘yinda saqlab qolishdagi himoya usuli hisoblanadi. Ikki
qo‘llab to‘pni pastdan qabul qilib olish zamonaviy voley-
bolda asosiy usuldir. U hujum paytida, kuchli zarb vaqtidagi
asosiy usuldir. Bu usulda gavda to‘g‘ri yoki biroz egilgan,
qo‘llar oldinga-pastga tushirilgan, bir kaft ikkinchisiga
qo‘yilgan bo‘ladi. To‘p bilaklarda qabul qilib olinadi. Bi-
laklarga bo‘ladigan zarbni yumshatish maqsadida qo‘llar

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin