5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

69-rasm.
66-rasm.
67-rasm.
68-rasm.


72
Agar to‘p darvozabon yonidan o‘tayotgan bo‘lsa,
to‘pga
qarab qadam tashlanadi, bir oyoq tizzadan bukiladi va
oldingi oyoq tizzasiga tayaniladi. Darvozabon to‘p bilan
kelayotgan raqibga qarshi chiqqanda, uning yo‘lini yotib
to‘sadi.
Past, o‘rta, baland masofada uchib kelayotgan to‘pni
darvozabon tashlanib tutadi. Darvozabon to‘p kelayotgan
yo‘lga darhol o‘zini otadi (70-rasm). Qo‘l panjalarini yoyib
baland ko‘taradi, to‘pni tutib quchoqlab oladi. Darvozabon
yerga yiqilayotganda dumalashga harakat qiladi.
Uchib kelayotgan to‘plarni urib yuborish.
To‘pni yiqi-
layotib yoki o‘zini tashlab ushlab olishning imkoni bo‘l-
masa, musht bilan urib yuboriladi. Agar to‘pning darvoza
oldiga kelib tushishi yoki uni raqib egallashi ehtimoli bo‘lsa,
darvozabon uni bir yoki ikki mushti bilan urib yuboradi.
Darvozabon to‘pni tutgandan keyin, uni turli usullar
bilan: ikki-uch qadam oldinga chiqib, tepib yoki qo‘l
bilan tashlab o‘yinga kiritadi (71-rasm).
FUTBOL MUSOBAQASI QOIDALARI
O‘yin oldidan darvozalarni tanlash va to‘pni o‘yinga
kiritish yuzasidan qur’a tashlanadi. To‘p maydon markaziga
qo‘yiladi va hakamning ishorasi bilan u o‘yinga kiritiladi.
To‘pni dastlab o‘yinga kiritish paytida, ikkala jamoa
o‘yinchilari o‘z maydonlarida turadilar. Gol kiritilgach, uni
o‘tkazib yuborgan jamoa o‘yinni markazdan boshlaydi.
Tanaffusdan keyin jamoalar o‘rin almashadilar.
70-rasm.
71-rasm.


73
„ Bahsli“ to‘p.
Bunda hakam qoidalarda ko‘zda tutilma-
gan sababga ko‘ra o‘yinni to‘xtatadi. To‘pni o‘yinga kiritish
uchun to‘p havolatib ikki o‘yinchi orasiga tashlanadi.
O‘yindan tashqari holat. 
Bunda raqib jamoasining
hujumchisi to‘pdan avval darvoza oldida paydo bo‘ladi.
Buning uchun jarima sifatida erkin to‘p tepish belgilanadi.
Jarima yoki erkin to‘p tepish.
Agar o‘yinchi raqibni
tepsa, yiqitsa, chalsa, unga sakrasa, turtsa, qo‘li bilan
uning futbolkasidan tortsa, orqadan itarsa yoki to‘pni qo‘l
bilan o‘ynasa, jarima to‘pi belgilanadi. Agar o‘yinchi bunday
holatni o‘z jarima maydonida sodir etsa, 11 metrli jarima
to‘pi belgilanadi.
11 metrli to‘p.
Bu to‘p 11 metrdan tepiladi. Darvozabon
va to‘p tepuvchidan tashqari barcha o‘yinchilar chetda (16,5
metrli chiziqdan tashqarida) turadilar. To‘p tepilmaguncha
darvozabon o‘rnidan jilmaydi. Zarba berayotgan o‘yinchi
to‘pni faqat darvozaga qarata tepadi va to‘p darvozabon,
darvoza ustuni yoki to‘sinidan qaytmaguncha unga tegmaydi.
To‘p tashlash.
Agar to‘p maydondan chetga chiqib ketsa,
o‘yinchi uni yon chiziqdan o‘yinga kiritadi, bunda u to‘pni
ikki qo‘llab boshidan oshirib tashlaydi. To‘p tashlagan
o‘yinchi unga qayta tegmaydi.
Burchak to‘pi tepish.
Agar himoyalanayotgan jamoa
o‘yinchisi to‘pni darvoza tomondan maydon tashqarisiga
chiqarib yuborsa, burchak to‘pi belgilanadi. Bunda jamoa
o‘yinchilari kamida 9 metr narida turadilar. Burchakdan
urilgan gol hisobga olinadi.
To‘pni darvoza oldidan o‘yinga kiritish.
Agar to‘p hujum
qilayotgan jamoa o‘yinchisidan tashqariga chiqib ketsa, to‘p
darvoza oldidan o‘yinga kiritiladi. O‘yinchilar jarima
maydonchasidan tashqarida turadilar.
To‘pga oyoq qo‘yish.
Agar raqibdan noto‘g‘ri va qo‘pol
ravishda to‘pni olishga intilsa-yu, raqib o‘yinchisi himoya-
chining oyog‘iga qoqilib yiqilib tushsa, erkin to‘p bel-
gilanadi. So‘kingan, haqorat qilgan, raqibga nisbatan
qo‘pollik ishlatgan o‘yinchilar jazolanadi yoki maydondan
chetlatiladi.


74

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin