5- amaliy mashg‘ulot. Fizik o‘lchashlar usullari va xatoliklarni qayta ishlash. Ishdan maqsad



Yüklə 251 Kb.
səhifə2/4
tarix16.07.2022
ölçüsü251 Kb.
#62789
1   2   3   4
Amaliy mashg\'ulot - 5

O‘lchash asboblari ko‘pincha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoligi bo‘yicha klasslarga bo‘linadi. Masalan: elektromexanik turidagi ko‘rsatuvchi asboblarda standart bo‘yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi.
a.k {0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1; 1,5; 2,5; 4}
Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va ularning keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog‘langan bo‘ladi.
ak =k maxkak = k max /ax max
Agar o‘lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan chegaralangan bo‘lsa, u holda bu asbobni sezgirligining xatoligi … % ga tengligini bildiradi.
Agar o‘lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo‘lsa, u holda aniqlik klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani unutmaslik lozim, agar asbob, keltirilgan xatolik bo‘yicha 0,5 klass aniqligiga ega bo‘lsa, uning barcha o‘lchash diapazoni oraligidagi xatoliklari +/ - 0,5 % dan ortmaydi deyishlik xato bo‘ladi. Chunki, bu turdagi asboblarda shkalanining boshlanishiga yaqinlashgan sari o‘lchash xatoligi ortib boraveradi. Shu sababdan bunday asboblardan shkalaning boshlangich bo‘laklardan o‘lchash tavsif etilmaydi.
Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizigi bilan berilgan bo‘lsa, masalan, 0,2/ 0,1 u holda as bobning shkalasining oxiridagi xatoligi +/- 0,2 % shklaning boshida esa +/- 0,01 % ekanligini bildiradi.
Sezgirligi. Asbobning sezgirligi chiqish signalining kirish signaliga nisbatidan aniqlanadi:
S=dy/dx;
Asbobning o‘lchash xatoligi. Bu xatolik sifatida mutlaq xatolik, nisbiy xatolik yoki keltirilgan xatolik berilgan bo‘lishi mumkin.
O‘lchash asboblarining tavsiflari quyidagi tartibda tavsiya etiladi:
Asbob xatoligi. O‘lchash asbobining xatoligi absolyut, nisbiy va keltirilgan bo‘ladi.
O‘lchash asbobining aniqligi - bu tavsif asbob xatoligini nolga yaqinlashishini ko‘rsatadi.
Sezgirlik - bu o‘lchash asbobining asosiy parametrlaridan biridir. Asbobning chiqish signali o‘zgarishini shu o‘zgarishning sababchisi – kirish signaliga olingan nisbati o‘lchanayotgan katalikka nisbatan asbobning sezgirligini belgilaydi.
Sezgirlik absolyut va nisbiy turlarga bo‘linadi. Sa=D1/Dx;
Sa=D1Dx/(1x);
Shkala bo‘lagining qiymati - asbob shkalasining ikkita yonma – yon belgilarini orasiga to‘g‘ri keladigan kattalik qiymatiga deb atalgan yoki asbob doimiyligi deyiladi. Bo‘lak qiymati absolyut sezgirlikning teskari qiymatidir: S=1/Sa=Dx/Dix.
O‘lchash asbobining barqarorligi - asbobning metrologik xususiyatlarini vaqt bo‘yicha o‘zgarmasligini ko‘rsatuvchi sifatidir. Asbobning xususiyatlarini vaqt bo‘yicha o‘zgarishi kushimcha xatolikka olib keladi.
Ortiqcha yuklanish kobiliyati - asboblarni ma’lum vaqtgacha ijozat etilgan yuklamadan ortiqrog‘iga chidamligini ko‘rsatadi. Bunda asbobning konstruksiyasidagi o‘zgarishlar qoldiq harakteriga ega bulmasligi kerak.
Asbobning ko‘rsatuvining o‘zgaruvchanligi (variatsiya) – o‘zgarmas tashqi sharoitda o‘lchanayotgan kattalikni haqiqiy qiymatiga to‘g‘ri keladigan asbob ko‘rsatishlarining orasidagi eng katta farq bilan aniqlanadi. Ko‘rsatishning o‘zgaruvchanligi asosan asbob qismlaridagi ishqalanish va ishsiz oraliq, elementlardagi mexanik va magnit gisterezislarga bog‘liq bo‘ladi.
Asbob ko‘rsatkichining o‘rnashish vaqti yoki tinchlantirish vaqti - kattalikni o‘lchash vaqtidan boshlab asbobning qo‘zg‘aluvchi qismini tebranish amplitudasi absolyut xatolik darajasidan kam bo‘lgan vaqtgacha kam o‘tgan davrga aytiladi. Analog asboblar uchun asosan 4 sekund qilib belgilangan. Termoelektrik va elektrostatik asboblar uchun bu vaqt 6 sekund belgilangan raqamli asboblarda o‘lchash vaqti deb o‘lchanayotgan kattalikni o‘lchashda turg‘un ko‘rsatish vaqti yoki o‘lchashni boshlash davrida yangi natijani olguncha o‘tgan vaqtga aytiladi, bunda hisoblash qurilmasi me’yorlangan xatolikda ko‘rsatish kerak.
O‘lchash asbobining puxtaligi. - asbobni berilgan tavsiflarini me’yorlangan sharoitda, belgilangan vaqtgacha sayqallay olishiga aytiladi. Asbob puxtaligining asosiy mezoni uni o‘rtacha beto‘xtov ishlashi vaqtidir: Tur=ye(t/n), bunda t-asbobning beto‘xtov ishlash vaqti, n - rad etish soni.
Betuxtov ishlash extimoliyoti chiziqcha deb, ma’lum T vaqt davomida asbob uzluksiz ishlaganda bitta ham rad etish bo‘lmaganligiga aytiladi. Betuxtov ishlash vaqti asboblarning puxtaligini ko‘rsatkichlaridan biridir, ya’ni asbobning to‘g‘ri ishlashining o‘rtacha arifmetik vaqti.
Kafolat muddati deb shunday vaqtga aytiladiki, uni tayyorlovchi zavod o‘z mahsulotini, asbobni ishlatish qoidalariga rioya qilgan holda to‘g‘ri ishlashiga kafillik bergan vaqtga aytiladi. Masalan, mikroampermetr M 266 M - korxona 36 oy ichida asbobni tahrirlashni, ta’minlashni va tekinga almashlab o‘z buyniga oladi. Chastotometr E 378 uchun kafolat muddati 11 yil.

Yüklə 251 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin