5- amaliy mashg‘ulot. Fizik o‘lchashlar usullari va xatoliklarni qayta ishlash. Ishdan maqsad



Yüklə 251 Kb.
səhifə4/4
tarix16.07.2022
ölçüsü251 Kb.
#62789
1   2   3   4
Amaliy mashg\'ulot - 5

Mos kelish usuli - o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi. O‘lchanayotgan kattalik bilan o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar yoki davriy signallarni mos keltirish orqali o‘tkaziladigan o‘lchash. Masalan, kalibr yordamida val diametrini moslash.
Har bir tanlangan usul o‘z usuliyatiga, ya’ni o‘lchashni bajarish usuliyatiga ega bo‘lishi lozim. O‘lchashni bajarish usuliyati deganda, ma’lum usul bo‘yicha o‘lchash natijalarini olish uchun belgilangan tadbir, qoida va sharoitlar tushuniladi.
O‘lchanadigan kattalikning o‘lchash jarayonida o‘zgarish xarakteriga ko‘ra statik va dinamik o‘lchashlarga ajratiladi. Statik o‘lchash deganda qiymati o‘lchash jarayoni mobaynida o‘zgarmaydigan kattalikni o‘lchash tushuniladi. Bundan tashqari, davriy o‘zgaruvchan kattaliklarning turg‘un rejimidagi o‘lchashlar ham kiradi. Masalan, o‘zgaruvchan kattalikning amplituda, effektiv va boshqa qiymatlarini turg‘un rejimida o‘lchash.
Dinamik o‘lchashlarga qiymatlari o‘lchash jarayonida o‘zgarib turadigan kattaliklarni o‘lchashlar kiradi. Dinamik o‘lchashga vaqt bo‘yicha o‘zgaradigan kattalikning oniy qiymatini o‘lchash misol bo‘la oladi.
Yüklə 251 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin